Amaliy matematika fakulteti


Quritish uskunalarining ishlash prinsipi



Yüklə 101,81 Kb.
səhifə5/15
tarix07.01.2024
ölçüsü101,81 Kb.
#207877
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
biotex

2.2.Quritish uskunalarining ishlash prinsipi.
Kamerali quritkichlar konvektiv qurilmalar ichida eng sodda tuzilgan va qobiq ichida vagonetkalar joylashgan bo‘ladi. Vagonetkalar tokchalarida nam material joylashtiriladi. Havo kaloriferda qizdirilib, ventilator yordamida haydaladi va material ustidan yoki ichidan o‘tib namlikni bug'latadi. Ishlatib bo‘lingan havoning bir qismi yangi havo bilan aralashtiriladi. Bu turdagi quritkichlar, odatda atmosfera bosimida ishlaydi. Ular kichik korxonalarda mayin rejim va past temperaturada nam materiallarni quritish uchun mo‘ljallangan.
Tunnelli quritkichlar. Jarayonni tashkil etish bo'yicha bu qurilmalar uzluksiz ishlaydigan quritkichlar qatoriga kiradi. Bu quritkichlar to‘g ri to'rtburchak ko‘ndalang kesimli uzun kameradan iboratdir (5.130-rasm). Nam material yuklangan aravachalar temir relslar ustida harakatlanadi. Qurilmaning kirish va chiqish eshiklari zich yopiladi. Aravachalarning quritish kamerasida bo‘lish vaqti quritish jarayoni davomiyligiga teng. Material yuklangan aravachalarning kameradan bir marta o‘tishida nam material quritiladi. Issiqlik eltkich kaloriferda qizdirilib, ventilator yordamida qurilmaga uzatiladi.
Bu turdagi quritkichlarda issiqlik eltkich qisman resirkulatsiya qilinadi. Nam material va issiqlik eltkich parallel yoki qarama-qarshi yo‘nalishli bo‘lishi mumkin. Ko'pincha kalorifer va ventilator quritkichning yoniga yoki tomiga o‘matiladi. Ishlatib bo'lingan havo quvur orqali atmosferaga chiqarib yuboriladi. Bu turdagi qurilmalarda, materialni aralashtirib bo‘lmaydi va qurish bir tekisda emas; tunnelli quritkichlar o‘lchami katta, donasimon materiallarni, sabzavot,meva, makaron va boshqa mahsulotlami quritish uchun mo'ljallangan.
Lentali quritkichlar uzluksiz ishlaydigan quritkichlar qatoriga kiradi. Nam material qurilmaning tepa qismidagi bunker orqali yuklanadi va konveyeming yuqori lentasiga tushadi. Odatda, ikkita baraban orasiga tortilgan lenta teshikli bo‘ladi va nam material uning ustida harakatlanadi. Lentaning ikkinchi uchiga yetganda, material pastki konveyerga to'kiladi. Eng pastki konveyerdan, quritilgan material chiqarish bunkeriga to'kiladi. Quritilayotgan materialning bir lentadan ikkinchisi to‘kilib o‘tishi uning aralashishiga sababchi bo‘ladi. Natijada, quritish tezligi ortadi. Ko'pincha bunday quritkichlar ko'p lentali qilib yasaladi.
Material va issiqlik eltkich o'zaro kesishgan yo'nalishda harakatlanadi.Shu bilan birga, parallel va qarama - qarshi yo‘nalishli quritkichlar ham ishlab chiqariladi. Bunday quritkichlarda issiqlik eltkich qisman resirkulatsiya qilinishi mumkin.
Havoni resirkulatsiya va oraliq qizdirilishi tufayli lentali quritkichlarda mayin quritish rejimlariga erishish mumkin.
Lentali quritkichlarning ayrim konstruksiyalarida, bir tekisda quritishga erishish uchun. material qatlamini aralashtirish va qatlamni tekislash uchun lenta ustiga maxsus ag’diruvchi moslama o'rnatiladi.

Yüklə 101,81 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin