Anatomiya fani



Yüklə 79,15 Kb.
səhifə6/8
tarix07.01.2024
ölçüsü79,15 Kb.
#201598
1   2   3   4   5   6   7   8
ANATOMIYA FANI

10-rasm. To’sh suyagi

1-incisura jugularis


2-incisura clavicularis
3-manibrum sterni
4,7-incisura costalis
5-corpus sterni
6-processus xipoideus

Xanjarsimon o’simta (processus xiphoideus) ayrisimon, o’tkir uchli, yumaloq uchli ko’rinishda uchraydi. Ba’zida o’simtaning o’rtasida teshik bo’lishi mumkin.


Homila hayotining 5-haftasida yuqorigi 9 juft tog’ay qovurg’alarni oldingi uchlari kengayib, ikkala tomonda o’zaro qo’shiladi va to’sh yo’llarini hosil qiladi. Ikkinchi oyning oxirida o’ng va chap to’sh yo’llarining yuqori uchlari o’zaro qo’shilib to’sh sopini hosil qiladi. Ularning pastki qismlarining qo’shilishidan to’sh tanasi bilan xanjarsimon o’sim ta paydo bo’ladi. Agar to’sh yo’llarini pastki qismlari o’zaro qo’shilmay qolsa, xanjarsimon o’simta ayrisimon shaklni oladi. To’sh suyagining birinchi suyak nuqtasi homila hayotining 4-6 oylarida uning dastasida paydo bo’ladi. 7-8 oylarda suyak tanasining yuqori qismida juft suyak nuqta va bola tug’ilishidan oldin o’rta qismida paydo bo’ladi.
Yangi tug’ilgan bolaning to’sh suyagi tog’aydan iborat. Emizikli davrda uning suyak nuqtalari kattalashadi va tanani pastki qismida ikkita qo’shimcha suyak nuqta paydo bo’ladi. Uch yoshli bolada suyak nuqtalari yumaloq shaklni oladi va o’zaro tog’ay qatlamlar bilan ajrab turadi. Sop va tana qismlari o’rtasida to’sh burchagi paydo bo’ladi. Bolalikning ikkinchi davrida to’sh suyagi sopining suyak nuqtasi uni to’liq qoplaydi. Tananing juft suyak nuqtalari o’zaro qo’shilib sternebrlarni hosil qiladi. Balog’at davrida ular o’zaro birikib butun tanani hosil qiladi. Xanjarsimon o’simta 30 yoshlarda suyaklanib tana bilan birikadi. Suyak dastasi tana bilan 40 yoshlarda birikadi, ba’zi hollarda birikmay qolishi ham mumkin.


Qovurg'a
Qovurg’a (costae) (11-rasm) 12 juft bo’lib, orqa tomondan ko’krak umurtqalarining tanasiga birikadi. Qovurg'a ikki: orqa uzun qismi-suyak qovurg’a (os costale), oldingi qisqa qismi-tog’ay qovurg’adan (cartilago costalis) iborat. Yetti juft (I-VII) yuqoridagi qovurg’alar tog’ay qismlari bilan to’sh suyagiga birikadi va chin qovurg’alar (costae verae) deb ataladi. VIII-X juft ovurg’alar tog’ayi to’sh suyagiga yetib bormay, yettinchi qovurg’a tog’ayiga birikkani uchun yolg’on qovurg’alar

11-rasm. Qovurg’a


1-caput costae


2-facies articularis capitis costae
3-collum costae
4-sulcus costae
5-corpus costae



Yüklə 79,15 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin