Amaliy ish №1. Ko‘prik va sun’iy inshootlarni ekspluatatsiya qilish davrida nosozliklar


Tonnel qoplamasining bajarish chizmalari quyidagilarni aks ettiradi



Yüklə 101,16 Kb.
səhifə20/22
tarix12.06.2023
ölçüsü101,16 Kb.
#128886
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22
ko\'prik Amaliy ish

Tonnel qoplamasining bajarish chizmalari quyidagilarni aks ettiradi:
- tonnelning bo‘ylama kesimi;
- tonnel qoplamasining loyihaviy holatdan chetlanishlar ko‘rsatilgan ko‘ndalang kesimi;
- tonnelning yurish qismi sathidagi tahmon va kameralar joylashuvi ko‘rsatilgan rejasi;
- suvchetlatish lotoklari va drenaj qurilmalarining bo‘ylama profillari va ko‘ndalang kesimlari;
- tonnel gabaritini tekshirishlar haqida ma’lumotlar.
Qurilish jarayonidagi yopiluvchi ishlar aktlarida quyidagilar aks ettirlgan bo‘lishi zarur:
- tonnel poydevorlar asoslarining joylashuv sathi va o‘lchamlari;
- tonnel qoplamasi gumbazi, asos qismlari va teskazi gumbazining qalinliklari;
- har bir qoplama halqasi (o‘tish bo‘lagi) bo‘yicha armatura o‘rnatish bo‘yicha yopiluvchi ishlarni qabul qilish aktlari;
Namto‘sgich (gidroizolyatsiya) o‘rnatish ishlarini qabul qilish bo‘yicha aktlar va b.
Qo‘llanilgan materiallar sifatini tavsiflovchi hujjatlarda quyidagilar aks ettirilishi lozim:
- qo‘llanilgan materiallarning loyihaga va texnik shartlarga mosligi;
- sement markasi va nomi, qum, sheben, graviyning kareri ko‘rsatilgan yiriklik moduli;
- tonnel qoplamasi devor, gumbaz va teskari gumbazini tiklash uchun ishlatilgan beton na’munalarini sinashlar natijalari;
- olingan beton na’munalarining soni haqida ma’lumotlar;
- siqilib kuruvchi suvning kimyoviy tahlili natijalari;
- beton ishlarining har bir xalqa (o‘tish bo‘lagi) uchun to‘ltirilgan jurnali;
- qoplama ortiga qorishma yuborish ishlari jurnali;
- tonnel qazish ishlarining texnologik sxemasi;
- har bir xalqa bo‘yicha tonnelning suvlanish.
Tonnelni ekspluatatsiyaga qabul qilish aktida quyidagi ma’lumotlar keltirilishi lozim:
- tonnelni ekspluatatsiyaga qabul qilish komissiyasining tarkibi va qabul qilish asosi;
- tonnelni qurish jarayonining tavsifi;
- tonnelning asosiy geometrik parametrlari;
- tonnel qoplamasi uchun ishlatilgan iateriallar tavsifi;
- tonnel ichi va ustidagi suvchetlatish qurilmalari, tonnel qatnov qismi, tonneldagi elektr ta’minot, shamollatish, signalizatsiya va aloqa;
- tonnel suv kirishi, aniqlangan nuqsonlar, ishlarni chala bajarilganligi va ularni bartaraf etish muddatlari.
Tonnelni ekspluatatsiyaga qabul qilish akti faqtgina unda barcha a’zolarining imzolari mavjud bo‘lganda haqiqiy hisoblanadi. Aktni komissiyani tayinlagan organ tasdiqlaydi. Agar ob’ektning ekspluatatsiyaga noloyiqligi aniqlansa, u holda komissiya bu haqda komissiyani tayingalan organga, buyurtmachiga, bosh pudratchi va bosh loyihachiga bu haqda asoslangan xulosa taqdim etishi lozim.

Yüklə 101,16 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin