Anatomiya 2014. indd


Yo‘g‘on ichak patologiyasi



Yüklə 3,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə198/431
tarix14.12.2023
ölçüsü3,69 Mb.
#178072
1   ...   194   195   196   197   198   199   200   201   ...   431
anatomiya fiziologiya va patologiya

Yo‘g‘on ichak patologiyasi
Kolit 
yo‘g‘on ichakning yallig‘lanishidir. U ichakning biror 
qismi, (tiflit, transverzit, sigmoidit, proktit) yoki hamma qismi-
da rivoj lanishi mumkin. Kolit infeksiyalar (dizenteriya), surun-
kali xolesistit, gastrit, enterit, allergik faktorlardan kelib chiqa-
di. Kolit o‘tkir va surunkali kechadi. O‘tkir kolitda shilliq parda 
shishib, qon tomirlar kengayib ketadi, ba’zan yaralar ham pay-
do bo‘ladi.
Surunkali kolitda avval shiliq parda atrofiyasiz, keyin esa asta-
sekin atrofiyalik kolitga aylanadi. Kolitda ich qotishi – qabziyat, 
qorin dam bo‘lishi – meteorizm, intoksikatsiya kuzatiladi. Kolit-
ning asorati: ichakni perforatsiyasi, qon oqishlar, yo‘g‘on ichakni 
stenozi, og‘ir hollarda esa rakka ham aylanishi mumkin.
Ko‘r ichakni chuvalchangsimon o‘simtasining yiringli yal-
lig‘lanishi – 
appendisit
deyiladi. U chuvalchangsimon o‘simtaga 
ichak lardan, qon va limfa tomirlari orqali infeksiya kirishi sabab 
bo‘ladi. Najas toshlari yoki ichak parazitlari ham kasallikni kelti-
rib chiqarishi mumkin. Appendisitning o‘tkir va surunkali turlari 
farqlanadi. O‘tkir appendisit quyidagilarga bo‘linadi.
1. Kataral – o‘simta devorlari shishib, nuqtasimon qon quyiladi.
2. Flegmonoz – o‘simtaning keskin qalinlashuvi, yuzasida fib -
rinoz parda, bo‘shlig‘ida yiringli suyuqlik bo‘lishi kuzatiladi.
3. Gangrenoz – o‘simta shalvirab, bo‘shlig‘ida to‘q rangli, qo-
ramtir, yiringli suyuqlik bo‘lishi kuzatiladi.
Surunkali appendisitda o‘simta bo‘shlig‘i bitib, o‘simta chandiq-
li o‘z gargan bo‘ladi.
Appendisit o‘ng yonbosh sohasida og‘riq bo‘lishi bilan xarak-


230
terlanadi. Ba’zan og‘riq kindik sohasiga, so‘ngra yonbosh sohasiga 
o‘tib, ko‘ngil aynishi va qusish bilan kechadi.
Bundan tashqari, qator klinik simptomlar ham bo‘ladi. Sitkovs-
kiy simp tomi – bemor chap biqinini bosib yotganida o‘ng yonboshi 
sohasida og‘riq paydo bo‘ladi. Rovzing simptomi – chap yonbosh 
sohasi kaft yoni bilan bosilsa, o‘ng yonbosh sohasida og‘riq bo‘ladi. 
Bundan tash qari, Shetkin–Blumberg simptomi musbat, o‘ng yon-
bosh sohasi qorin mushak larining taranglashishi, haroratning ko‘ta-
rilishi, leykositlar miq dorini 12 000–20 000 gacha ko‘tarilganligi qayd 
qilinadi. O‘simta yorilganda peretonit kelib chiqadi. 

Yüklə 3,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   194   195   196   197   198   199   200   201   ...   431




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin