Tengriki, insonni qilib ganji roz, So`z bila hayvondin anga imtiyoz. Tangri, insonni “ganji roz”-sirlar xazinasi qilib yaratdi. U bir mo``jiza. Odamning hayvondan “imtiyozi”-farqi “so`z bila”-til bilan bo`ldi. Agar bu baytda gap bevosita til haqida borayotgan bo`lsa, ba`zan til va so`z alohida-alohida hodisa sifatida talqin etiladi. Shoir tilni po`lat xanjarga qiyoslaydi. So`z esa, shu xanjarga bezavk beruvchi, unga qadalgan injulardir: Mana bu baytda ham shunga xos ifoda: So`z bila kufr ahli musulmon bo`lib, So`z bila hayvon degan inson bo`lib. Birinchi misrada “Shirin so`z”, “ta`sirli so`z”, “nasihatomuz so`z”, “yumshoq va muloyim so`z” va xokazo-gap bilan “kufr ahli” iymonsiz, e`tiqodsiz kishilar ham “musulmon” bo`lishi, to`g’ri, yo`lga kirishi ta`kidlanadi. Ikkinchi misrada esa, odamni hayvondan ajratuvchi vosita-til haqida gap boradi. Navoiy so`zni ajib, sehrli va qimmatbaho gavhar sifatida e`zozlaydi. Ko`pgina baytlarda, ayniqsa “Xamsa”, “Mahbubo’l qulub” singari asarlarida so`z, uning o`rni, inson hayotidagi ahamiyati, so`zlash madaniyati, so`zning badiiy ijoddagi mavqie, so`z odobi kabi tomonlar xususida mulohazalar bildiradi. Shoir nazarida “So`z jahon bahrida durdona”, inson qalbining ma`dani- “Ma`dani inson guzari so`z”, “gulshani odam samari”, “ajab guzar”, “bahru mavjvar”, “dur”, “javhari ruz”, “aytib sovumas tarona”, “olib qurimas xizona” - tuganmas xazina: Navoiy so`zni ajib, sehrli va qimmatbaho gavhar sifatida e`zozlaydi. Ko`pgina baytlarda, ayniqsa “Xamsa”, “Mahbubo’l qulub” singari asarlarida so`z, uning o`rni, inson hayotidagi ahamiyati, so`zlash madaniyati, so`zning badiiy ijoddagi mavqie, so`z odobi kabi tomonlar xususida mulohazalar bildiradi. Shoir nazarida “So`z jahon bahrida durdona”, inson qalbining ma`dani- “Ma`dani inson guzari so`z”, “gulshani odam samari”, “ajab guzar”, “bahru mavjvar”, “dur”, “javhari ruz”, “aytib sovumas tarona”, “olib qurimas xizona” - tuganmas xazina: Aytib sovumas tarona sen-sen,
Dostları ilə paylaş: |