“...bu muqaddimotdin maqsad bukim, har ko‘y va ko‘chada yugurubmen va olam ahlidin har nav’ elga o‘zumni yetkurubmen va yaxshi-yomonning af’olin bilibmen va yamonu yaxshi xislatlarin tajriba qilibmen. Xayr va shar’din no‘sh va nish ko‘ksumga yetibdur va laim va karim zahm va marhamin ko‘nglum dark etibdur. Va zamon ahlidin bayozi ashob va davron xaylidin ba’zi ahbobki, bu hollardin xabarsiz va ko‘ngullari bu xayrva sharrdin asarsizdur. ...Vahar nav’ el suhbat va xususiyatiki, alarga havas bo‘lg‘ay, bu faqirning tajribasi alarg‘a bas bo‘lg‘ay.
Chun bu maqolatning qulubg‘a mahbublug‘i ma’lumbo‘ldi, anga «Mahbub ulqulub» ot qo‘yuldi...” (3-bet)
Asar uch qismga bo’linadi:
«Avvalgi qism - xaloyiq ahvoli va af`oli va aqvolining kayfiyati» - xaloyiqning ahvoli va fe`l-atvori hamda so’zlarining kayfiyati.
«Ikkinchi qism-hamida af`ol va zamima xisol xosiyatida» - yaxshi qiliqlar va yomon xislatlar xususiyati.
«Uchinchi qism - hamida natijasi va zamima xisol xosiyatida» - yaxshilikning natijasi va yomon xislatlarning oqibati.
«Uchinchi qism - hamida natijasi va zamima xisol xosiyatida» - yaxshilikning natijasi va yomon xislatlarning oqibati.
Asarning birinchi qismi turli ijtimoiy guruh va tabaqalarning tasnifi va ta`rifiga bag’ishlangan. 40 fasldan iborat. Birinchi fasl «Odil podsholar haqida». Shoir adolatli podshohni quyosh, bahor yomg’iridek qora tuproqqa gullar ochadigan, kambag’al va bechora odamlar rohatda, zolim amaldorlar qo’rquv va, o’g’ri va qaroqchilardan xalq omonda, ayollar tinmaydi, kampirlar duoda, olimlar uni ta`riflab risolalar bitadi, shoirlar uning go’zal sifatlarini maqtab qasidalar yozadi, xonandalar uni kuylashadi.
Navoiy «zolim, johil, fosiq podsholar to’g’risida» (4 faslda) ham mulohaza yuritadi. Adolatli shoh yorug’ ko’zgu, yorug’ tong bo’lsa, zolim podshoh qorong’u kecha. Nohaq qon to’kishlik unga hunar, kimki joni bor, undan qo’rqar.