Amaliy ish №15. Qurilishi yakunlangan tonnelni ekspluatatsiyaga qabul qilish bosqichlari. Qurilishi yakunlangan tonnelni qabul ekspluatatsiyaga ikki bosqichda qabul qiladi. Birinchi bosqichda qabul ishchi va muassasaviy komissiyalar tomonidan, yakuniy bosqichda esa – Davlat qabul komissiyalari tomonidan amalga oshiriladi.
Ichki va muassasaviy qabul komissiyalari tarkibi, ish tartibi va muddatlarini byurtmachi bosh pudratchi bilan kelishilgan holda aniqlaydi. Ichki komissiyani byurtmachi bosh pudratcha yozma tarzda ob’ekt topshirishga tayyorgarligini habar qilgandan so‘ng tayinlaydi.
Davlat qabul komissiyalari hududiy adminstrativ organ tomonidan buyurtmachining murojaatiga asosan tayinlaydi. Davlat qabul komissiyasi tarkibiga buyurtmachi, ekspluatatsiya qiluvchi tashkilot, bosh loyihalovchi, davlat nazorat organlari (sanitar, yong‘in, ekologik, tog‘-texnik), kasaba uyushmalari mehnatni texnik nazorat qilish, fuqaro muhofazasi va bashqa tashkilotlar vakillari kiritiladilar.
Qurilish ob’ektlari ishchi komissiyalar tomonidan aniqlangan barcha kamchiliklar bartaraf etilgandan va o‘rnatilgan uskunalarni sinovdan o‘tkazish va sinovdan o‘tkazilgandan keyingina davlat qabul komissiyasi tomonidan qabulga taqdim etilishi kerak.
Qurilish ob’ektlari, agar bu tasdiqlangan loyiha hujjatlari bilan ta’minlangan bo‘lsa, to‘liq hajmda ham, alohida foydalanishga tayyor bo‘lgan majmualarida ham qabul qilinishi va foydalanishga topshirilishi mumkin.
Shu bilan birga, foydalanishga tayyor bo‘lgan majmualarning tarkibi xodimlarga xizmat ko‘rsatish uchun mo‘ljallangan tuzilmalardan, shuningdek, sog‘lom va xavfsiz mehnat sharoitlarini ta’minlash va tabiiy muhitni muhofaza qilish choralaridan chetlatilishi mumkin emas. Qurilish ob’ektlari ekspluatatsiya qiluvchi xodimlar bilan to‘ldirilgan, energiya resurslari, uskunalar va boshqalar loyihada ko‘zda tutilgan miqdorda ta’minlangan taqdirdagina foydalanishga qabul qilinishi mumkin.
(Debit (frans. debit — o‘tkazmoq) — burg‘ilash quduqlari, buloqlar va konlardan ma’lum vaqt birligida chiqadigan suyuqlik (mineral suv, neft va h.k.) yoki gaz hajmi. Suyuqlik uchun D. sekundiga litr (oniy D.) yoki sekundiga (soatiga, sutkasiga) kub metr (yig‘indi D.)larda o‘lchanadi. Daryoning ko‘ndalang kesim yuzi orqali vaqt birligida oqib o‘tadigan suv hajmiga suv sarfi deb ataladi. Suyuqlik uchun D. suv o‘lchagichlar yordamida aniqlanadi. Gaz sutkasiga kub metr bilan o‘lchanadi va anemometr bilan aniklanadi. Suyukliklar D.ini o‘lchash uchun Venturi tipidagi suv o‘lchagich qo‘llaniladi. Suv havzasi tubida ajraladigan gazdan namuna olishning eng oddiy usulida D. ma’lum hajmli idishning to‘lish vaqtiga qarab aniqlanadi.)
Har bir ekspluatatsiyaga topshirilayotgan tonnelga qurilish tashkiloti tomonidan byurtmachiga topshiriladigan quyidagi texnik hujjatlar tayyorlanadi: - tasdiqlangan loyiha-smetaviy hujjatlar;
- qurilish jarayonida yo‘l qo‘yilgan tasdiqlangan loyihalarga o‘zgartishlar va chetlanishlarni rasmiylashtirish va kelishuvi haqidagi hujjatlar;
- tonnel ustidagi va unga kirishdagi yerlarni ajratish tasmasining rasmiylashtirilgan rejasi;
- bajarish chizmalari;
- 1:500 yoki 1:1000 masshtabdagi, tonnel o‘qi va yer yuzi suvchetlatish qurilmalari ko‘rsatilgan, tonnel usti yuzasi va ravoqoldi o‘yig‘ining gorizontallaridagi rejasi;
- qurilish jarayonidagi yopiluvchi ishlar aktlari;
- qo‘llanilgan materiallar sifatini tavsiflovchi hujjatlar;
- signalizatsiya, videokuzatuv va shamollatish xizmatlari hujjatlari;
- tonnel qatnov qismi texnik hujjatlari;
- tonnelni ekspluatatsiyaga qabul qilish akti.
Bajarish chizmalari quyidagi qismlardan tashkil topadi: - tonnel o‘zi bo‘ylab muhandis-geologik kesim;
- ravoq konstruksiyalari chizmalari;
- tonnel qoplamasi chizmalari.
Bajarish chizmalaridagi tonnel o‘qi bo‘ylab muhandis –geologik kesimda quyidagi ma’lumotlar aks ettiriladilar: - tonnel uzunligi bo‘yicha bo‘yicha piketlash;
- grunt massivining muhandis-geologik tavsiflari, tektonik buzilishlar, yoriqlar va siljish tekisliklari joylari, tonnelning har bir 100 metrida har bir qatlamdan olingan namunalarni sinashlarga asoslangan gruntlarning fizik-mexanik hususiyatlari;
- ochilgan grunt massivlarining gidrogeologik tavsifi, yer osti suvlari chiqish joylarining pastlanish ap ularning debiti, har bir qazilayotgan joydan oyiga ikki marta olingan suv kimyoviy tahlilining natijalari.
Tonnel ravoq konstruksiyalariningbajarish chizmalarida quyidagilar aks ettiriladi: - ravoqoldi va ravoq usti suv chetlatish qurilmalari;
- ravoqoldi o‘yiqlari yon qiyaliklarini mustahkamlash inshooti;
- ravoqoldi o‘yig‘i ro‘para qiyaligini mustahkamlash inshooti;
- ravoq fasad qismida o‘rnatiladigan geodezik reperning joylashuvi va absolyut belgisi;
- ravoqoldi o‘yiqlaridagi tirgovich devorlar konstruksiyalari chizmalari.