Amaliy mashg‘ulot №4 Detal va uzellarni tozalash usulini tanlash Ishdan maqsad



Yüklə 401,29 Kb.
səhifə3/8
tarix30.03.2023
ölçüsü401,29 Kb.
#91662
1   2   3   4   5   6   7   8
4-amaliy

Gidravlik tozalash gidrodushli va gidrotsirkulyasion turlarga bo‘linadi. Gidrodushli tozalash yuvishda ishlatiladigan shchyotkalar bilan birgalikda amalga oshiriladi va lokomotivlarni tashqi tozalashda keng qo‘llaniladi. Gidrotsirkulyasion tozalash odatda truba o‘tkazgichlarni ichki bzalarini, sovitkich seksiyalari va issiqlik almashlagichlarni suvli eritmani ma’lum bir bosim ostida majburiyssirkulyasisi yo‘li bilan amalga oshiriladi.
Qo‘l va mexanizatsiyalashtirilgan asboblar yordamida tozalash ifloslanish xarakteri mahalliy bo‘lganda detal yuzasidan kuyindi, oksidlanish, korroziya mahsulotlari, eski bo‘yoq qatlamini bartaraf etish uchun qo‘llaniladi.
Abrazivlar bilan tozalash detalning ifloslangan yuzasini havo yoki suyuqlik oqimi bilan bosim ostida yuborilayotgan qattiq yoki yumshoq abraziv materiallar bilan ishlov berilishidan iboratdir. Abraziv zarralari, detal yuzasiga zarb bilan urilishida, ifloslangan qatlamni parchalaydi va ifloslanish zarralari bartaraf etadi. Yumshoq abraziv materiallarga alyuminiy oksidi kukuni, qattiq jinsli yog‘och payrahalari, maydalangan chanak (turli mevalar danaklarining maydalangan qobiqlari), plastmassalar granulalari va boshqalar kiradi. Yumshoq abrazivlar asosan yupqa ifloslanish qatlamlari bilan qoplangan elektr izolyasiyasiga ega uzellar va duralyuminiy detallarni turli ifloslanishlardan tozalashda qo‘llaniladi.
Qattiq abraziv materiallarga kvarsli qum, sopol va metall zarralari, noto‘g‘ri ko‘pburchakliklar shaklidagi 0,3-0,8 mm o‘lchamli tozalangan cho‘yan zarralari kiradi. Qattiq abrazivlar odatda qora metalladan tayyorlangan detallar yuzalarini kuyindi, korroziya mahsulotlari, oksidlar va eski bo‘yoqdan tozalashda ishlatiladi.
Fizikaviy-kimyoviy usul oqimli, ayrim xollarda monitorli yuvish mashinalarida, qaynatiladigan yuvish vannalarida, ultratovush va elektrolit foydalaniladigan vannalarda amalga oshiriladi.
Tozalashning fizikaviy-kimyoviy usullari turli suyuqlikli muhitlar va pastalardan foydalanishga asoslangan. Suyuqlikli muhitlar kislotali, ishqorli va neytral, tarkibiga ko‘ra esa bir yoki ko‘p komponentli bo‘lishi mumkin. Noorganik suyuqliklardan, asosan lokomotivlarni tashqi tozalash (chang, loy, boshqa ifloslanishlardan) ko‘pincha suvdan foydalaniladi. Organik erituvchilar – tiniqlashtirilgan kerosin, benzin, benzol, atseton, uayt-spirit – lokli va smolali qatlamlarni bartaraf etish, shuningdek ishqorli eritmalar bilan tozalab bo‘lmaydigan ifloslanishlarni yoki shu eritmalarni ularning o‘ta faolligi sababli ishlatib bo‘lmaydigan xollarda tozalash uchun qo‘llaniladi.


Yüklə 401,29 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin