Amaliy ish №5. Tonnel qoplamalarini ekspluatatsiyaga ta’sirini kamaytirish va metropoliten tonnellarida qurilish ishlari bajarishning o‘ziga xos xususiyatlari
Amaliy ish №5. Tonnel qoplamalarini ekspluatatsiyaga ta’sirini kamaytirish va metropoliten tonnellarida qurilish ishlari bajarishning o‘ziga xos xususiyatlari. Hozirgi zamon tonnel qurilishida ko‘ndalang kesimi aylana shaklida bo‘lgan, mashinalashgan qurilish usullariga mo‘ljallangan yig‘ma qoplamalar keng qo‘llaniladi.
Tonnelning yig‘ma qoplamasi quyidagi talablarga javob berishi kerak: -tonnel konstruksiyasi vaqtincha va doimiy yuklarni, shu jumladan qalqon domkratlarning bosimini qabul qilish uchun yetarli darajada pishik bulishi keraq;
-qoplama suv o‘tkazmaydigan va uzoqqa chidaydigan bo‘lishi kerak;
-qoplama kimyoviy chidamli bo‘lishi kerak;
-qoplamani quritish usuli xavfsiz, sodda va tez bo‘lishi kerak.
Yig‘ma qoplamalar ham vazifasi va ashyosi bo‘yicha guruhlanadi: 1-doimiy qoplamalar;
2-birlamchi va ikkilamchi qoplamalar.
Doimiy qoplama - bu yig‘ilgandan keyin yuk ko‘taruvchi konstruksiya sifatida ishlovchi tonnel konstruksiyasidir.
Birlamchi qoplama - ichki ikkilamchi qoplamalar qurilishini talab kiluvchi, sun’iy bo‘shliq devorlariny ushlab turish uchun foydalaniladigan tonnel konstruksiyasidir.
Ikkilamchi qoplama - bu yoki namto‘sqichni saqlovchi qobik yoki birlamchi qoplama bilan saqlangan sirtqi namto‘sqichi bo‘lgan asosiy yuk ko‘taruvchi tonnel konstruksiyasidir.
Ashyosi bo‘yicha yig‘ma qoplamalar qismlari asosan cho‘yan yoki po‘lat, beton yoki temirbeton k,ismlardan iborat bo‘ladi.
Cho‘yan qoplama - bu bir xil o‘lchovdagi ketma-ket yig‘iladigan va boltlar bilan o‘zaro biriktirilgan xalqalardan tashkil topgan silindrsimon kuvurdir. Har bir xalqa boltlar bilan o‘zaro biriktirilgan alohida tyubinglardan tashkil topadi.
Tyubing - bu cho‘yandan quyilgan, tonnel ichiga qaratilgan to‘rtta yon devor bilan o‘rab olingan, tog‘ jinsiga yunaltirilgan silindrik taxta-qobiq shaklidagi tayyor maxsulotdir. Yon devorlar alohida tyubinglarni xalkada o‘zaro mahkamlash va xalkalarni bir-biri bilan mahkamlash, hamda qobiqka va qoplamaga kerakli bikrlik yaratish uchun xizmat kiladi. Qalqon domkratlarining bosimini yaxshi qabul qilish maksadida har bir tyubing ichida bikrlik devorlari yasaladi.
Qobiq (obolochka);