To‘g‘ri chiziqning koordinata o‘qlaridagi kesmalari bo‘yicha tenglamasi. To‘g‘ri chiziqning koordinata o ‘qlaridagi kesmalari bo ‘yicha tenglamasi deb,
ko'rinishdagi tenglamaga aytiladi, bu yerda a va b — to ‘g‘ri chiziqning Ox va Oy o ‘qlar bilan kesishish nuqtalaming mos ravishda abssissasi va ordinatasi, ya’ni to‘g‘ri chiziqning koordinata o'qlaridan ajratgan kesmalarining m a’lum ishora bilan olingan miqdorlari.
4- misol. tenglama bilan berilgan to ‘g‘ri chiziqni yasang.
Tenglamani quyidagicha yozib olamiz: bu yerdan a = 2, b =-3. Ordinatalar o'qida ordinatasi -3 bo‘lgan, abssissalar o‘qida abssissasi 2 bo‘lgan nuqtalarni belgilaymiz. Ulardan o‘tuvchi to‘g‘ri chiziqni yasaymiz. Bu esa talab qilingan to‘g‘ri chiziq bo‘ladi.
Berilgan nuqtadan berilgan yo‘nalish bo‘yicha o‘tadigan to‘g‘ri chiziq tenglamasi.
M(x0 ; y0) nuqta orqali o'tadigan va k burchak koeffitsiyentiga ega bo‘lgan to‘g‘ri chiziqning tenglamasi ushbu ko‘rinishga ega:
tenglama tekislikning bitta nuqtasidan o‘tuvchi to‘giri chiziqlar dastasi tenglamasi deb ham yuritiladi.
5- misol. (2; -3) nuqtadan o‘tib, Ox o‘qi bilan 45° burchak tashkil qiluvchi to‘g‘ri chiziq tenglamasini tuzing.
Izlanayotgan to‘g‘ri chiziqning burchak koeffitsiyenti k = tg 45° = 1 ga teng. Shu sababli (1) tenglamadan foydalanib topamiz:
y + 3 = 1 • (x — 2) yoki x - y - 5 = 0.
Dostları ilə paylaş: |