1-misol. IChFni ko’rinishda olaylik, bu erda — sarflanayotgan resurs (masalan, ish vaqti) miqdori, — ishlab chiqarilayotgan mahsulot hajmi (masalan, jo’natilishga tayyor bo’lgan muzlatgichlar soni). va kattaliklar — IChFning parametrlari, parametrlar vektori ikki o’lchovli vektor bo’ladi.
funktsiyaning xossalaridan sarflanayotgan resurs miqdori o’sganda ishlab chiqarish hajmi ning o’sishi, biroq bunda resursning har bir qo’shimcha birligi ishlab chiqarilayotgan mahsulot hajmi ning tobora kamroq o’sishini berishi kelib chiqadi. Ushbu holat ( kattalik o’sganda hajmning o’sishi va hajm o’sishining kamayishi) iqtisodiyot nazariyasining kamayuvchi samaradorlik qonuni deb ataluvchi asosiy qoidasini aks ettiradi. IChF bir faktorli ishlab chiqarish funktsiyalari keng sinfining tipik vakili bo’ladi.
IChFlar turli qo’llanilish sohalariga ega bo’lishi mumkin. «Xarajatlar – ishlab chiqarish» tamoyili ham mikro-, ham makroiqtisodiy darajada amalga oshirilishi mumkin.
Alohida korxona (firma), tarmoq, tarmoqlararo ishlab chiqarish majmuasi mikroiqtisodiy darajada ishlab chiqarish tizimi sifatida qatnashishi mumkin. Bu holda ishlab chiqarish funktsiyalari asosan tahlil va rejalashtirish masalalarini, shuningdek bashoratlash masalalarini echish uchun quriladi va ishlatiladi.
Makroiqtisodiy darajada esa ishlab chiqarish tizimi sifatida hudud yoki butun mamlakat (aniqroѓi, hudud yoki mamlakatning xo’jalik tizimi) qatnashadi. Bu holda ishlab chiqarish funktsiyalari uchchala ko’rinishdagi (tahlil, rejalashtirish va bashoratlash) masalalarni echish uchun quriladi va faol ishlatiladi.
Ishlab chiqarish funktsiyalari statik i dinamik ishlab chiqarish funktsiyalariga bo’linadi. Statik ishlab chiqarish funktsiyalarida vaqt o’rganilayotgan boѓlanishning asosiy tavsiflarini o’zgartiradigan omil sifatida hisobga olinmaydi. Dinamik ishlab chiqarish funktsiyalari vaqt omilini o’z ichiga oladi: ularda vaqt natijaga ta’sir qiluvchi mustaqil o’zgaruvchi sifatida qaralishi mumkin; parametrlar va ko’rsatkich-omillar vaqtning funktsiyalari sifatida qaralishi mumkin.