Har bir tyubing qobig‘ida qorishma yuborish uchun teshik bo‘ladi.
Tonnel qurish tajribasida cho‘yan tyubinglardan tiklanadigan qoplamalar bilan bir kdtog‘da po‘lat tyubinglardan tiklanadigan qoplamalar xam qo‘llaniladi. Po‘lat qoplamalar cho‘yan qoplamalarga nisbatan quyidagi afzalliklarga ega:
1) po‘lat ham chuzilishga, xam siqilishga bir xil yaxshi ishlaydigan ashyodir. Shuning uchun po‘lat tyubinglar cho‘yan tyubinglar bilan bir xil chidamlikda ularga nisbatan ancha kichik kesimga egadirlar;
po‘lat qoplamalarning og‘irligi cho‘yan qoplamaga nisbatan 2-2,5 baravar yengilroq bulishi mumkin, demaq tyubinglarning ulchovlarini oshirish va qurilish sur’atini tezlatish mumkin;
-po‘lat qoplamalarning chidamliligi va suv o‘tkazmasligi choklarni payvandlash (svarka qilish) yo‘li bilan oshirilishi mumkin;
Po‘lat qoplamalarning nuksonlari:
zanglashga moyilligi;
uta qimmatligi va kamchilligi.
Amaliy ish №6.Oraliq qurilmalar ko‘rikdan o‘tkazishda aniqlanishi lozim bo‘lgan nuqsonlar va konstruksiyalarda paydo bo‘lgan yoriqlar xavfini baholash.
Ta’mirlashga bo‘lgan talabni muntazam o‘tkaziladigan tekshirishlar natijasida belgilanadi, tekshirishlar zamonaviy asboblarni yordamida o‘tkaziladi va temirbetondagi beton va armatura holati o‘rganiladi:
-beton mustahkamligi;
-armatura korroziyasi qiymatini aniqlash;
- beton yuzasini o‘lchash.
Nosozliklar paydo bo‘lishini oldini olish maqsadida tayanch sarrovlarida besh yilda bir marta gidrofobizatsiya ishlarini bajarish maqsadga muvofiq.
Massiv tayanchlar holatini aniqlash uchun tashqi ko‘rik va yuzasini urib chiqish usullaridan foydalaniladi. Bunday ko‘riklar ko‘p nosozliklar, jumladan yashirin nosozliklarni ham, aniqlash imkonini beradi. Misol uchun, tayanchlar yuzasidagi qorishmalar qoldiqlari suv qochirish yuzalaridagi nosozliklar, terma ichida yoriqlar va bo‘shliqlar, shuningdek tayanch tanasi va oblisovka orasida bo‘shliqlar mavjudligidan dalolat beradi.
Massiv qirg‘oq tayanchlardagi sement yuvilishi qoldiqlari esa drenaj holati qoniqarsizligi va tayanch izolyatsiyasi yo‘qligi yoki nosozligini bildiradi. Tayanch tanasidagi yoriqlar chuqurligi va xususiyatlarini aniqlashda oblisovkani ochish va maxsus asboblar yordamida kengligini o‘lchash lozim bo‘lishi mumkin. Butun konstruksiya bo‘yicha o‘tgan yoriqlarni aniqlashda ularga bo‘yalgan suyuqlik yuboriladi. Yashirin nosozliklarni aniqlash uchun ultratovush va boshqa akustik asboblardan foydalaniladi.
Betonni effektiv ta’mirlash, holatini saqlash, ayrim hollarda esa inshootning ish muddati va mustahkamlik ko‘rsatkichlarini ortishi, yangi texnologiya va materiallarni qo‘llash, an’anaviy uslublar bilan birgalikda, orqali amalga oshiriladi.
Ta’mirlash ishlarini boshlashdan avval nosozliklarning paydo bo‘lish sabablari aniqlanadi va konstruksiyaning ishlash xususiyatini e’tiborga olgan holda buzilishlari bor joylarni tiklash usullari ishlab chiqiladi. Ko‘prik inshootlarining turli elementlari ishlash davrida turli zo‘riqish holatlari ostida bo‘ladi.
Doimiy va vaqtincha yuklardan katta ta’sir ostida bo‘lgan elemenlarni ta’mirlashda, ta’mirlangan qismidagi yangi material asosiy konstruksiya materiali bilan birga ishlashini ta’minlash lozim. Katta yuklar ta’siri ostida ishlamaydigan elementlarda, ta’mirlashning asosiy maqsadi konstruksiya shakli va o‘lchamlarini tiklash, beton ichiga namlik o‘tishini va uning yemirilishi davom etishini bartaraf etishdan iborat. Ta’mirtalab joydagi konstruksiya elementi katta deformatsiyalar ta’sirida ishlasa, eski beton bilan yaxshi yopishadigan va yuqori plastik va mustahkamlik xususiyatlariga ega bo‘lgan materiallardan foydalanish lozim. Bunday materiallarga, xususan polimer qorishmalar kiradi.
Polimer qorishmalar yordamida ta’mirlash ishlarini o‘tkazishning asosiy vazifalari beton yemirilishini to‘xtatish va konstruksiyaning ko‘tarish qobiliyatini pasayishi yoki yo‘qolishini oldini olish. Xususan, ulardan ushbu hollarda foydalaniladi:
- yuqori g‘ovaklikka va past mustahkamlik xususiyatlariga ega bo‘lgan past sifatli beton bo‘laklarini ta’mirlashda;
- temirbeton konstruksiyalarining himoya qavatini tiklashda;
- turli turdagi yoriqlarni, sinishlarni, chuqurchalarni, bo‘shliqlarni va boshqalarni bartaraf etishda.
Mayda chuqurchalar va sinishlar ko‘p hollarda polimer tarkiblar yordamida yo‘qotiladi. Sement kompozitsiyalardan, ularning mexanik xususiyatlari pastligi, ta’mirlanayotgan yuzaga nisbatan adgeziyasi pastligi, ta’mirlash ishlarini qisqa vaqt ichida bajarilishi kerakligi sababli, foydalanish imkoni bo‘lmagan hollarda polimer materiallardan foydalanish maqsadga muvofiq.