233
fasi quyidagidan iborat: jigarga darvoza venasi orqali kelayot gan
qondagi zaharli moddalar jigarda turli reaksiyalarga uchrab za-
rarsizlantiriladi (ma salan, ammiak siydikchilga aylantiriladi) va
organizmdan chiqarib yuboriladi.
Jigar fiziologiyasi.
O‘t jigar hujayralarida ishlab chiqariladi va
o‘t yo‘llari orqali o‘n ikki barmoq ichakka quyuladi. Bu jarayon
uzluksiz kechadi. Hosil bo‘lgan o‘t o‘n ikki barmoq ichakda ovqat
bo‘lganda quyiladi, ovqat bo‘lmaganda, u o‘t pufagida yig‘ila bosh-
laydi. O‘t pufagi shilliq pardasida o‘t tarkibidagi suyuqlik so‘rila-
di va o‘tning konsentratsiyasi 7–8 marta oshadi. Odamda bir su-
tkada 500–1200 ml o‘t ishlab chiqariladi. O‘tning tarkibiga o‘t
kislotalari, o‘t pigmentlari, xolesterin va boshqa moddalar kiradi.
O‘t pigmenti bilirubin jigarda gemoglabin parchlanganida paydo
bo‘lgan mahsulotlardan hosil bo‘ladi. Ovqat bo‘tqasi o‘n ikki bar-
moq ichakka o‘tganida, unga o‘t jigardan va o‘t pufagidan tusha-
di. Ichakda ovqat bo‘tqasi bo‘lmasa, umumiy yo‘lining qisuvchi
mushagi qisqarib, o‘tni ichakka o‘tkaz maydi va o‘t pufak nayi or-
qali o‘t pufagiga yig‘iladi.
Ichakka tushgan o‘t lipazani 15–20 marta faollashtiradi,
yog‘ni maydalaydi, yog‘lar va vitamin K ni so‘rilishida ma’lum
ahamiyat ga ega, ichak harakatini kuchaytiradi. O‘t ishlab chiqa-
rish va uning ichakka chiqish jarayoni nerv va gumoral yo‘l bi-
lan boshqariladi. Ovqatning hidi, chaynash, ovqatni oshqozon va
o‘n ikki barmoq ichakda bo‘lishi o‘t ish lab chiqarishni reflektor
kuchaytiradi. O‘t ish lab chiqarish, shuningdek, sekretin, gastrin
gormonlari, oqsil moddalarning parchalanish mahsulotlari ta’si-
rida ham kuchayadi. Duodenal gormon xolisistokinin o‘t pufagi-
ni qisqartiradi.
Dostları ilə paylaş: