Amaliy ish №1. Ko‘prik va sun’iy inshootlarni ekspluatatsiya qilish davrida nosozliklar


Transport tonnellari ekspluatatsion ishonchliligiga ta’sir qiluvchi ishlab chiqaruv omillarining quyidagi turlari mavjud



Yüklə 101,16 Kb.
səhifə13/22
tarix12.06.2023
ölçüsü101,16 Kb.
#128886
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   22
ko\'prik Amaliy ish

Transport tonnellari ekspluatatsion ishonchliligiga ta’sir qiluvchi ishlab chiqaruv omillarining quyidagi turlari mavjud:
-Tonnel sun’iy bo‘shlig‘ining loyihaviy konturidan chetlashishlar;
-beton klassining pasayishi;
-qoplama ortidan bo‘shliqlar mavjudligi;
-sun’iy bo‘shliq qazishda ko‘chib tushishlar sodir bo‘lishi.
Transport tonnellari ishonchliligiga ta’sir qiluvchi ekspluatatsion omilar quyidagilar:
-dvigateldan chiquvchi zararli gazlar;
-harakat jadalligi;
-o‘rnatilgan harakat tezliklari;
-shamollatish tartibi.
Amaliy ish №10. Tonnel qurishdagi murakkab muhandis-geologik sharoitlar va ularning kengligi va balandligi.
Tonnelli kesishuvning geologik sharoitlariga qarab konstruksiya turi va ishlarni bajarish usullari, tonnel joylashish chuqurligi, shuningdek, tonnel trassasining rejada va kesimda joylashishi tayinlanadi. Tonnel joylashishi geologik sharoitlarini har tomonlama yuqori sifatli va o‘z vaqtida baholash ko‘p jihatdan nafaqt qurilish muddati va qiymatini, balki uni ekspluatatsiya qilish sharoitlarini ham aniqlash imkonini yaratadi. Shunig bilan birga, aynan muhandis-geologik izlanishlar materiallari ko‘p hollarda yetarli darajada ishonchli bo‘lmay, bu holat tonnelni ekspluatatsiya qilish jarayonida negativ ta’sir ko‘rsatadi.
Amalda bo‘lgan me’yoriy hujjatlarga muvofiq, transport tonnellari qurilishida, quyidagi keltirilgan omillardan birontasi mavjud bo‘lsa ham, Tonnel murakkab muhandis-geologik sharoitda joylashgan hisoblanadi:
-tonnel qoplamasi deformatsiyalanishida gruntning passiv qarshilik ko‘rsatishi yo‘qligi;
-0,1 MPa dan yuqori gidrostatik bosimdagi qovushqoq bo‘lmagan suvli gruntlar (yer osti suvlari sathini pasaytirish imkoniyati bo‘lmaganda);
-M.M. Protod’yakonov bo‘yicha mustahkamlik koeffitsienti 6 dan kam bo‘lgan suvga to‘yingan (qaziliyotgan joyga oqib tushivchi suv miqdori 200m3/s va undan ko‘p bo‘ganda) yarimqoyatosh va qoyatosh gruntlar;
-tonnel qoplamasiga ta’sir qiluvchi prognoz qiliniyotgan tog‘ bosimi miqdori 06 MPa dan oshadi.
Tonnel transsasidagi yer osti inshootlari atrofidagi zonaning muhandis-geologik sharoitlarini alohida e’tibor bilan tahlil qilish zarur. Tonnel o‘qi bo‘ylab bu zonaning kenngligini geologiek va gidrogeologik sharoitlari bo‘yicha aniqlanadi.yer osti inshooti qovushqoq yarim qoyatosh va qoyatosh grunlarda joylashgan hollarda balandligi bo‘yicha tahlil qilinadiganzona yer osti inshootini 30-40 m baland va tonnel asosidan 6-10m past qilib tayinlanadi. Agar tonnel trassasi qovushqoq bo‘lmagan va to‘kiluvchan gruntlardan o‘tsa, unda ko‘rsatilgan zona yer yuzasigacha bo‘lgan gruntlarning barcha qatlamini qamrab olishi lozim. Karst-suffizion jarayonlar sodir bo‘luvchi rayonlarda, hamda yuqori bosimdagi suvlar mavjud gorizontlar yaqinida yer osti inshooti zonasi chuqurligi oshiriladi.
Tonnelli kesishuv bo‘lagini eng muhim muhandis-geologik tavsifi – bu uning tektonik tuzilishi (yer qobig‘ining srtrukturasi) dir. Bu ko‘rsatgich tonnelli kesishuv maydonidagi tog‘ jinslarinig yoriqlilik darajasi va suvlanganligini, boshlang‘ich kuchlanganlik maydoni xarakteri va miqdorini, tonnelni ekspluatatsiya qilishda esa – kuchlar o‘zaro ta’sir qilish haraktirini, qoplama-grunt massivi “turkumining kuchlanganlik deformatsiyalanish holati miqdoriy ko‘rsatgichlarini” aniqlaydi, shunigdek qomlama hosil bo‘lishi mumkin bo‘lgan nuqsonlar va tonnelga suv kirishini prognoz qilish imkonini beradi.
Qoyatosh va yarimqoyatosh jinslarning eng muhim tavsiflaridan biri – bu ularning yoriqliligidir. Tog‘ jinslarining yoriqlilik darajasi va xarakteri uning deformatsiyalanuvchanligi va mustahkamligi, suvo‘tkazmasligi, sizuvchanlik va mexanik anizotropligi va natijada qoplamaga teruvchi yuklar xarakteri va miqdorini aniqlaydilar. Qoplamaning qoyatosh va yarimqoyatosh tog‘ jinslaridan tashkil topgan grunt massivi bilan o‘zaro kuch ta’sirining geomexanik jarayotlari, bu jinslarning tarkibi va mustahkamligidan ko‘ra ularning yoriqligiga ko‘proq bog‘liqdir.
Yer osti qurilishida uchraydigan tog‘ jinslaridagi yoriqlarning quyidagi muhim turlari mavjud:
-tektonik yoriqlar;
-alohidalik yoriqlari;
-qatlamlilik yoriqlari;
-shamoldan yemirilish yoriqlari;
-yuzaki ta’sir yoriqlari.
Tektonik yoriqlar uzilish tektonik dislokatsiyalanishlar natijasida hosil bo‘ladilar. Ularning rejadagi uzunligi bir necha o‘z metrdan o‘nlab va hatto yuzlab kilometrgacha bo‘lishi mumkin. Chuqurlishi bo‘yicha ular o‘nlab va yuzlab metrgacha yetadi. Ular turli tarkibdagi va genezisdagi (magmatik, cho‘kuvchan, metomorfik) qoyatosh tog‘ jinslarini kesib o‘tib, chiziqli yo‘nalishga egadirlar. Tektonik yoriqlarning kengligi bir necha millimertdan bir necha mertgacha bo‘lishi mumkin tonnel qoplamasining ish sharoitlari nuqtai nazaridan - bu eng xavfli yoriqlar turidir.
Alohidalik yoriqlari faqat magmatik jinslarda magmaning sovushi momentida hosil bo‘ladilar. Ular tog‘ massivida har bir jins (granit, diabaz va b.) uuchun individual bo‘lgan ma’lum turdagi turkumlar hosil qiladilar. Ularning o‘lchamlari turlicha – maydadan o‘rtacha va hatto yirikkacha. Ularning ta’siri mazkur genetik turdagi jinslarni kesib o‘tuvchi tonnelning butun uzunligi bo‘yicha paydo bo‘lishi mumkin.
Qatlamlilik yoriqlari cho‘kuvchan tog‘ jinslarida va qatlamlar chegaralarida uchraydilar.
Shamoldan yemirilish yeriqlari istalgan tarkib va genezis (kelib chiqish) dagi qoyatosh jinslarda hosil bo‘ladilar. Bunday yoriqlar fazoda hech qanday yo‘nalishga ega bo‘lmay, odatda yer yuzasiga yaqin zonada tarqaladilar. Yer yuzidan chuqurlashish bo‘yicha bu yoriqlar keskin kamayadilar. Ular ravoqlarni qurish va ekspluatatsiya qilishda eng katta xavf tug‘diradilar, og‘ishlarda to‘kilishlar, ko‘chishlar hosil bo‘lishiga sabab bo‘lishlar mumkin.
Yuzaki ta’sir yoriqlari qiyaliklarda yer yuzasiga yaqin zonalarda og‘ishga parallel suyalgan holda paydo bo‘ladilar. Ularning o‘lchamlari katta intervallarda o‘zgarib vat o‘tishi bilan ko‘p hollarda (agar profilaktika choralari ko‘rilmasa) kattalashib boradilar. Kichik va katta to‘kilishlarga sabab bo‘lishlari mumkin. Ravoq inshootlariga nisbatan xavf tug‘diradilar.
Tonnel texnik holati ko‘rsatgichlarining pasayishiga quyidagi omillar ta’sir qilishi mumkin:
-tonnel qoplamasini o‘rab turgan gruntlar fizik-mexanik tavsiflarinig vaqt bo‘yicha o‘zgarishi natijasida qoplama statik ishlash sharoitning o‘zgarishi. Tonnelni uzoq vaqt ekspluatatsiya qilishda grunt massivinig siljishii yoki cho‘kishii ro‘y berib, qoplama deformatsiyalanishi va hatto buzilishi mumkin.
-tog‘ jinslarning shamoldan yemirilishi natijasida tez bizilib, bunda ular hajmlarining oshishi va qoplamaga buzilishiga olib keluvchi blsim hosil bo‘lishi;
-suvlangan tuproqli gruntlar ko‘pchishi (puchenie) natijasida qoplamaga qo‘shimcha yuk tushishi.

Yüklə 101,16 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin