Amaliy ish №1. Ko‘prik va sun’iy inshootlarni ekspluatatsiya qilish davrida nosozliklar


Transport inshootlarida joriy ko‘rik



Yüklə 101,16 Kb.
səhifə4/22
tarix12.06.2023
ölçüsü101,16 Kb.
#128886
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
ko\'prik Amaliy ish

Transport inshootlarida joriy ko‘rik – yo‘l brigadiri, yo‘l va ko‘prik ustalari tomonidan, yo‘lni joriy ta’mirlash yo‘riqnomasi asosida belgilangan vaqtda yo‘l masofasi boshlig‘i bilan birgalikda, har bir inshoot holatidan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi. Metall, temirbeton, beton va toshli ko‘prik va mo‘rilar ikki oyda bir, yog‘och ko‘prik va tonnellar kamida bir oyda bir marta ko‘rikdan o‘tkazilishi lozim. Joriy ko‘rik asosida inshoot barcha element va bo‘limlarining umumiy holati davomli nazoratga olinadi. Joriy ko‘rik asosida inshootdagi nuqsonlar va ish hajmi aniqlanadi. Joriy ko‘rik natijalari yo‘l brigadiri va ustasi tomonidan – yo‘l va ko‘rsatma o‘tkazgichlarini, yo‘l va ko‘prik katta ustasi tomonidan – sun’iy inshootni tekshirish kitobiga yozib qo‘yiladi.
Joriy ko‘rik – bu inshoot elementlari va uning barcha ko‘rinadigan qismlarining umumiy holatini aniqlash, ulardagi nuqsonlarni oshkor qilish va ularni bartaraf etish, hamda muz ko‘chishi va toshqinni o‘tkazish va yong‘inga qarshi chora-tarbirlarni tashkillashtirish choralarini ko‘rish. Joriy nazorat inshootni zaruriy nazorat-instrumental o‘lchashlar bilan vizual ko‘rigini o‘z ichiga oladi. Bahorda inshootni muz ko‘chishi va toshqin o‘tganidan
Transport inshootlarida davriy ko‘rik – bir yilda ikki marta temir yo‘l masofasi boshlig‘i yoki uning o‘rinbosari rahbarligida ko‘prik, katta yo‘l ustasi va yo‘l ustasi ishtirokida kuz va bahorda katta suv oqimlaridan so‘ng amalga oshiriladi. Davriy ko‘rik muddati boshqarma boshlig‘i tomonidan belgilanadi. Ba’zi hollarda davriy ko‘rik yo‘l bo‘limi yoki boshqarma vakillari ishtirokida amalga oshiriladi. Davriy ko‘rik jarayonida sun’iy inshootning umumiy holati, ta’minot sifati, nosozliklar va ularning kelib chiqish sabablari aniqlanadi. Davriy ko‘rik natijalari sun’iy inshoot kitobiga qayd qilinadi. Jiddiy nosozlik mavjud bo‘lgan holda tegishli hisobot tuziladi va yo‘l xizmatiga yuboriladi.
Kuchsiz va nosoz inshootlar, shuningdek tajriba o‘tkazilayotgan konstruksiyalar ko‘proq maxsus reja va dastur asosida ko‘rikdan o‘tkaziladi. Maxsus nazorat tartibi katta va mas’uliyatli inshootlarda ularning holatidan va konstruksiyaning o‘ziga xos xususiyatidan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi.

Yüklə 101,16 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin