Amaliy ish №1. Ko‘prik va sun’iy inshootlarni ekspluatatsiya qilish davrida nosozliklar



Yüklə 101,16 Kb.
səhifə6/22
tarix12.06.2023
ölçüsü101,16 Kb.
#128886
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
ko\'prik Amaliy ish

4) Ko‘prikning alohida kitobi. Quyidagi ko‘priklar uchun tuziladi: temirbeton – uzunligi 300m dan va metall – uzunligi 100 dan katta. Tashkil topgan: inshooning o‘rnashgan joyi; bk ko‘taruvchanligi to‘g‘risida ma’lumot; harakatning uzoq cheklanganlik muddati; ko‘prikdagi hodisalar ro‘yxati; o‘tkazilgan kshrik va ta’mirlar ro‘yxati: ko‘prik polotnosi, oraliq qurilma, tayanch va regulyatsion inshootlar; ko‘prik (elementlari bo‘yicha) nuqsonlarini kuzatish tarkibi; o‘zan o‘lchovlari profili va ularning joylashish rejasi; saqlov bo‘yicha fikr va farmoyishlar.
5) Umumiy kitob. Kichik va o‘rtacha ko‘priklar uchun tuziladi. U alohida kitobdagi kabi bo‘ladi, faqat har bir ko‘prik uchun alohida bob ajratiladi. Hujjatlar ikki nusxada rasmiylashtiriladi, kartochkalar esa 5 nusxada. Hujjatlar ko‘prik ustasi tomonidan to‘ldiriladi yoki mutaxassislashtirilgan tashkilotlar jalb qilinishi mumkin. 4 nusxa kartochka bilan hujjatlarning bir nus’hasi “Buyurtmachi” ga topshiriladi.
6) Texnik hujjatlarga qo‘shimcha quyidagilar kiradi: loyiha va ijro etuvchi xujjatlari (ko‘prikning ijro etuvchi chizmalari; loyihadan chetga chiqishlarning kelishilgan hujjatlari; yopiq (nooshkor) ishlarning qabul qiluv aktlari; qurilish materiallariga guvohnomalar).
Texnik hujjatni olib borish davriyligi: muntazam. Yil oxirida barcha hujjatlar ekspluatatsiya qiluvchi tashkilotning boshlig‘i va “Buyurtmachi” tomonidan tekshiriladi
Amaliy ish №3. Ko‘prik konstruksiyalaridagi nosozliklari va texnik holatiga baho berish va kitobga yozib qo‘yish.
Inshootning yuk ko‘tarish qobiliyatiga ta’sir etuvchi nosozliklari mavjud ko‘prik va quvurlar, shuningdek katta shikastlarga ega va ta’mirlanish ro‘yxatida turgan inshootlar, holatiga qarab, tezroq muddatda ko‘rikdan o‘tkaziladi; inshootlar qoniqarsiz holatda bo‘lgan hollarda nosozlik tuzatilgunga qadar doimiy kuzatish o‘rnatiladi.
Davriy ko‘riklar yo‘l bo‘linmasi boshligi (boshlik o‘rinbosari) yoki bosh muhandisi tomonidan ko‘prik (yo‘l) ustasi bilan birgalikda bajariladi.
Davriy ko‘riklar yo‘l korxonasi boshlig‘i belgilagan muddatlarda, ammo bir yilda ikki martadan kam bo‘lmagan holda: bahorda toshqin suvlari o‘tkunga qadar, va kuzda. shuningdek salmokli hajmdagi tamirlash ishlari bajarilgandan so‘ng, o‘tkaziladi.
Barcha ko‘prik va quvurlar ko‘prik sinash korxonalari yoki yo‘l boshqarmalari qoshida tashkil etilgan maxsus komissiyalarni jalb qilgan holda maxsus ko‘riklardan o‘tkazilishi lozim.
Ko‘priklarni maxsus ko‘riklardan o‘tkazilishidan maqsad: inshootning yuk ko‘tarish kobiliyati, ish muddati va harakat xavfsizligiga ta’sir etuvchi nosozliklarni namoyon etish bilan, uning texnik holatini aniqlash;
loyihadan va ushbu davrda qo‘llanilayotgan me’yorlar va texnik shartlardan chetlanishlarni aniqlash;
• real ekspluatatsion yuklardan konstruksiyaning haqiqiy ishlashini oydinlashtirmoq;
• texnik xujjatlar mazmunining sifatini tekshirish;
• texnik hujjatlarning mavjudligi va to‘ldirib borilishi sifatini tekshirish (shu jumladan, ko‘prik varaqasi, sun’iy inshoot kitobi va shu kabilar);
• shikastlarni bartaraf qilish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;
• ilovada ko‘rsatilgan uskunalar yordamida, inshootning yuk ko‘tarish kobiliyatini aniqlash va foydalanish tartibini belgilash.
Tekshirish avariyadan so‘ng o‘tkazilayotgan bo‘lsa, uning sabablari tahlil qilinadi. inshootni qayta tiklash mumkinligi va maksadga muvofikligi belgilanadi.
Inshootlarning maxsus ko‘riklari reja asosida ushbu muddatlarda bajarilishi lozim: metall ko‘priklar har 5 yilda bir marta;
• temirbeton. beton va tosh ko‘priklar va quvurlar - har 10 yilda bir marta;
• kapital ta’mirlashdan so‘ng;
• me’yordan og‘ir yuklarni o‘tkazishni tashkil qilish davrida va ushbu yuklar o‘tkazilgandan so‘ng.
Joriy yoki davriy ko‘riklar vaktida inshootning ko‘tarish kobiliyatini kamaytiruvchi nosozliklar aniklansa, bunday ko‘prik yoki quvur birinchi navbatda tekshirilishi lozim.
Qurilishi tugatilgan barcha ko‘prik va quvurlar foydalanishga kabul qilinish chog‘ida maxsus ko‘rikdan o‘tkazilishi, tajribaviy va ilk bor qo‘llanilayotgan konstruksiyali ko‘priklar esa, bundan tashqari sinovdan ham o‘tkazilishi lozim.
Maxsus ko‘riklar davrida uzunligi 100 m dan ortiq ko‘priklarni tekshirish va sinash ishlarini DAK «O‘zavtoyo‘l» ning ko‘prik sinash stansiyalari, shuningdek ushbu ishlarni bajarish tajribasiga, zaruriy uskunalar va tekshirish o‘tkazishga litsenziyaga ega bo‘lgan ilmiy- tekshirish, loyiha, oliy ta’lim institutlari va boshka korxonalar bajarishi mumkin. Uzunligi 100 m gacha bo‘lgan ko‘priklar va suv o‘tkazish quvurlarida maxsus ko‘riklarni yo‘l boshqarmalari koshida tashkil kilingan komissiyalar olib borishi mumkin. Kichik va o‘rta ko‘priklarda maxsus ko‘rikni ushbu yo‘l yoki yo‘nalishdagi barcha ko‘priklarni ketma-ket tarzda ko‘rikdan o‘tkazish usulida bajarish maqsadga muvofikdir.
Maxsus ko‘riklar va sinash davrida paydo bo‘lgan ayrim masalalarni xal etish uchun, ushbu ishlar buyurtmachisi, bajaruvchilar taklifiga binoan, maxsus ko‘rinishdagi ishlarni bajaruvchi tashkilotlarni taklif kilishi mumkin (suv osti ishlari stansiyalari, burg‘ilash partiyalari, tuprok laboratoriyalari va boshkalar). Bundan tashqari yo‘l-patrul xizmati va boshqa davlat nazorati idoralarining vakillari taklif kilinishi mumkin. Maxsus ko‘riklar davrida ko‘prik sinash korxonalari ko‘prikning ayrim qismlari yoki elementlarining haqiqiy ishini aniqlash maqsadida, sinashni ushbu xollarda o‘tkazishi mumkin:
• hisoblash yordamida ta’sirini aniqlash qiyin bo‘lgan, konstruksiya elementlarining ko‘tarish qobiliyatini kamaytiruvchi, nosozliklar aniqlanganda;
• kapital ta’mirlash yoki ko‘prik elementlari kuchaytirilgandan so‘ng, ushbu tadbirlarning samaradorligi gumon qilinganda;• inshootning yuk ko‘tarish qobiliyati yoki muayyan og‘ir yukni o‘tkazish mumkinligini, qachonki bu masalalarni hisoblash yo‘li bilan yechish kiyin bo‘lgan hollarda;
• tajribaviy va ilk bor qo‘llanilayotgan. konstruksiyalari bo‘lgan qurilishi tugallangan ko‘priklar foydalanishga qabul qilinganda.
Ko‘rikdan oldingi tayyorlov ishlari (inshootni axlat, loy va qordan tozalash, reperlar o‘rnatish, havonlar va maxsus moslamalarni joylashtirish, ko‘rikni o‘tkazish uchun ish kuchi va materiallar ajratish va boshqalar) sun’iy inshootni saqlash ishlarini bajaruvchi yo‘l korxonasi, yangi kurilgan inshootlarda esa ob’ekt qurilishi ishlarini bajargan korxona tomonidan olib boriladi. Tayyorlov ishlari tarkibi va hajmini ko‘rikni bajaruvchi korxona belgilaydi.
Ko‘riklar va sinash davridagi barcha ishlar ayni vaqtda qo‘llanilayotgan mehnat himoyasi qoidalari va me’yorlari, shuningdek ishlar turi bo‘yicha texnika xavfsizligi talablarini majburiy va to‘liq bajargan holda olib boriladi (qoida va me’yorlar ro‘yxati ilovada berilgan).
Ko‘prik va quvurlar ko‘rikdan o‘tkazilayotganda, qoidaga ko‘ra, inshootning texnikaviy hujjatlarida qabul kilingan belgilash va hisobga olish usulidan foydalanish zarur. Texnik hujjatlar mavjud bo‘lmagan hollarda yoki ularda kerakli ma’lumot bo‘lmasa belgilash ushbu tartibda bajariladi:
-tayanchlar raqamlar yordamida, avtomobil yo‘lining kilometraji ortishi yo‘nalishida birdan boshlab (1, 2, ...), chekka konsol kirralari esa muvofik ravishda nol va oxirgi tayanch nomeridan keyingi son oraliq qurilmalar muvofiq ravishda tayanchlar nomerlari bilan (1-2, 2-3,...), osma oraliq qurilmalar - indeksli tayanch nomeri (G-2'; 2'-3',...), oraliq konsoli tayanch nomeri va uning qirrasi (0-1, 2-2',...);
•- oraliq qurilmalarning bosh to‘sinlari (fermalari, arkalari, ramalari va h.k.) va suv o‘tkazish quvurlari bo‘g‘inlari - raqamlar bilan, daryoning (buloqning) yuqori tomonidan, birdan boshlab. Yo‘lo‘tkazgich va estakadalarda elementlar nomeri, inshoot joylashgan avtomobil yo‘lining kilometraji yo‘nalishi bo‘yicha chapdan o‘ngga qarab qabul kilinishi kerak;


  • oraliq qurilma panjarali fermalarining pastki tugunlari - sonlar bilan noldan boshlab, yuqori tugunlari pastkilariga mos ravishda indeksli sonlar bilan;

  • • oraliq qurilmalardagi diafragmalar, bikrlik qovurg‘alari, ko‘ndalang to‘sinlar va bog‘lovlar oraliq uzunligi bo‘yicha sonlar bilan, tayanch nomerlari ortishi yo‘nalishi bo‘yicha birdan boshlab. Uzlukli sistemalarda har bir oraliq uchun oraliqni nomerlash alohida qabul qilinadi, tutash sistemalarda esa uzluksiz qismining butun uzunligi bo‘yicha uzluksiz tarzda nomerlanadi;

  • • oraliq qurilma panellari muvofiq diafragma nomerlari bilan (1-2,:,2-3, 3-4,...);

  • • trotuarlar mos ravishda «yuqori» va «pastki» (yoki «chap» va «o‘ng») so‘zlari bilan;

  • • ko‘priklar va yo‘naltiruvchi inshootlarga keluvchi yo‘llar «chap qirg‘oq» va «o‘ng qirg‘oq» (yoki yo‘lo‘tkazgichlar uchun «boshlanishi» va «oxiri») so‘zlari bilan;

  • • yo‘naltiruvchi inshootlar - «yuqori» va «pastki» so‘zlari bilan.


Yüklə 101,16 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin