Amaliy mashg‘ulot №4 Detal va uzellarni tozalash usulini tanlash Ishdan maqsad



Yüklə 401,29 Kb.
səhifə7/8
tarix30.03.2023
ölçüsü401,29 Kb.
#91662
1   2   3   4   5   6   7   8
4-amaliy

4.3. Lokomotivlarni yuvish
Lokomotivlarni tashqi tomondan yuvish maxsus qurilmalarda amalga oshiriladi (3.4-rasm). Qurilmaning birinchi ishchi hududida uchta yuvish operatsiyasi, ikkinchi hududida esa chayish operatsiyasi bajariladi.
Angarning kiraverish qismida joylashgan yuvish eritmasi oqimini uzatish o‘rnatmalariga ega gidrant 1 lokomotivning pastki qismini yuvadi. Gidrant 3 ning qo‘zg‘almas o‘rnatmalari orqali yuvish eritmasi vagonning yon devorlarini artuvchi kapron shchyotkalarga 6 uzatiladi. Gidrant 4 ikkita chayqaluvchi o‘rnatmalar yordamida kuzov tom qismini yuvadi. Kazov va uning tom qismini toza suv bilan chayish uchun qurilmaning oxirida gidrant 15 o‘rnatilgan bo‘lib, u ustki gorizontal va ikkita qo‘zg‘almas o‘rnatmali vertikal trubalardan tarkib topgan. Vertikal trubalar orqali suv shchyotkalarga 14 uzatiladi. Barcha shchyotkalar aylanish va kuzov devoriga siqilish uchun mexanizmlar bilan jihozlangan.

Yuvish va chayish jarayonida ifloslangan yuvish eritmasi va suv fundament tarnovlari va truba o‘tkazgichlar 2, 11 orqali maxsus to‘plovchi rezervuarlarga 13, 9 oqib tushadi. Rezervuar 13 dan filtr 12 orqali tindirilgan eritma nasos 6 yordamida qayta ishlatish uchun yuvish gidrantlariga isitgich 5 orqali uzatiladi. Rezervuar 9 dan chayish suvi nasos 7 yordamida bak 10 ga uzatiladi, u erda unga suv qo‘shiladi va isitiladi, so‘ng nasos 8 yordamida yana chayish gidrantiga uzatiladi. Chekka qismlar bevosita yuvish eritmasini uzatish truba o‘tkazgichlariga ulangan brandspoyt yordamida yuviladi.
4.4. Lokomotiv detal va uzellarini yuvish usullari
Lokomotivlarning yig‘ish birliklarini tozalash uchun oqimli turdagi yuvish mashinalari qo‘llaniladi. Aravachalarni, g‘ildirak juftliklarini, buksa korpuslarini, rolikli buksa podshipniklarini, akkumulyator batareyalarini va boshqalarni yuvish uchun turli konstruksiyadagi ixtisoslashtirilgan yuvish mashinalari mavjud.
Lokomotivlarni aravachalarini yuvish uchun lokomotivlarni ta’mirlash korxonalarida o‘tuvchi turdagi bir kamerali yuvish mashinalari ishlatiladi. Kameraning ishchi hududida aravacha qaynoq yuvish eritmasi oqimida yuviladi, ikkinchi hududda esa toza suv bilan chayiladi. Ifloslangan yuvish eritmasi tozalanib, qayta ishlatilishi mumkin. Aravachani yuvish vaqti har bir hududda 25 daqiqani tashkil qiladi. G‘ildirak juftliklarini yuvish uchun bir va ikki kamerali mashinalar qo‘llaniladi. Bir kamerali mashinaning kamchiligi tozalash jarayonida yuvish eritmasini chayish suvi bilan bexos aralashib ketishi mumkinligi hisoblanadi. Ikki kamerali mashinalar bunday kamchilikka ega emas, biroq ularni joylashtirish ishlab chiqarish maydonlarini birmuncha kattalashtirish talab etiladi. Bunday mashina avtomatik rejimda ishlaydi va ikkinchi kamerasida o‘qning o‘rta qismini mexanik tozalash uchun moslama ko‘zda tutilgan, uni qo‘llash yuvilgandan keyingi qo‘lda tozalashni to‘liq istisno qiladi. G‘ildirak juftligini to‘liq tozalash vaqti 9-10 daqiqani tashkil etadi.




    1. Yüklə 401,29 Kb.

      Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin