Amaliy ish №1. Ko‘prik va sun’iy inshootlarni ekspluatatsiya qilish davrida nosozliklar


Amaliy ish №2. KO’PRIK INSHOOTLARIDAGI DOIMIY, DAVRIY, MAXSUS KO‘RIKLAR VA NAZORAT QILISH



Yüklə 101,16 Kb.
səhifə2/22
tarix12.06.2023
ölçüsü101,16 Kb.
#128886
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
ko\'prik Amaliy ish

Amaliy ish №2. KO’PRIK INSHOOTLARIDAGI DOIMIY, DAVRIY, MAXSUS KO‘RIKLAR VA NAZORAT QILISH.
Har qanday inshootni tekshirishning maqsadi – bu uning konstruktiv va ekspluatatsion tavsiflarini va ishlaydigan ob’ektlarni, ularning elementlari va materiallarining holatini tavsiflaydigan ko‘rsatkichlarni sifatli hamda miqdoriy baholashga mo‘ljallangan usul va vositalarni ishlab chiqish va ulardan keyinchalik texnik talablarga muvofiq foydalanish bo‘yicha tavsiyanomalar tuzishdir.
Transport inshootlari konstruksiyalarini tekshirishning asosiy maqsadi konstruksiyaning haqiqiy texnik holatini, uning hozirgi davrdagi hisobiy yukni qabul qila olish qobiliyatini aniqlash va transport inshootlaridan normal foydalanishni ta’minlashdan iborat. Tekshirish jarayonida konstruksiya yoriqlari, loyihadan va amalda bo‘lgan me’yor hamda texnik talablardan chekinish hollari aniqlanadi, shuningdek real yuk ostida konstruksiyaning ish faoliyati aniqlanadi. Tekshirish natijasida yana ma’lum bir konstruksiyalar, uzellar va butun inshootning fizik (jismoniy) eskirishi, avariya yoki foydalanishda vujudga kelishi mumkin bo‘lgan holatlar aniqlanadi.
Tekshirish vazifasiga transport inshootlarini rekonstruksiya qilish orqali yangi eng maqbul yuk va foydalanish usulini topish ham kirishi mumkin. Agarda tekshirish avariya holatidan so‘ng amalga oshirilsa, u holda uning sabablari, transport inshootlarini yoki uning ma’lum bir qismini tiklash maqsadga muvofiqligi tahlil qilinadi. Transport inshootlarining bozor bahosi aniqlanganda konstruksiya eskirishini va boshlang‘ich qiymati kamayishini, qilinishi lozim bo‘lgan ta’mirlash xarajatlari va nosozliklarni bartaraf etish uchun ketadigan xarajatlarni aniqlash uchun butun transport inshootlari va konstruksiya bo‘yicha tekshirish amalga oshiriladi
Tekshirishda inshootning barcha qismlari ko‘zdan kechiriladi. Lozim bo‘lgan hollarda ko‘rik turli apparat va o‘lchash asboblarida amalga oshiriladi. Tekshirish, odatda, ikki bosqichda amalga oshiriladi. Birinchi bosqichda texnik hujjatlar sinchiklab o‘rganiladi, umumiy ko‘rik o‘tkaziladi. Umumiy ko‘rik natijasi asosida yanada chuqurroq o‘rganiladigan detal va elementlar aniqlanadi. Ular o‘lchash asboblari va vositalari yordamida tekshiriladi. Bundan elementlar va detallar nosoz yoki shikastlangan qismlar ichidan tanlab olinadi. Lozimligiga qarab materiallar sifati, mustahkamlik va deformatsiya tavsifi o‘rganiladi. Inshootni turli qismlarining holatini aniqlash uchun gorizontal va vertikal tasvirlov bajariladi. Tekshirish oldin ishlab chiqilgan tarx asosida amalga oshiriladi. Uning natijalari eskiz (homaki chizma) va chizmalari bilan birga maxsus jurnallarga qayd qilinadi. Umimiylik kasb etadigan nosozliklar suratga olinadi
Ko‘prik va quvurlarda olib borilgan tekshirish ma’lumotlari natijasida inshoot sifati va foydalanishga yaroqliligi, yuk ko‘tarish qobiliyati aniqlanadi, hamda ta’mirlash va boshqa qismlarini mustahkamligini oshirish bo‘yicha takliflar beriladi.
Mos bo‘lgan qayta hisob ma’lumotlari asosida guvohnomalash natijasida inshootning umumiy holati aniqlanadi. Lozim bo‘lsa, statik va dinamik sinovlarni o‘tkazish masalalari hal qilinadi.
Taqdim etilgan inshootlarni tadqiq qilish usuli oldinga qo‘yilgan maqsadga, muddatga, ijro etish imkoniyati va byurtmachi ihtiyoriga qarab uzaytirilishi va qisqartirilishi mumkin, tadqiq o‘tkazish tarxi dasturini tayyorlashda inobatga olinadi. Qo‘shimcha ravishda o‘tkazish bosqichlari, muddati, mas’ul shaxslar va b. ko‘rsatiladi. Birinchi navbatda avariya holati vujudga kelishining oldini olish tadbirlari ko‘rilishi lozim. Mustahkamligi ishonchsiz bo‘lgan konstruksiyalar imkoniyatga qarab vaqtinchalik yuklardan holi qilinishi kerak. Ba’zi hollarda ular ostida himoya o‘rmonlari tashkil etiladi. Bu uchastkalar o‘rab olinadi, avariya holati va konstruksiya holatining yomonlashishini olib keluvchi ishlarni bajarmaslik to‘g‘risida odamlar xabardor qilinadi.

Yüklə 101,16 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin