Amaliy mashg‘ulot №4 Detal va uzellarni tozalash usulini tanlash Ishdan maqsad


Eritma majburiyssirkulyasilanaluvchi tozalash



Yüklə 401,29 Kb.
səhifə6/8
tarix30.03.2023
ölçüsü401,29 Kb.
#91662
1   2   3   4   5   6   7   8
4-amaliy

Eritma majburiyssirkulyasilanaluvchi tozalash. Bu usulda tozalash ta’mirlash ob’ektining ichki sohasida yuvuvchi eritmani nasos yordamida ssirkulyasiyalanadi. SHuning uchun eritmani majburiyssirkulyasiyalash usuli asosan radiator seksiyalari, issiqlik almashlagichlar, dizellarssilindrlari qopqoqlari, turbokompressor korpusi va boshqalarni ichki sohalarini tozalash uchun qo‘llaniladi. Bundan tashqari, bu usul suv bilan sovitiladigan yig‘ish birliklarini teplovozdan echib olmasdan tozalashda ham ishlatiladi.
Ta’mirlash ob’ektlarining ichki sohalarini tozalash sifati tozalanayotgan soha bo‘yicha ma’lum miqdordagi suvni oqib o‘tishi vaqti yoki tozalashdan avval va keyin o‘tayotgan suv hajmi bo‘yicha baholanadi.
Erituvchi bug‘lari bilan tozalash. Bu usulning mohiyati quyidagicha: etarli darajadagi kuchli eritmaning bug‘ bulutiga soauq detal joylashtiriladi, u bir zumda eritma kondensati bilan qoplanadi; eritma detal yuzasidan oqib tushishi davomida o‘zi bilan ifloslanish zarralarini olib tushadi. Jarayon detal bug‘ haroratigacha qizigunga qadar davom etadi. Ko‘pincha bu usul elektr izolyasiyali detallar yuzasida mahkam o‘rnashib qolgan ifloslanish pardasini bartaraf etish uchun qo‘llaniladi.
Ultratovush mayda detallardagi ifloslanishlarni tozalashda foydalaniladi. Ultratovushning ta’siri samaradorligi akustik kavitatsiya hodisasiga asoslangan, ya’ni suyuqlikda ultratovushli tebranishlar ta’sirida havoning mikroskoptk pufaklari (kavernlar) hosil bo‘lishiga. Bu pufaklar yorilib, joylarda juda yuqori bosim va gidravlik zarblar yuzaga keltiradiki, natijada metall yuzasida to‘plangan moy pardalari va boshqa ifloslanishlar ajralib chiqadi. Ultratovush tor tirqishlar, kichik teshiklar va detaldagi mikrobo‘shliqlarga ham kirib boradi.
Kimyoviy usul yuzalarni ustki qoplamalarni buzuvchi kimyoviy moddalar bilan tozalashga asoslangan. Bu moddalar yordamida eski lok-bo‘yoq qatlamlari bartaraf etiladi.
Kimyoviy moddalar yordamida yuzalarni zangdan tozalash mumkin. Ayrim moddalar (qayta o‘zgartiruvchi zamin) zangni zaminli qoplamaga aylantiradi, yuza bilan mahkam yopishgan pigmentli qatlam hosil qiladi, boshqa qayta o‘zgartiruvchilar uni yumshatadi va engil tozalanadigan mahsulotga aylantiradi.
Quyqim ingibirlangan xlorid kislota bilan bartaraf etiladi, u quyqim tarkibiga kiruvchi metallarning ishqorli tuzlarini eritadi, ingibitor esa asosiy metallga noxush ta’sirni istisno qiladi. Quyqim erituvchilari sifatida sirka kislotasining 20% li eritmasi yoki chumoli kislotasining 33% li eritmasi qo‘llaniladi, biroq ularning ta’siri kamroq.
Termik usul yuzalarni eski bo‘yoq va korroziya mahsulotlaridan tozalashda qullaniladi va gaz-kislorodli gorelka yordamida amalga oshiriladi. Olov ta’sirida bo‘yoq qatlami shishadi va qisman yonadi, zanglar temirning g‘ovak oksidiga aylanadi va kul ko‘rinishida to‘kiladi.
Termik usulga yuqori harorailardagi ishqorli eritmada tozalash ham kiradi. 3:1 nisbatda aralashtirilgan kaustik soda va natriy nitrati eritmasi 450 - 500°S haroratgacha qizdiriladi. Detallar 10-45 daqiqaga shu eritmaga botiriladi, unda kuyindi va zangning qalin qatlamlari yaxshi tozalanadi.
Lokomotivlar ta’mirga atrof-muhit ta’sirida yuzaga kelgan ifloslanishlar, moy, chirk, zang va boshqa qatlamlar bilan qoplangan xolda keladi. SHuning uchun ularni ta’mirga qo‘yishdan oldin yaxshilab yuvib, tozalash talab etiladi, keyinchalik qismlarga ajratish va ta’mirlash davomida barcha tarkibiy qismlar tozalanadi.
Lokomotivlar va ularning tarkibiy qismlarini tozalash uchun maxsus qurilmalardan keng qo‘llaniladi, ularda turli yuvish eritmalari va moddalari, shuningdek organik erituvchilardan foydalaniladi.

Yüklə 401,29 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin