Amaliy ish №1. Ko‘prik va sun’iy inshootlarni ekspluatatsiya qilish davrida nosozliklar



Yüklə 101,16 Kb.
səhifə1/22
tarix12.06.2023
ölçüsü101,16 Kb.
#128886
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
ko\'prik Amaliy ish


Amaliy ish №1. Ko‘prik va sun’iy inshootlarni ekspluatatsiya qilish davrida nosozliklar.
Ko‘prik va quvurlardan foydalanishning asosiy maqsadi - ular orqali harakatni xavf-xatarsiz va oson o‘tkazib yuborish bo‘lib, buning uchun, har doim ularning holatlarini kuzatib turish va hosil bo‘lgan nuqsonlarni o‘z vaqtida tuzatib turishdan iborat.
Sun’iy inshootlar doimo ularning mustahkamligini kamaytiradigan ta’sirlar ostida bo‘ladi. Bularning asosiylari: vaqti-vaqti bilan o‘zgarib turuvchi havo darajasi va namligi, yog‘ingarchiliklar, daryo suvlari va muzlarning ta’siridir. Bu inshootning qaysi geografik kenglikda joylashganiga qarab o‘zgaradi.
Yana bir ta’sir bu ulardan o‘tayotgan transport vositalari ta’siridir. Ularning ham xususiyatlariga qarab turlicha bo‘ladi.
Yildan-yilga transport vositalarining jadalligi, og‘irligi va tezliklarining oshib borishi inshootlarni yanada og‘irroq sharoitda ishlashga majbur qiladi.
Bundan tashqari vaqt o‘tishi bilan inshootni tashkil qilgan materiallarning eskirishi uning foydalanish sifatlarini pasayishiga olib keladi va natijada alohida favqulodda kuchlar ta’siridan sinishi mumkin.
Inshootlarning ishonchliligini ulardagi nuqsonlarning qiymati, soni va turlarini hisobga olgan holda baholanadi.
Inshootlarning ko‘zda tutilgan xizmat davrida normal ishlashini ularni loyihalash, qurish va undan foydalanish davrida ta’minlanadi. Loyihalarda kamchiliklar kam bo‘lishi mumkin. Lekin yangi-yangi materiallarning topilishi, ularni yaxshi o‘rganish zaruratini uyg‘otadi.
Ko‘prik va quvurlarning xizmati davrini oshirishning asosiysi qurilish sifatini yaxshilashdir.
Ulardan foydalanish davri ham katta rol o‘ynaydi. Chunki o‘z vaqtida, hosil bo‘layotgan nuqson va buzilishlarini aniqlab ularni yo‘qotib turish lozim.
Ko‘prik va quvurlarni qurish juda katta material va mablag‘ talab qiladigan inshootlar bo‘lgani uchun ularni doimo foydalanish davrida kuzatib turilishi va nuqsonlarini o‘z vaqtida aniqlab tuzatib turish zarur.
Foydalanish xizmatining asosiy ho‘jalik va ishlab chiqarish birligi bo‘lib, joylardagi yo‘l bo‘limlari (TYXTPFDK) xizmat qiladi.
Sun’iy inshootni nazorat qilish xizmatining vazifasiga quyidagilar kiradi: texnik hisobot va texnik hujjatlarni olib borish, inshootni nazorat qilib, qarab turish va ularni ta’mirlash.
Texnik hisobotlar inshootni yaxshi saqlash va zaruriy ta’mirlash ishlarini oldindan rejalashtirib borish uchun zarurdir.
Buning uchun boshlang‘ich material bo‘lib qurilish vaqtidagi ijroya hujjatlari xizmat qiladi. Agar bunday hujjatlar bo‘lmasa unda inshootni turgan holati bo‘yicha tekshirilib kerakli yuklar yordamida ularning ko‘tarish qobiliyatini sinab ko‘riladi.
Nazorat va ko‘rik ishlari: doimiy nazorat va ko‘rik, joriy-davriy va maxsus ko‘riklarga bo‘linadi.
Doimiy nazorat va ko‘rikda ta’mirlovchi tomonidan doimo inshootning holatini nazorat qilib, tozalab mayda nuqsonlarini o‘z vaqtida yo‘qotib, barcha elementlarini ko‘zdan kechirib turiladi. Bundan tashqari inshootdagi harakatlarning ruxsat etilganiga mosligi; chiroqlar, yong‘inga qarshi jihozlarning mavjudligini tekshirib turiladi.
Joriy ko‘rikda yo‘l ustalari kamchiliklarni aniqlaydi va yo‘qotish chora-tadbirlarini ko‘radi.
Yog‘och ko‘priklar har kvartalda bir joriy ko‘rikdan o‘tkazib turiladi. Beton, tosh, temirbeton va metall inshootlar har yarim yilda.
Davriy ko‘riklar har yili bahor suvlari tugagach va ta’mirlash ishlaridan so‘ng olib boriladi. Unda bosh fermalarini asboblar yordamidatarxda va bo‘ylama s’yomkalash ishlari hamda bajarilgan ta’mirlash ishlarining sifati tekshiriladi. Bu ishni yo‘l bo‘limining boshlig‘i yoki bosh muhandisi olib boradi.
Maxsus ko‘riklar inshootning holatini va yuk ko‘tarish qobiliyatini tekshirish maqsadida olib boriladi.Bunda yuqoridagi ko‘rsatilgan ishlardan tashqari maxsus ixtisoslashtirilgan ko‘priklarni sinash stansiyalarining yordamida statik va dinamik sinashlarini olib boriladi. Bu ishlar yangi ko‘prikni foydalanishga topshirishda, kapital ta’mirlash yoki kuchaytirish ishlaridan so‘ng ham olib borilishi kerak. Bundan tashqari maxsus ko‘riklar quvurlar va yog‘och ko‘priklarda 3-4 yilda, metall ko‘priklarda 6-8 yilda, haybatli (massiv) ko‘priklarda 10-12 yilda o‘tkazib turiladi. Ko‘riklarning natijalari maxsus hujjatlarda aks ettiriladi.
Foydalanishdagi inshootlarning xizmat muddatini uzaytirish uchun ularni ma’lum davrlarda ta’mirlab turiladi.
Ta’mirlash ishlarining hajmiga qarab kapital, o‘rta va joriy ta’mirlash ishlariga ajratiladi.

Yüklə 101,16 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin