Amaliy ish №1. Ko‘prik va sun’iy inshootlarni ekspluatatsiya qilish davrida nosozliklar


Tonnelli kesishuv quyidagi ob’ektlardan tashkil topadi



Yüklə 101,16 Kb.
səhifə12/22
tarix12.06.2023
ölçüsü101,16 Kb.
#128886
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   22
ko\'prik Amaliy ish

Tonnelli kesishuv quyidagi ob’ektlardan tashkil topadi:
-asosiy ob’ektlar;
-ta’minlovchi ob’ektlar;
-muhandislik tarmoqlari.
Tonnelni kesishuvdagi asosiy ob’ektlar quyidagilardan iborat:
-tonnel (tonnellar);
-tonnel qoplamasi;
-ravoqlar;
-qatnov qismi;
-sboykalar, kesilishlar;
-taxmon va qoplamalar;
-trotuarlar, hizmatchilar o‘tish yo‘llari.
Tonnelli kesishuvdagi ta’minlovchi ob’ektlar quyidagilardan iborat:
-shaxta naylari;
-servis yo‘laklari;
-ulanish joylari, qiyaliklar, tirgovich devorlar;
-gidroizolyatsiya, suv chetlatish, drenaj;
-grunt suvlari.
Tonnelli kesishuvdagi muhandislik tarmoqlari quyidagilardan iborat:
-energota’minot;
-shamollatish turkumi;
-yoritish qurilmalari;
-elektr jihozlar;
-avtomatika, signalizatsiya, aloqa;
-yong‘indan himoyalanish;
-atrof-muhit muhofazasi.
Tonnelli kesishuvning texnik darajasi – tonnelli kesishuvga kiruvchi barsa inshoot va qurilmalar domiy (ekspluatatsiya jarayonida o‘zgarmaydigan yoki faqat rekonstruksiya yoki ta’mirlashda o‘zgaradigan) hajmiy-rejaviy, geometrik va boshqa tavsiflarining me’yoriy ta’lablarga mos kelish darajasidir. Ekspluatatsiyaga topshirishda tonnelli kesishuvning texnik darajasi, uni xavfsiz ekspluatatsiya qilishni qandaydir cheklashlar va ta’mirlash tadbirlari bajarish zaruriyati ta’minlovchi barcha me’yoriy talablarga to‘la mos kelishi kerak. Agar tashqi ta’sirlar natijasda inshootda va uning ayrim qismlarida ishdan chiqishlar ro‘y bersalar, tonnelli kesishuvning texnik darajasi kamayadi. Bu holda inshootni ekspluatatsiya qilishni davom ettirish uchun tegishli cheklashlar (trasport harakati tezligini, tashilayotgan yuk o‘lchovini va b.) joriy qilish yohud kapital ta’mirlash yoki rekonstruksiya ishlari bajarish talab qilinadi.
Amaliy ish №9. Tonnelli kesishuvning texnik holati va diagnostika
Tonnelli kesishuvning texnik kesishuvi uning texnik holati bilan aniqlanib, bu holat ma’lum tashqi muhit sharoitlarida ma’lum vaqt momentidagi ob’ekt uchun texnik hujjatlarda tayinlangan parametrlar miqdorlari bilan tavsiflanadi. Ob’ektning texnik holatini aniqlash (baholash) texnik diagnostika qilish deb ataladi. “Texnik diagnostika” tushunchasi o‘z ichiga ob’ekt texnik holatini akniqlashning nazariyasi, usullari va vositalarini qamrab oladi.
Tonnelli kesishuvning texnik darajasi ekspluatatsiya jarayonida turli hil nuqsonlar hosil bo‘lishi oqibatida pasayadi.
Nuqson (defekt) – bu har bir alohida konstruksiya (element) ning o‘rnatilgan talablarga mos kelmasligidir. Paydo bo‘lish sababalariga ko‘ra nuqsonlar quyidagicha guruhlanadi:
-konstruktiv nuqsonlar;
-ishlab chiqarish nuqsonlari;
-ekspluatatsion nuqsonlar;
-degradatsion nuqsonlar.
Konstruktiv nuqsonlar o‘rnatilgan loyihalash, hisoblash va konstruksiyalash qoidalari va normalarining mukammal emasligi yoki ularning buzilishi oqibatida hosil bo‘ladilar;
Ishlab chiqarish nuqsonlari o‘rnatilgan qurilish yoki ta’mirlash jarayoning buzilishi tufayli hosil bo‘ladilar.
Ekspluatatsion nuqsonlar o‘rnatilgan ekspluatatsiya qoidalari yoki sharoitlarining buzilishi tufayli hosil bo‘ladilar.
Degradatsion nuqsonlar barcha o‘rnatilgan loyihalash, tayyorlash va ekspluatatsiya qilish qoidalari va normalariga rioya qilingan holda, tabiiy qarish, yeyilish, zanglash va charchash jarayonlari bilan bog‘liq bo‘lgan nuqsonlardir.
Tonnelli kesishuvning asosiy va ta’minlovchi inshootlardagi nuqsonlar paydo bo‘lishini o‘z vaqtida aniqlash va bu nuqsonlar rivojlanishining oldini olish Tonnelli kesishuvni saqlashning bosh vazifasi bo‘lib, uning ekspluatatsion ishonchliligini ta’minlaydi.
Konstruksiyalar va qurilmalar ishlash sharoitini aniqlovchi va inshootning ekspluatatsion sifatlariga ta’sir qiluvchi asosiy omillarni quyidagi 4 guruhga bo‘lish mumkin:

  1. Tabiy-iqlim sharoitlari;

  2. Konstruktiv tavsiflar;

  3. Qurilish jarayonidagi loyihaviy yechimlardan chetlatish;

  4. Tonnelni ekspluatatsiya tartibi.

Transport tonnellari ekspluatatsion ishonchliligiga ta’sir qiluvchi konstruktiv omillar quyidagilar:
-tonnel uzunligi;
-ko‘ndalang kesim;
-reja;
-profil;
-tonnel qoplamasi va qurilmalariningnoqulay loyihaviy yechimlari.

Yüklə 101,16 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin