2-misol. Alohida hudud yoki butun mamlakatni modellashtirish uchun (ya’ni makroiqtisodiy, shuningdek mikroiqtisodiy darajadagi masalalarni echish uchun) ko’rinishdagi IChF ko’p ishlatiladi, bu erda , , — IChF parametrlari. Bular musbat o’zgarmas sonlardir (ko’pincha va lar shartni qanoatlantiradi). Yuqorida keltirilgan ko’rinishdagi IChF 1929 yilda uni ishlatishni taklif etgan ikkita amerikalik iqtisodchilar nomlari bo’yicha Kobb-Duglasning ishlab chiqarish funktsiyasi (KDIChF) deb ataladi.
P
.Duglas va D.Kobb statistik ma’lumotlar asosida qayta ishlash sanoatidagi ishlab chiqarilgan mahsulot va unga ta’sir etuvchi kapital va mehnat xarajatlarining boѓlanishini aks ettiruvchi matematik modelni qurishdi. KDIChF o’zining sodda tuzilishi tufayli turli-tuman nazariy va amaliy masalalarni echish uchun faol ishlatiladi. KDIChFning tatbiqlarida ishlatilayotgan asosiy kapital hajmiga, esa mehnat xarajatlariga teng bo’lganda KDIChF adabiyotlarda ko’pincha ishlatiladigan
ko’rinishini oladi.
Bu erda > 0,
AQShning 1899–1922 yillardagi iqtisodiy holati bo’yicha statistik ma’lumotlari asossida parametrlarning son qiymatlari topilib, KDIChF ekanligi aniqlangan.
1960-1985 yillar davridagi sobiq SSSR iqtisodiyoti bo’yicha ma’lumotlar asosida parametrlarning son qiymatlari hisoblangan va KDIChF ko’rinishga ega bo’lgan.
Yuqoridagi parametrlar vaqt bo’yicha qatorlar (resurslar va ishlab chiqarish hajmining yillar davomida o’zgarishi) asosida aniqlanganligi uchun KDIChF dinamik xarakterga ega bo’lib, uning yordamida makroiqtisodiyotni bashoratlash masalasini echish mumkin. Agar KDIChFning parametrlari T0 vaqt davomidagi ma’lumotlar bo’yicha baholangan bo’lsa, bashoratlash davrini T0 /3 davrgacha olish tavsiya etiladi.