Amaliy ish №1. Ko‘prik va sun’iy inshootlarni ekspluatatsiya qilish davrida nosozliklar


Amaliy ish №11. Tog‘ massivi gidrogeologik sharoitlari o‘zgarishining tonnel suvlariga ta’siri



Yüklə 101,16 Kb.
səhifə14/22
tarix12.06.2023
ölçüsü101,16 Kb.
#128886
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   22
ko\'prik Amaliy ish

Amaliy ish №11. Tog‘ massivi gidrogeologik sharoitlari o‘zgarishining tonnel suvlariga ta’siri.
Tonnel qazish ishlari jarayonida tog‘ massivining gidrogeologik sharoitlari sezilarli o‘zgaradilar. Agar tonnel talab darajasida suvdan himoyalangan bo‘lmasa, u tog‘ jinslarini kesib borib va o‘ziga yer osti suvlari oqimini va jadal sizib o‘tishini qabul qilib, o‘ziga hos drenaj inshootiga aylanib qoladi.
Tonnel suvlanishini ishonchli prognoz qilish uchun suv o‘tkazgich sathlarining suv bilan ta’minlanishi, yer osti sun’iy bo‘shlig‘iga suv tushish yo‘llari, qurilgan inshoot ta’siri ostida gidrogeologik sharoitlarning o‘zgarishi mumkinligi haqida ma’lumotlarga ega bo‘lish zarur.
Tonnel trassasi bo‘ylab tog‘ massivining suvlanganligini quyidagi omillar, ya’ni tonnel joylashish hududining iqlim sharoitlari, gidrografiyasi, rel’efi, tektonikasi, tog‘ jinslarining yemirilish va parstlanish darajasi va xarakteri aniqlaydilar.
Tonnel joylashish hududining iqlim sharoitlari: o‘rtacha yillik yog‘ingarchilik, ularni tushish xarakteri (sel, shuningdek, jadal yoki sekin qor erishi), bug‘lanish.
Tonnel joylashish hududining gidrografiyasi: daryolar, soylar, yo‘llar, suv omborlari mavjudligi va joylashuvi, hududnig botqoqlanganligi.
Tonnel joylashish hududining rel’efi: keskin bo‘lingan rel’efda yog‘ingarchilik suvlarining asosiy massasi yer yuzi oqimiga ketib, faqat kichik qismigina – yer ostiga sizib kiradi. Bundan tashqari, chuqur erozion kesimlar suv o‘tkazgich garizontlardan suv chiqish yuzasini kamaytirib, ularni suv bilan ta’minlashni qiyinlashtiradilar:
-tonnel joylashish hududining tektonikasi mavjul hududda regional yoki lokal tektonik buzilishlar mavjudligi yoki yo‘qligi, qoyatosh jinslar yoriqliligi darajasi va xarakterini ifodalaydi;
-loyihalanayotgan t onnelga nisbatan yotig‘iga va chuqurligi bo‘yicha tog‘ jinslarining shamoldan yemirilish va karstlanish darajasi va xarakteri.
Tonnel inshootlariga nisbatan suvo‘tkazish sathlarining quyidagi asosiy turlarini qayd etish mumkin:
-qatlam suvlari (artezian suvlari kabi);
-yoriqlardagi suvlar;
-karst suvlari;
-grunt suvlari.
Qatlam suvlari, odatda, aniq namoyon bo‘luvchi sizilish hususiyatlariga yega ma’lum litologik o‘zgarishlar yoki qatlamlar kompleksida joylashgan bo‘lib, bu suvo‘tkazuvchi sathning fazoda joylashuvini gidrogeologik kartalar va kesimlar bo‘yicha yengil aniqlash mumkin.
Yoriqlardagi suvlar turli genezis va tarkibdagi qoyatosh va yarimqoyatosh tog‘ jinslarida joylashgan bo‘ladilar. Ularning zahiralari, harakatlanish qonuniyatlari, gidravlik tartibi va hatto kimyoviy tarkibi bu tog‘ jinslari yoriqliligining jadalligi va tavsifi, eng ko‘p yoriqlar genezisi, to‘ldirgichlar tirkibi, shuningdek ularning tarqalish chuqurligiga bog‘liq.
Karst suvlari suvda yeruvchi tog‘ chinslari (ohaktoshlar, gipslar, dolomitlar, tosh va kaliy tuzlari) da uchraydilar. Odatda ular yirik g‘ovaklarda joylashib, haqiqiy yer osti daryolari va ko‘llari hosil qiladilar. Shunga ko‘ra, bu suvlarning harakatlanish qonuniyatlari yer osti suvlanishiga ko‘ra yer yuzi suvlari oqimiga yaqinroqdir.
Karst g‘ovaklarining rivojlanishiga olib keluvchi omillar – bu tog‘ jinslarining kuchli yoriqliligi, ularning eruvchanlik darajasi (yengil eruvchi – tosh va kaliy tuzlari, o‘rtacha eruvchi – gips va angidrit, yomon eruvchi – ohaktosh va dolomit), yer osti suvlarining yuqori darajadagi harakat tezligidir.
Grunt suvlari, odatda, ravoqoldi bo‘laklarida uchraydilar. Bunday suvlar kulsimon-tuproqli tarkibga, kichik suv qabul qilish va chiqarish qobiliyatiga ega delyuvial qatlamli gruntlarda joylashgan bo‘ladilar. Ularnig tarkibi doimiy bo‘lib, yog‘ingarchilik va qor yog‘ishiga bog‘liq. Bunday suvlarning tonnelga oqib kirishi havotirli emas, ammo tonnelni o‘rab turgan delyuvial gruntlar suvlanishi natijasida surilish jarayoni jadallashishi mumkin.
Yer osti suvlari, odatda, gruntlar mustaxkamligi va ustivorligini pasaytiradi. Masalan, mergellar, tuproqlar va qumlar kabi gruntlar, suvlanganda mustahkamligini yo‘qotadi. Tonnellarni ekspluatatsiya qilish tajribasi shuni ko‘rsatadiki, konstruksiyada hosil bo‘luvchi ko‘pchilik nuqsonlar suvning tonnel inshooti va uni o‘rab turgan grunt bilan o‘zaro ta’siri natijasida ro‘y beradi. Buning oqibatida gruntlar va qoplama betoni sement toshining ishqorlanishi va yuvilishi, beton va armatura zanglashi, gidroizolyatsiya qoplamasining buzilishi va boshqalar sodir bo‘ladilar.

Yüklə 101,16 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin