Amaliy matematika fakulteti



Yüklə 101,81 Kb.
səhifə10/15
tarix07.01.2024
ölçüsü101,81 Kb.
#207877
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
biotex

Juvali quritgichlar suyuq va pastasimon materiallarni atmosfera bosimi yoki vakuum ostida quritish uchun mo‘ljallangan. Juva bir - biriga qarab 2... 10 min-1 chastota bilan aylanadi. Ichi bo'sh juvaga sapfa orqali isituvchi bug' yuboriladi va issiqligini berib kondensatga aylanadi. Juvalar issiq suv yoki yuqori temperaturali organik suyuqliklar yordamida qizdirilishi mumkin.
Material qurilmaning tepasidan, juvalar orasiga yuklanadi va uni yupqa qatlam bilan qoplaydi. Yupqa qatlam qalinligi juvalar orasidagi tirqish kattaligi bilan belgilanadi. Odatda. ushbu tirqish eni 0.5... 1.0 mm bo'ladi. Materialning kirishi yupqa qatlamda, juvaning to'liq aylanishida sodir bo'ladi.
Juvadagi material qatlamining qalinligi qanchalik kichik bo'lsa, u shunchalik tez va bir tekisda quriydi. Lekin quritish davomiyligi kam bo'lgani uchun, ko‘pincha qo'shimcha quritish talab etiladi. Quritilgan material pichoq yordamida juvadan kesib olinadi.
Purkovchi quritkichlar eritma, suspenziya va pastasimon materiallami quritish uchun qo‘llaniladi. Purkab quritish usulida sut kukuni, sut-sabzavot konsentratlari, xamirturish, tuxum kukuni va boshqa mahsulotlar olinadi.
Bunday quritkichlarda material maxsus moslamalarda purkaladi va issiqlik eltkich oqimida quritiladi. Materialning quritish zonasida bo‘lish vaqti juda qisqa, lekin yuqori darajada maydalanganligi va namlikning bug‘lanish tezligi kattaligi, uning tez qurishiga olib keladi. Shuning uchun, purkovchi quritkichlarda yuqori temperaturali issiqlik eltkichlarni qo‘llash mumkin.
Quritish natijasida olingan mahsulot bir xil dispers tarkibli, sochiluvchan va mayda dispers bo‘ladi.
Materialni purkash mexanik yoki pnevmatik purkagichlar yordamida hamda aylanish chastotasi 4000...20000 min-1 bo‘lgan markazdan qochma diskda amalga oshiriladi. Quritkichda materialning bo‘lish vaqti 50 s dan ortmaydi. Shu qisqa vaqt ichida issiqlik va massa almashinish jarayoni yuz beradi. Purkovchi quritkichlarda fazalar parallel va qarama-qarshi yo'nalishda harakatlanishi mumkin.

Yüklə 101,81 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin