Umurtqa Umurtqalar umurtqa pog’onasining qaysi qismida joylashganidan qa’tiy nazar umumiy tuzilishga ega.
Umurtqa (vertebra) (grekcha-spondylos) tanasi (corpus vertebrae)va yoy qismidan (arcus vertebrae) iborat. Umurtqa tanasi oldinga qaragan bo’lib, tayanch vazifasini bajaradi. Umurg’a tanasi pastga tomon gavdaning og’irligiga qarab kattalashib boradi. Umurtqa yoyi tananing orqasida joylashib, tana bilan ikkita umurtqa oyoqchalari (pedunculi arcus vertebrae) vositasida birikib, umurtqa teshigini (foramen vertebrae) hosil qiladi. Umurtqalarning teshiklari o’zaro qo’shilishidan umurtqa kanali (canalis vertebralis) hosil bo’ladi. Tananing yoyga qaragan yuzasi bukilgan bo’lib, unda qon tomirlar o’tadigan oziqlantiruvchi teshik (foramina nutricia) bor. Umurtqa yoyida mushaklar birikadigan o’simtalar bor. Orqada o’rta chiziqdan toq qirrali o’simta (processus spinosus) chiqadi. Frontal sathda yon tomonga yo’nalgan juft ko’ndalang o’simta (processus transversus) joylashgan. Umurtqa yoyining tanaga yaqin qismida yuqoriga qarab yo’nalgan yuqorigi bo’g’im o’simtasi (processus articularis superior) va pastga qarab yo’nalgan pastki bo’g’im o’simtasi (processus articularis inferior) joylashadi. Ularning har birida yuqorigi va pastki bo’g’im yuzalari (facies articularis superior et inferior) bo’lib, qo’shni umurtqalar bilan bo’g’im hosil qiladi. Yuqorigi va pastki bo’g’im o’simtalarining asosi bilan umurtqa tanasi o’rtasida yuqorigi va pastki umurtqa o’ymalarini (incisura vertebrales superiores et inferiores) joylashgan. Pastki umurtqa o’ymasi nisbatan chuqurroq. Umurtqalar o’zaro birlashganida yuqorigi va pastki o’ymalar o’ng va chap tomonda umurtqalararo teshikni (foramen intervertebrale) hosil qiladi. Bu teshiklar orqali orqa miya nervlari va qon tomirlar o’tadi.
Bo’yin umurtqalari
Bo’yin umurtqalari (vertebra cervicales) ettita (3-rasm). Ularga og’irlik kam tushgani uchun tanasi nisbatan kichik va ellipsimon shaklda. Bo’yin umurtqalarining tanasi III umurtqadan VII ga qarab kattalashadi. Ularning ustki va pastki yuzalari egarsimon bukilgan. Umurtqa teshigi esa uchburchak-oval shaklida. Bo’yin umurtqalarining o’ziga xos xususiyatlaridan biri ularning ko’ndalang o’simtasidagi teshikdir (foramenprocessus transversus). Bo’yin umurtqalarining ko’ndalang o’simtalari yuqori yuzasida joylashgan orqa miya nervi egati (sulcus nervi spinalis) uni oldingi va orqa do’mboqchaga (tuberculum anterius et posterius) bo’ladi. VI bo’yin umurtqasi oldingi do’mbog’iga uyqu arteriyasi yaqin joylashgani uchun uni uyqu do’mboqchasi (tuberculum caroticum) deyiladi. Unga uyqu arteriyasini bosib bosh va bo’yin sohasidan qon
3-rasm.VI-bo’yin
umurtqasi
1-corpus vertebrae
2-tuberculum anterius
3-tuberculum posterius
4-processus spinosus
5-processus articularis superior
oqishni to’xtatish mumkin. Bo’yin umurtqalarining bo’g’im o’simtalari qisqa. Ularning yuqorigi bo’g’im yuzasi orqaga va yuqoriga, pastki bo’g’im yuzasi esa oldinga va pastga qaragan. II-VI bo’yin umurtqalarining qirrali o’simtasining uchi ayri shaklida tugaydi. VII bo’yin umurtqasining qirrali o’simtasi uzun va uchi kattalashgan. Tirik odamda uni ushlab ko’rish mumkin bo’lgani uchun turtib turuvchi umurtqa (vertebra promenens) deb ataladi.
I va II bo’yin umurtqalari shakl jihatidan boshqalardan farq qiladi. I bo’yin umurtqasi atlantning (atlas) (4-rasm) tanasi taraqqiyot davrida II bo’yin umurtqasiga tish hosil qilib birikib ketgan. Natijada uning tanasi o’rnida oldingi ravoq (arcus anterior) hosil bo’ladi va umurtqa teshigi kengayadi. Oldingi ravoqning oldingi yuzasida oldingi bo’rtiq (tuberculum anterius), ichki tomonida II umurtqa tishi uchun bo’g’im chuqurchasi (fovea dentis) bor. Orqa ravoqning (arcus posterior) orqa yuzasida orqa bo’rtiq (tuberculum posterius) bor. Uning oldingi va orqa ravoqlari o’zaro
4-rasm . I-bo’yin umurtqasi
1-arcus anterior
2-facies articularis inferior
3-processus transverses
4-for.transversarium
5-arcus posterior
6-fovea dentis
yon massalar (massae lateralis) vositasida birikadi. Yon massalarning ustida joylashgan yuqorigi bo’g’im chuqurchasi (foveae articularis superiores) oval shaklida, ensa suyagi bug’im bo’rtig’i bilan bo’g’im hosil qiladi. Ostki bo’g’im chuqurchasi (facies articularis inferiores) yassi, yumaloq shaklda bo’lib, II bo’yin umurtqasi bilan bo’g’im hosil qiladi. Orqa ravoqning yuqori yuzasida umurtqa arteriyasi egati (sulcus a. vertebralis) bor.
Birinchi bo’yin umurtqasining tog’ay davrida uning yon massalari va orqa ravog’i uchun bir juft suyak nuqtasi bo’lib, ular o’zaro tog’ay qatlam bilan ajralgan. Oldingi ravoq uchun ikkita suyak nuqtasi bir yoshda paydo bo’ladi va o’zaro uch yoshda qo’shiladi. Uning orqa yarim ravoqlari esa 2-5 yoshda qo’shiladi. Oldingi va orqa ravoqlar o’zaro 5-9 yoshlarda birikadi.
II bo’yin umurtqasi, tishli umurtqa(axis) (5-rasm) boshqa umurtqalardan tanasining ustki yuzasida joylashgan tishsimon o’simtasi (dens) borligi bilan farq qiladi. Tishsimon o’simta tsilindr shaklida bo’lib, uchi (apex dentis) bor. I va II bo’yin umurtqalari o’zaro birlashganida, tishsimon o’simta atlantni kalla suyagi bilan birga o’nga va chapga aylanuvchi o’q vazifasini bajaradi. Tishsimon o’simtaning umurtqa tanasiga o’tish sohasi bo’yincha (collum dentis) deyiladi. Tishning oldingi bo’g’im yuzasi (facies articularis anterior) I bo’yin umurtqasi bilan, orqa bo’g’im yuzasi (facies articularis posterior) atlantning ko’ndalang
boylami bilan bo’g’im hosil qiladi. Tishning yon tomonlarida atlant bilan birlashuvchi yuqorigi bo’g’im yuzasi bor.
II bo’yin umurtqasining 2 ta suyak nuqtasi ravog’ida, uchinchisi tanasida joylashgan. Ular o’zaro 2 yoshda qo’shiladi.
Ko’krak umurtqalari
Ko’krak umurtqalarining (vertebrae thoracicae) (6-rasm) tanasi pastga tomon kattalashib boradi. Umurtqa teshigi bo’yin umurtqalariga nisbatan kichik va yumaloq shaklda. Ko’krak umurtqalarining o’ziga xos xususiyatlaridan biri ularda qovurg’alar boshi bilan birikadigan qovurg’a chuqurchalari borligidir. II-IX umurtqalari tanasining orqa yon tomonida o’ng va chap yuqorigi va ostki qovurg’a chuqurchalari (foveae costales superior et inferior). I umurtqaning ustki chekkasida I qovurg’a uchun to’liq (foveae costales superior) , pastki chekkasida II qovurg’a uchun ostki chuqurcha (foveae costales inferior) bor. X umurtqaning ustki chekkasida yuqorigi qovurg’a chuqurchasi bor. U IX umurtqaning pastki qovurg’a chuqurchasi bilan birga X qovurg’a uchun to’liq chuqurcha hosil qiladi. XI-XII umurtqalarning yon tomonlarida esa bittadan to’liq chuqurcha bor. I-X umurtqalarning ko’ndalang o’simtalarining oldingi
6-rasm.VIII-ko’krak umurtqasi 1-processus articularis superior
2-fovea costalis superior
3-corpus vertebrae
4-fovea co stalis inferior
5-incisura vertebralis inferior
6-processus articularis inferior
7-processus spinosus
8-processus transverses
9-fovea costalis transversalis