232
Tuzilishi jihatidan jigar murakkab tarmoqlangan naysimon bez
bo‘ lib, uning chiqaruv nayi o‘t yo‘llaridan iborat. Jigarning tarki-
biy-vazifaviy birligi jigar bo‘lakchasidir. U prizma shaklida, keng-
ligi 1–2,5 mm bo‘lib, odam jigarida 500 000 ga yaqin bo‘lak-
cha bor. Bo‘lakchalar o‘rtasida oz miqdorda biriktiruvchi to‘qi-
ma bor bo‘lib, uning ichida bo‘lakchalararo o‘t naychasi, arte-
riya va vena joylash gan. Jigar bo‘lakchasi ikki qator gepatositlar-
dan hosil bo‘lgan va radiar joylashgan jigar ustunchalaridan ibo-
rat. Bo‘lakcha markazida markaziy vena
yotadi. Jigar ustunlari
o‘rtasida bo‘lakcha chekkasidan markaziga qon olib boruvchi si-
nusoid kapillyarlar bor. Sinusoid kapillyarlar bo‘lakcha atrofida-
gi vena tomirlari bilan markaziy vena o‘rtasida bo‘lgani uchun
uni jigarning ajoyib venoz to‘ri deb ataladi. Bo‘lakchalar ichida-
gi kapillyarlar devorida joylashgan yulduzsimon shakldagi endo-
teliy (kuper) hujayralari qonda aylanib yurgan zaharli moddalar,
mikroblar toksinlarini zararsizlantiradi. Jigar ustunlarining ikki
qator jigar hujayralari o‘rtasida o‘t yo‘li bo‘lib, bo‘lak marka zida
uning uchi yopiq. Bo‘lakcha chekkasida esa u bo‘lakchalar aro o‘t
yo‘liga quyiladi. Ularning o‘zaro qo‘shilishidan pirovard natijada
o‘ng bo‘lakdan jigarning o‘ng o‘t yo‘li,
Dostları ilə paylaş: