Amaliy ish №1. Ko‘prik va sun’iy inshootlarni ekspluatatsiya qilish davrida nosozliklar



Yüklə 101,16 Kb.
səhifə3/22
tarix12.06.2023
ölçüsü101,16 Kb.
#128886
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
ko\'prik Amaliy ish

Tekshirish o‘tkazish dasturini tayyorlash bilan bir vaqtda uni bajarishda foydalaniladigan moslamalar, jihozlar, asboblar va ushbu ishlarni amalga oshiruvchi personal tayyorlanadi. Tekshirish dasturida har bir ishni amalga oshiruvchi shaxs va bajarish muddati ko‘rsatilishi lozim. Tekshirish dasturi ijrochi tomonidan topshiriqqa asosan rasmiylashtirilganda, u ob’ekt boshlig‘i bilan kelishiladi. Odatda, u tekshirishni o‘tkazish, hamda amaliy yordam berish va ob’ektning texnik holati to‘g‘risida xulosa tayyorlash uchun, o‘zining maxsus vakilini ajratish mas’uliyatini oladi.
Barcha ko‘prik va quvurlarda muntazam ravishda joriy, davriy va maxsus ko‘riklar o‘tkazilishi lozim. Maxsus ko‘riklar konstruksiyalarni texnik tekshirishdan, zaruriy hollarda asbobli izlanish va sinovdan o‘tkazishdan iborat. Ko‘prik va quvurlarni ko‘rikdan o‘tkazish yo‘llardan foydalanish korxonalarining texnik xizmatchilariga topshiriladi, kerak bo‘lgan hollarda esa, ushbu turdagi ishlarni bajarishga litsenziyasi bo‘lgan maxsus tashkilotlar jalb qilinishi mumkin.
Joriy va davriy ko‘riklarining maqsadi: ko‘prik va quvurlarning umumiy holatini kuzatish va bartaraf qilinishi lozim bo‘lgan nosozliklarni aniqlash; ta’mirlash ishlari xajmini aniqlash; inshootdan foydalanish va ta’mirlash ishlarini olib borilishini nazorat qilish, keyingi nazorat tartibini o‘rnatish; zaruriy xollarda navbatdan tashqari maxsus ko‘rikni o‘tkazish hakida qaror qabul qilish.
Joriy ko‘riklar davrida ko‘prik ustasi ko‘prik kechuvining barcha elementlarini, jumladan harakat qismi va trotuarlar konstruksiyalarini, deformatsion choklar va ko‘prikning ko‘tarma bilan birlashuv qismini, oraliq qurilmalarni, tayanch qismlar va tayanchlarni, daryo o‘zani va yo‘naltiruvchi inshootlarni, ko‘tarma konuslari va ko‘prikka keluvchi yo‘llarni batafsil ko‘rib chiqishi lozim. Bundan tashqari, yo‘lo‘tkazgichlarda ko‘prik osti gabariti, suv o‘tkazish quvurlarida esa o‘zan va ochiq novlar, boshlanish qismlar na quvur bo‘ginlari holati, ko‘tarmalar maqkamlaiishi va quvur ustidagi harakat qismi holati gskshirilishi lozim. Bundan tashqari, ko‘prik ustasi qish davrida past haroratda payvandli va parchinmix-payvandli oraliq qurilmalarning po‘lat konstruksiyalari va shu ishpootlarning tayanch qismlari katoklari holatini tekshirishi lozim.
Sun’iy inshootlarni saqlanishining asosiy vazifasi yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan nosozlikdan ogohlantirishdan iboratdir. Shu sababli sun’iy inshootni saqlash ishlari, texnologiyalari, davomiyligi – fan va texnika yutuqlari va oldingi tarjribalar asosida ishlab chiqilgan maxsus me’yorlar asosida amalga oshiriladi. Sun’iy inshootni saqlash joriy saqlash va kapital ta’mirga bo‘linadi. Joriy saqlash foydalanish davri mobaynida nazoratni tashkil qilishni va ma’lum ishlarni amalga oshirishni o‘z ichiga oladi. Barcha foydalanilayotgan sun’iy inshootlar bo‘yicha quyidagilarni o‘z ichiga oluvchi nazorat o‘rnatiladi: davomli nazorat; joriy ko‘rik; davriy ko‘rik, tajriba va tekshirish; maxsus kuzatuv va ko‘rik.
Davomli nazoratyo‘l va sun’iy inshoot nazoratchilari, temir yo‘l brigadiri yoki montyori tomonidan amalga oshiriladi. Ko‘rik davomida yo‘l holati, suv shoxobchalari va inshootning yong‘in xavfsizligiga alohida e’tibor berish lozim. Bundan tashqari, inshootni tozalash yo‘l va ko‘prik ustasining har bir ko‘rsatmasiga asosan birlamchi qarov asosida amalga oshiriladi.
Doimiy nazorat – bu sodir bo‘ladigan nuqson va shikastlanishlarni o‘z vaqtida oshkor qilish, o‘tkazish muddati 10 kunda bir marta. Inshootning doimiy nazorati usta (master) tomonidan tashqi (vizual) ko‘rik orqali bajariladi

Yüklə 101,16 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin