Amaliy ish №1. Ko‘prik va sun’iy inshootlarni ekspluatatsiya qilish davrida nosozliklar


Tonnelli kesishuv quyidagi ob’ektlardan tashkil topadi



Yüklə 101,16 Kb.
səhifə16/22
tarix12.06.2023
ölçüsü101,16 Kb.
#128886
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   22
ko\'prik Amaliy ish

Tonnelli kesishuv quyidagi ob’ektlardan tashkil topadi:
-asosiy ob’ektlar;
-ta’minlovchi ob’ektlar;
-muhandislik tarmoqlari.
Tonnelni kesishuvdagi asosiy ob’ektlar quyidagilardan iborat:
-tonnel (tonnellar);
-tonnel qoplamasi;
-ravoqlar;
-qatnov qismi;
-sboykalar, kesilishlar;
-taxmon va qoplamalar;
-trotuarlar, hizmatchilar o‘tish yo‘llari.
Tonnelli kesishuvdagi ta’minlovchi ob’ektlar quyidagilardan iborat:
-shaxta naylari;
-servis yo‘laklari;
-ulanish joylari, qiyaliklar, tirgovich devorlar;
-gidroizolyatsiya, suv chetlatish, drenaj;
-grunt suvlari.
Tonnelli kesishuvdagi muhandislik tarmoqlari quyidagilardan iborat:
-energota’minot;
-shamollatish turkumi;
-yoritish qurilmalari;
-elektr jihozlar;
-avtomatika, signalizatsiya, aloqa;
-yong‘indan himoyalanish;
-atrof-muhit muhofazasi.
Tonnelli kesishuvning texnik darajasi – tonnelli kesishuvga kiruvchi barsa inshoot va qurilmalar domiy (ekspluatatsiya jarayonida o‘zgarmaydigan yoki faqat rekonstruksiya yoki ta’mirlashda o‘zgaradigan) hajmiy-rejaviy, geometrik va boshqa tavsiflarining me’yoriy ta’lablarga mos kelish darajasidir. Ekspluatatsiyaga topshirishda tonnelli kesishuvning texnik darajasi, uni xavfsiz ekspluatatsiya qilishni qandaydir cheklashlar va ta’mirlash tadbirlari bajarish zaruriyati ta’minlovchi barcha me’yoriy talablarga to‘la mos kelishi kerak. Agar tashqi ta’sirlar natijasda inshootda va uning ayrim qismlarida ishdan chiqishlar ro‘y bersalar, tonnelli kesishuvning texnik darajasi kamayadi. Bu holda inshootni ekspluatatsiya qilishni davom ettirish uchun tegishli cheklashlar (trasport harakati tezligini, tashilayotgan yuk o‘lchovini va b.) joriy qilish yohud kapital ta’mirlash yoki rekonstruksiya ishlari bajarish talab qilinadi.
Tonnel ekspluatatsion ishonchliligi qoplama ko‘ndalang kesimining ko‘rinishi hal qiluvchi ta’sir ko‘rsatadi. Jumladan, hozirgacha, avtoyo‘l va temiryo‘l tonellari va qoplamalari yaxlit betondan tog‘ usulida qurilib, kesimlari an’anaviy taqasimon ko‘rinishga ega edilar. Bunday qoplamalar uzunligi bo‘yicha ko‘p sonli taxmon va kameralar bilan kesishgan bo‘lib, bu ulanish joylarida yoriqlar paydo bo‘lishi tonnelga suv oqib kirishini jadallashtiradi. Tonnel qoplamalari ko‘ndalang kesimlarining samaradorligini oshirish katta diamertdagi aylana ko‘rinishdagi va ovalsimon kesimdagi katta oraliqli egri chiziqli devorlarga ega qoplamalarni qo‘llashdir. Bunday qoplamalar tonnel qazish jarayonida sun’iy bo‘shliq ustivorligini, konstruksiyaning turlicha muhandis-geologik sharoitlarda samarali ishlashini ta’minlaydi.
Tonnel trassasi profilining o‘ziga hosligi tonnel bo‘ylab harakat tezligiga va shamollatish masalalarini hal etishga ta’sir qiladi. Bir og‘ishli tonnellarni tabiiy shamollatish mumkin. Ammo, ularda qish paytida muzlanish hosil bo‘lib, yozda iliq havo kirishi natijasida bu muzlar tez eriydi. Egriliklardagi ikki og‘ishli tonnellarda tabiiy shamollatish yomon ishlaydi. Shuning uchun ular shamollatish turkumlari qurishni talab qiladilar.
Tonnel ekspluatatsion ishonchliligini ta’minlashda tonnelga suv kirishining mumkinligini mukammal o‘rganish va prognoz qilish katta ahamiyatga ega. Bu o‘rganish va prognoz qilishlarning kamchiligi tonnel uzunligi bo‘ylab drenaj va suv chetlatish kurilmalarini joylashtirish sxemalarini ishlab chiqishda xato loyihaviy yechimlarga olib keladi. Suv chetlatish turkumining samarasiz ishlashi foydalanilayotgan tonnelda hosil bo‘luvchi suv oqib kirishlari va muzlashlar bilan kurashish uchun sarflanadigan katta miqdordagi harajatlarga olib keladi.
Tonnel ekspluatatsion ishonchliligini qurilish sifatining pastligi tufayli hosil bo‘luvchi ishlab chiqarish nuqsonlari pasaytiradilar. tonnellar qurilish ishlari sifati, qurilish jarayonida olingan inshoot va uning qismlari parametrlarining loyihada, qurilish normalari va qoidalarida, standartlar, texnik reglamentlar va boshqa normativ hujjatlar o‘rnatilgan talablarga mos kelishi bilan aniqlanadi.

Yüklə 101,16 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin