Ko‘p kamerali quritkich. Issiqlikka bardosh nam materiallami quritishda ko'p kamerali qarama-qarshi oqimli quritkichlar qo‘llaniladi. Namlik bilan to'yintirishning yuqori ko‘rsatkichlariga erishsa bo‘ladi. Lekin bunda quritilgan material temperatura yuqori bo‘lgan issiq havo bilan to'qnashadi. Material qatlamini isish temperaturasini rostlash uchun har bir kameraga zmeyevik joylanadi. Bunday holatlarda quritilgan materialni to'kish jarayoni quyilish trubkalari orqali amalga oshiriladi.
Qurilma gidravlik qarshiligi juda ortib ketmasligi uchun har bir kameradagi material qatlamining balandligini 400...700 mm atroflda ushlab turish maqsadga muvofiq.
Nam material va issiq havoning qarama-qarshi harakati tufayli qurituvchi havoni kichik hajmdagi nam materiallarni quritish uchun davriy ishlaydigan mavhum qaynash qatlamli quritkichlar qo‘llaniladi. Ayrim hollarda, uzluksiz ishlaydigan mavhum qaynash qatlamli quritkichlaming qurilmaning namlik bo'yicha kuchlanishi /1=1250 kg/(nv soat) ni tashkil etadi. Mavhum qaynash qatlamli quritkichlarda nam materialdan qurilmaning birlik hajmida ko'p miqdorda namlikni ajratib olishni, samarali quritishni tashkil etsa bo'ladi. Shu sababli, mavhum qaynash qatlamli quritkichlar ko'pchilik texnologiyalarda barabanli quritkichlar o'rnini bosmoqda. Ushbu quritkichlaming hisoblash material xossalari namlikning material bilan bog'liqligini bilgan holda hisoblanadi.
Pnevmatik quritkich.Sochiluvchan, donador nam materiallar (yopishqoq bo'lmagan)dagi erkin namlikni mavhum qaynash qatlamda quritish uchun pnevmatik quritkichlar qo‘llaniladi. Quritish jarayoni uzunligi 20 m gacha bo‘lgan vertikal trubada olib boriladi. Nam material zarrachalari issiq havo oqimida harakatlanadi va bunda ularning tezligi zarracha uchib chiqish tezligidan yuqori bo‘ladi va 10-30 m/s ni tashkil etadi. Bunday truba-quritkichlarda quritish jarayoni bir necha sekund davom etadi va ushbu vaqt ichida materialdan faqat bir qism erkin bog‘langan namlik chiqarishi mumkin.
Nam material ta’minlagich yordamida bunkerdan to'g'ridan to'g'ri trubaga uzatiladi. Kaloriferda isitilgan havo ventilator yordamida trubaga haydaydi va materialni o'zi bilan vuqoriga olib ketadi. Quritilgan materialni havo o'zi bilan birga yig'gich-amoitizator, so'ng esa siklonga olib chiqadi. Siklonda havo qattiq fazadan ajratiladi va qattiq faza to'kish moslamasi orqali qurilmadan chiqariladi. Ishlatib bo‘lingan issiq havo esa yakunlovchi tozalash uchun filtrga yuboriladi va undan so'ng atmosferaga chiqarib yuboriladi.
Truba-quritkichlarda energiya sarfi katta. Quritilayotgan zarrachalar diametri kamaysa, energiya sarfi kamayadi. Odatda qattiq zarrachalar diametri 8-10 mm dan oshmaydi.
Agarda zarrachalar diametri katta va bog‘langan namlikni quritish uchun trubaquritkichdan avval boshqa turdagi quritkichdan foydalanish maqsadga muvofiq.
Shunday qilib, ixcham va tuzilishi sodda bo‘lishiga qaramasdan, truba-quritkichlaming qo‘llsanilish sohasi ancha kam.