Amaliy mashg‘ulot №4 Detal va uzellarni tozalash usulini tanlash Ishdan maqsad



Yüklə 401,29 Kb.
səhifə4/8
tarix30.03.2023
ölçüsü401,29 Kb.
#91662
1   2   3   4   5   6   7   8
4-amaliy

Ishqorli tozalash eritmalaridan oddiy ifloslanishlar, moy qatlamlari va qurumdan tozalashda foydalaniladi. Foydalanilayoigan eritmalar harorati 80-90 °C. Eritma tarkibiga quyidagilar kiradi: parchalovchi komponentlar (ishqorlar, tuzlar); ko‘pik hosil qiluvchi va tashqi yuza bo‘yicha faol moddalar (PAV) – suyuq shisha, sulfonal va boshqalar; emulgatorlar (natriy silikat, sovun), antioksidantlar (natriy nitriti, xrompik). Ular kukunlar ko‘rinishida ishlab chiqariladi. Eng ko‘p foydalaniladigan sintetik ishqorli yuvish vositalari tarkiblari 3.1-jadvalda keltirilgan.
Kislotali yuvish eritmalaridan detallar yuzalarini kuyindi qatlami va korroziya mahsulotlarini tozalashda foydalaniladi. Xlorid, sulfat, nitrat, ortofosfat kislotalarining suvdagi eritmalariga ingibitorlar qo‘shiladi.
Fizikaviy-kimyoviy tozalashning texnologik jarayoni to‘rtta amallardan tarkib topadi: detallarni saralash, tozalash, chayish va quritish.
Detallarni saralash tozalashdan avval ularni o‘lchamlari va shakli, ifloslanish turi, yuza dag‘alligi, tayyorlangan materiali, ustki qoplamasi (elektr izolyasiyasi, poluda, polimerlar, bo‘yoq) turiga ko‘ra amalga oshiriladi. Uglerodli po‘lat va cho‘yandan tayyorlangan detallar har qanda tarkibdagi ishqorli eritmalarda deyarli emirilmaydi, ingibitorli qo‘shimchalarsiz kislotalar esa ularda emirilishlarni yuzaga keltirishi mumkin. Ishqorli eritmalarda xromlangan detallarni tozalab bo‘lmaydi. Alyuminiy va rux qotishmalaridan tayyorlangan detallarn ham ishqorli va kislotali eritmalarda tozalash mumkin emas.
Detallarni ishqorli yoki kislotali suv eritmalarida tozalash quyidagicha amalga oshiriladi. 80-90°C haroratgacha qizdirilgan eritma ta’sirida ifloslanish qatlami eriydi va yumshaydi. Moy qatlami kengayib, buziladi va detalning yuzasida ifloslanish zarralariga ega moyning mayda tomchilari hosil bo‘ladi. Biroq moy va metallning ilashish kuchi bu tomchilarini detal yuzasidan uzilishiga yo‘l qo‘ymaydi. Ilashish kuchini kamaytirish uchun eritma tarkibiga emulgatorlar qo‘shiladi, tomchilar uzilishini tezlashtirish uchun eritmani tozalanayotgan yuza bo‘ylab majburiy harakatlanishi yuzaga keltiriladi. Emulgatorlar ifloslanish zarralariga ega moyning mayda tomchilarini o‘rab oladi, bu esa moyni metall bilan ilashish kuchini kamaytiradi va eritmada, ya’ni emulsiyada mayda moy zarralarini shakllanishiga sabab bo‘ladi.

Yüklə 401,29 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin