2.Grafik qurish kerak bo’lgan joyga kursor qo’yiladi.
3.Matematik panelining Graph (Grafik) panelidan Surface Plot (uch o’lchamli grafik) tugmasi
bosiladi. Shu joyda uch o’lchamli grafik shabloni paydo bo’ladi.
4.Shablon maydonidan tashqarisida sichqoncha bosiladi va grafik quriladi, masalan, 5.6-rasm
chap tomon.
Ikki o’zgaruvchili funksiya bo’yicha grafik sirtini qurishni
tez qilish maqsadida boshqa
usul ham mavjud va u ayrim hollarda funksiya sirtini tuzishda funksiya massiv sonli qiymatlarini
ishlatadi, masalan, 5.6-rasm chap tomon. Bunday grafikni qurish uchun quyidagi proцeduralarni
bajarish kerak.
1.Diskret o’zgaruvchilar yordamida ikki funksiyaning o’zgaruvchisi uchun ham qiymatlarini
kiritish.
2.Massiv kiritish. Uning elementlari funksiya qiymatlari bo’lib,
ular berilgan funksiya
argumentlari qiymatlaridan tashkil etiladi.
3.Kursor qaysi joyga grafik qurish kerak bo’lsa shu joyga qo’yiladi.
4.Grafik shabloniga funksiya nomini kiritish.
5.SHablon maydonidan tashqarisida sichqoncha bosiladi va grafik quriladi, masalan 4.6-rasm
o’ng tomon.
Grafik formatini qayta o’zgartirish va unga ranglar berish uchun grafik
maydonini ikki marta tez-
tez sichqonchani ko’rsatib bosish va ochilgan muloqot oynasidan kerakli o’zgarishlarni qilish
kerak. Bu o’zgartirishlar muloqot oynasi 4.6-rasmda berilgan.
Bunda:
• Surface Plot – grafik sirti;
• Contour Plot – grafik chizig’i darajasi;
• Data Points – grafikda faqat hisob
nuqtalarini tasvirlash;
• Vector Field Plot – vektor maydoni grafigi;
• Bar Plot – uch o’lchovli grafik gistogrammasi;
• Patch plot – hisob qiymatlari maydoni.
Bulardan tashqari yana bir qancha boshqarish elementlari mavjud. Ular grafikni formatlashda keng
imkoniyatni beradi. Masalan, grafik masshtabini o’zgartirish,
grafikni aylantirish, grafikga
animatsiya berish va boshqa. 4.7-rasmda uch o’lchamli grafikni formatlash oynasi berilgan.