Anatomiya fani


yuzasida ko’ndalang o’simtaning qovurg’a chuqurchasi



Yüklə 79,15 Kb.
səhifə4/8
tarix07.01.2024
ölçüsü79,15 Kb.
#201598
1   2   3   4   5   6   7   8
ANATOMIYA FANI

yuzasida ko’ndalang o’simtaning qovurg’a chuqurchasi (fovea costalis processus transversus) bor. U qovurg’a do’mbog’i bilan birlashadi. XI va XII ko’krak umurtqalarining ko’ndalang o’simtalari qisqa bo’lib, bo’g'im chuqurchasi yo’q. Ko’krak umurtqalarining qirrali o’simtasi nisbatan uzun bo’lib, uchi pastga qaragan. Bo’g’im o’simtalari frontal sathda joylashgan bo’lib, yuqorigi bo’g’im yuzalari orqaga, pastki bo’g’im yuzalari oldinga qaragan.


Bel umurtqalari


Bel umurtqalari (vertebra lumbales) (7-rasm) 5 ta. Ularga og’irlik ko’p tushgani uchun tanasi katta va loviyasimon. Umurtqa teshigi uchburchak shaklida. Ko’ndalang o’simtasi rudiment holidagi qovurg’a bo’lgani uchun qovurg’a o’simtasi (processus costarius) deyiladi. U uzun bo’lib, frontal sathda joylashgan. Bu o’simtaning orqa yuzasining asosida qo’shimcha o’simta (processus accesorius) bor. Qirrali o’simtasi qisqa, yassi, uchi qalinlashgan va orqaga qaragan. Bo’g’im o’simtalari yaxshi rivojlangan, ularning bo’g’im yuzalari sagittal sathda joylashib, yuqorigi o’simtada medial tomonga, pastkisida esa lateral tomonga qaragan. Yuqorigi bo’g’im o’simtasining yon tomonida uncha katta bo’lmagan so’rqichsimon o’simta (processus mamillaris) bor.

7-rasm. III-bel umurtqasi


1-corpus vertebrae


2-incisura vertebralis inferior
3-processus articularis inferior
4-processus spinosus
5-processus costarius
6-processus articularis superior
7-incisura vertebralis superior

Dumg’aza umurtqalari


Dumg’aza umurtqalari (vertebrae sacralis) 5 ta bo’lib, o’smirlik davrida o’zaro birikib, uchburchak shaklidagi dumg’aza suyagini (os sacrum) (8-rasm) hosil qiladi. Uning yuqori serbar qismi asosi (basis ossis sacri), pastga va oldinga yo’nalgan uchi (apex ossis sacri), oldingi chanoq yuzasi (facies pelvina), orqa yuzasi (facies dorsalis) tafovut qilinadi. Dumg’aza suyagi 5 bel umurtqasi bilan birikkan joyda bo’rtma (promontorium) hosil bo’ladi. Dumg’aza suyagining chanoq yuzasi yoysimon bukilgan va tekis. Unda umurtqalarning birikishidan hosil bo’lgan to’rtta ko’ndalang izlar (linae transversae) bor. Ko’ndalang izlarning ikki uchida dumg’azaning chanoq teshiklari (foramina sacralia pelvina) joylashgan. Dumg’azaning orqa yuzasi qavariq. U g’adir-budir bo’lib, yaxshi bilingan beshta bo’ylama qirra bor. Toq o’rta dumg’aza qirrasi (crista sacralis mediana) qirrali o’simtalarning birikishidan hosil bo’ladi. Uning yon tomonida joylashgan juft oraliq dumg’aza qirrasi (crista sacralis intermedia) bo’g’im o’simtalarining birikishidan hosil bo’lsa, lateral dumg’aza qirrasi (crista sacralis lateralis) ko’ndalang o’simtalarning birikishidan hosil bo’ladi. Oraliq va lateral qirralar o’rtasida orqa dumg’aza teshiklari (foramena sacralia dorsalia)






Yüklə 79,15 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin