Amaliy ish №1. Ko‘prik va sun’iy inshootlarni ekspluatatsiya qilish davrida nosozliklar


Amaliy ish №4. Oraliq qurilmalarni va tayanchlarni saqlash. Oraliq qurilmalarning ta’mirlash va yoriqlarni bartaraf etish ishlari



Yüklə 101,16 Kb.
səhifə7/22
tarix12.06.2023
ölçüsü101,16 Kb.
#128886
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   22
ko\'prik Amaliy ish

Amaliy ish №4. Oraliq qurilmalarni va tayanchlarni saqlash. Oraliq qurilmalarning ta’mirlash va yoriqlarni bartaraf etish ishlari.
Oraliq qurilmalarning ko‘p nosozliklari sinchiklab ko‘rib chiqish vaqtida aniqlanadi. Yashirin nosozliklar (chuqur bo‘lmagan bo‘shliqlar, past sifatli beton bo‘laklari, himoya qavatining ko‘chishi va boshqalar) beton yuzasini bolg‘acha yordamida urib chiqish yo‘li bilan aniqlanishi mumkin. Beton sifati yuqori bo‘lganda zarba ovozi jarangdor chiqadi, nosozliklari bo‘lganda esa – jarangsiz. Mayda yoriqlarni zang izlari va termadan oqib chiqqan ohak izlaridan aniqlash mumkin.
Ta’mirlashga bo‘lgan talabni muntazam o‘tkaziladigan tekshirishlar natijasida belgilanadi, tekshirishlar zamonaviy asboblarni qo‘llash yordamida o‘tkaziladi va temirbetondagi beton va armatura holati o‘rganiladi: beton mustahkamligi, karbonizatsiya darajasi, xloridlar tarqalishi aniqlanadi, armatura korroziyasi qiymatini aniqlash uchun potensiallar yuzasini o‘lchash. Yashirin (ichki) nosozliklarni, mikro yoriqlarni, shuningdek beton zichligini aniqlash uchun defektoskopiyadan foydalaniladi.
Tayanchlarni saqlash ishlari ushbulardan iborat: -rigellar va fermatagliklarini tozalikda saqlash, inshootning ish muddati va yuk ko‘tarish qobiliyatiga ta’sir etishi mumkin bo‘lgan nosozliklarni o‘z vaqtida aniqlash va bartaraf etish maqsadida, konstruksiyaning suv ustida va suv ostida joylashgan elementlarini muntazam ko‘rikdan o‘tkazish, shuningdek tayanchlar va tayanch qismlarning holati nazorat qilish.
Tayanchlarni saqlashda fermatagliklari va zinachalarda suv turib qolishi, iflosliklar va boshqa begona jismlar yig‘ilib qolishiga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi, chunki bu joylarda bo‘lishi mumkin bo‘lgan yoriqlar orqali namlik tayanch tanasiga o‘tadi va uning yemirilishiga olib keladi. Ko‘p hollarda bu eski tayanchlarga yomon ta’sir etadi, chunki ularda atrof muhit ta’siridan chuqur yoriqlar paydo bo‘ladi.
Suv qochirish yaxshi tashkil etilishi uchun fermatagliklari va tayanchning qiya joylashgan zinachalari yuzalari tekisligi va bu tekisliklarning tashqi tomonga qiyaliklari 2% dan kam bo‘lmasligi ta’minlanishi lozim. Ammo bu shart ko‘p hollarda bajarilmaydi va tayanch konstruksiyalarida suv turib qolishi ro‘y beradi. Ayrim hollarda suv qochirishni ta’minlash uchun tayanchlarning gorizontal yuzalarida, sement qorishmasi yordamida, qiyaliklar tashkil etiladi. Ammo bunday qoplama uzoq muddat ishlamaydi, chunki beton va qorishmaning haroratdan deformatsiyalari turlicha. Ta’mirlash ishlari texnologiyasi buzilgan hollarda qorishma yuzasida yorilishlar va ko‘chishlar ro‘y beradi. Bunday hollarda tayanchning gorizontal yuzalari iflosliklar va qorishma qoldiqlaridan tozalanadi va yangi suv qochirish yuzalari tashkil etiladi.
Yig‘ma temirbeton elementlardan tashkil topgan egiluvchan tayanchlarni ko‘rikdan o‘tkazish davrida, o‘zgaruvchan suv sathi joyidagi sarrovlar va qoziqlar holatiga katta e’tibor berish lozim. Himoya qavatidagi buzilishlar, elementlarning birlashuv joylaridagi bo‘shliqlar, shuningdek yoriqlarni bartaraf etish uchun, oraliq qurilmalarning beton yuzalarini ta’mirlash davrida foydalaniladigan materiallar va texnologiyalardan foydalaniladi. Qoziqlar yuzalaridagi, suv sathi o‘zgaradigan joylardagi yoriqlar ochilishi kengligi 0,2 mm dan oshgan, konstruksiyaning qolgan joylarida ochilish kengligi 0,3 mm dan oshgan, barcha yoriqlar bartaraf etilishi lozim. Yoriqlarni bartaraf etish ishlari, yoriqlarning paydo bo‘lish sabablari va ularning tayanchlar ish muddati va yuk ko‘tarish qobiliyatiga ta’siri aniqlangandan so‘ng, bajariladi
Yaxlit betondan va yig‘ma-yaxlit betondan qurilgan massiv tayanchlar yuzalarida paydo bo‘lgan kichik nosozliklar, oraliq qurilmalarning beton yuzalarini ta’mirlash davrida ishlatiladigan materiallar va texnologiyalardan foydalangan holda bartaraf etiladi. Beton yuzalari uqalanishi natijasida armatura ochilib qolgan hollarda, chuqurchalar, texnologik choklar va tayanch yuzasining katta qismi nosoz bo‘lganda torkretlash usulidan foydalanish maqsadga muvofiq. Tayanch tanasida, ko‘tarish qobiliyatiga ta’sir etuvchi chuqur yoriqlar mavjud bo‘lganda, sementlash usulidan foydalanish mumkin, ammo yoriqlarni bartaraf etishda polimer kompozitsiyalardan foydalanib in’eksiyalash afzalroq
Tayanchlardagi cho‘kish, qiyshayish va boshqa deformatsiyalar muntazam asbobli kuzatuvlar yordamida aniqlanadi. Tayanchlar holati bo‘yicha davomli kuzatuvlar o‘tkazilganda, tayanchlarda maxsus markalar o‘rnatish va ularning belgilarini teodolit yoki nivelir yordamida doimiy reper bilan bog‘lash maqsadga muvofiq. Bunday o‘lchovlar muntazam ravishda o‘tkazilishi va kuzatuvlar jurnallarida yoki sun’iy inshoot kitobida qayd etilishi lozim.

Yüklə 101,16 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin