Amaliy ish №1. Ko‘prik va sun’iy inshootlarni ekspluatatsiya qilish davrida nosozliklar



Yüklə 101,16 Kb.
səhifə5/22
tarix12.06.2023
ölçüsü101,16 Kb.
#128886
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
ko\'prik Amaliy ish

Davriy ko‘rik. Vazifasi xuddi joriy nazoratdagi kabi, ammo bosh muhandis yoki boshliq tomonidan o‘tkaziladi. O‘tkazish muddati bahor va kuzda, hamda ko‘prikda avariyali vaziyatda, yirik ta’mirlar tugagan yoki rekonstruksiyadan so‘ng.
Joriy va davriy ko‘riklar vaqtida oshkor qilingan barcha nuqsonlar, nuqsonlarni bartaraf etish bo‘yicha me’yordan tashqari ishlarni o‘tkazish rejasiga kiritish uchun asos bo‘lib xizmat qiladigan ko‘prik kitobiga kiritilishi lozim.
Maxsus ko‘rikko‘prikning haqiqiy yuk ko‘taruvchanligini va uning ekspluatatsion ishonchliligi (rad emaslik, uzoqqa chidamlilik, ta’mirga yaroqlilik, saqlanganlik) ni aniqlash. Maxsus ko‘rik quyidagilarni o‘z ichiga oladi: tekshirish (vizual ko‘rik, nazorat-instrumental o‘lchash, defektoskopiya usullari bilan qurilish materialining xossalarini aniqlash) va sinov (statik va dinamik) o‘tkazish. Ko‘rik bo‘nday ishlarga OQI (ob’ekt qurilish ishlari) ruxsatiga ega bo‘lgan ixtisoslashtirilgan tashkilot tomonidan o‘tkaziladi. Maxsus ko‘rikni o‘tkazish muddatlari: rejali – qurilish materiali turiga bog‘liq holda, rejadan tashqari – ta’mir va rekonstruksiyadang keyin, NOYu (me’yordan ortiq yuk) larni o‘tkazishdan oldin va keyin hamda joriy va davriy ko‘riklar natijalari bo‘yicha. Maxsus ko‘rik natijalari akt (ilovaga q.) va texnik hisobot ko‘rinishida rasmiylashtiriladi.
1) Ko‘prik kartochkasi. Ko‘prik, oraliq qurilmalar, tayanchlar, regulyatsion inshootlar, kirish yo‘llari va mudofaasi to‘g‘risida umumiy ma’lumotlardan tashkil topgan;
2) Ko‘prikning texnik pasporti. 6 ta shakldan tashkil topgan. Ko‘prik, oraliq qurilmalar, tayanchlar, mavjud texnik hujjatlar ro‘yxati, nuqsonlar ro‘yxati, texnik holatining bahosi, fotografiya va rasmlar;
3) Yo‘l uchun ko‘priklar ro‘yxati va texnik holatining mavjudligi. Quyidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi: inshootning o‘rnashgan joyi; inshootda bajarilgan ta’mirlash ishlarining muddati va turlari; ko‘prikning texnik tavsiflari; texnik holatining bahosi;

Yüklə 101,16 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin