Nutq nazariyasi bilan jiddiy shug’ullangan shoir “Mahbubo’l-qulub” asarining 24-bobini voizlik ilmiga bag’ishlaydi. Navoiyning o`zi ham notiqlik san`atini o`z davrida yuksak darajaga ko`targan. “Tilga ixtiyorsiz-elga e`tiborsiz” yoki “Ma`dani inson gavhari so`z durur, gulshani odam samari so`z durur” deb yozadi. Navoiy 24 bob “Nasihat ahli va voizlar zikriga” bag’ishlangan bo`lib, shoirning fikricha “voiz uldurki, majlisg’a kirgan to`lg’ay va to`la kirgan holi bo`lg’ay”.

“Mahbubul-qulub” da “Og’ziga kelganni demoq-nodonning ishi”, “Aytar so`zni ayt, aytmas so`zdan qayt”, “Chin so`z-mo``tabar yaxshi so`z-muxtasar” kabi hikmatli so`zlar, maqollar anchagina. Navoiy ham shu mazmundagi baytlar yaratadi. Shoir nazarida so`z o`likni tiriltirish kuchiga ega:
Ham so`z ila elga o`limdin najot,
Ham so`z ila topub o`luk tan hayot.
Ba`zan bir so`z bilan tirik vujud, salomat inson ham jonsiz o`lukka aylanishi mumkin. Yolg’on so`z ham shunday qudratga ega:
Navoiy ta`kidlashicha, shirin so`z bilan ko`p ishlar amalga oshadi. Achchiq may, boda ham chuchuk til bilan uzatiladi. Hatto “chuchuk so`z elga izhor” etish orqali u kim bo`lmasin, “har nechakim ag’yor zurur yor” ga aylanadi.