Amaliy matematika fakulteti



Yüklə 101,81 Kb.
səhifə8/15
tarix07.01.2024
ölçüsü101,81 Kb.
#207877
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15
biotex

Mavhum qaynash qatlamli quritkichlar uzluksiz ishlaydigan qurilmalar qatoriga kiradi va mayda, sochiluvchan, donador nam materiallarni quritish uchun keng ko‘lamda ishlatiladi. Bunday qurilmalarda sirtiy va bog‘langan materiallarni suvsizlantirish mumkin. Mavhum qaynash qatlamli quritkichlar vertikal va gorizontal, bir yoki bir necha seksiyali qilib yasaladi. Nam material uzluksiz ravishda quritkichga uzatiladi. Kaloriferda qizdirilgan issiqlik eltkich ventilator yordamida gaz taqsimlovchi teshikli panjara ostiga haydaladi. Quritish jarayoni ushbu panjara yaqinidagi zonada yuz beradi. Quritilgan material to'kish patrubkasi orqali chiqariladi. Ishlatib bo‘lingan gaz siklonda tozalanib, quritkichdan atmosferaga chiqazib yuboriladi.
Ushbu turdagi qurilmalarda material qurishi bir tekisda bo'ladi. Konussimon quritkichlarda tartibli sirkulatsiya vujudga keladi, ya’ni zarrachalar qurilmaning markaziy qismida tcpaga ko'tariladi va chekka qismida esa - pastga qarab tushadi. Natijada material bir tekisda qiziydi va kameraning ishchi balandligi kamayadi.
Aerofontanli quritkich. Boshlang'ich xomashvo bunkerdan ta’minlagich orqali truba quvuriga uzatiladi. U yerda xomashyo issiq havo oqimi bilan aralashib pnevmotransport bo'lib qurilmaga haydaladi. Qurilmada qattiq materialning yo'naltiruvchi sirkulatsiyasi hosil bo'ladi: pnevmotransport bo'lib ko'tarilayotgan oqim nisbatan tor markaziy kanalda, kamera devori oldida pastga qarab harakatlanayotgan qatlam va ular orasida halqasimon mavhum qaynash qatlamli mavjuddir. Ishlatib bo‘lingan issiq havo qurilma tepasidan chang tozalash uskunasiga uzatiladi. Quritilgan material qiya o'rnatilgan patrubok va ta’minlagichdan chiqariladi.
Aerofontan quritkichlar ideal siqib chiqarish qurilmalar turiga juda yaqin. Bunga sabab, qattiq jismning bir aylanish sikli (kanalda «ko'tariluvchi pnevmotransport oqimi» - devor yaqinida pastga tushish - «ko'tariluvchi pnevmotransport oqimi») materialning favvorasimon qatlamda o'rtacha bo‘lish vaqtidan kam ancha kamligidir.

Yüklə 101,81 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin