O’pkada umumiy qon oqishini kamayishi Normada o’pkadan minutda 4,5–5 l/m qon o’tadi, yahni yurakni minutli hajmiga teng. O’pka perfuziyasini kamayishiga quyidagi patologik jarayonlar olib keladi:
O’ng qorinchani qisqaruvchi funktsiyasini buzilishi (miokard infarkti, miokardit, kardioskleroz)
CHap qorinchani qisqaruvchi funktsiyasini buzilishi (o’pkada dimlanish olib keladi)
Bahzi bir tug’ma va orttirilgan yurak nuqsonlari
Qon tomir yetishmovchiligi (shok, kollaps)
O’pka arteriyasini emboliyasida
Yuqoridagi holatlarda o’pkadan qon o’tishi pasayadi. Bu holatlarda alg’veolalar ventilyatsiyasi uning perfuziyasidan ustun bo’ladi, buning oqibatida o’pkadan ketayotgan qon O2 bilan juda yaxshi to’yinadi va SO2 miqdori ozayib ketadi (gipokapniya). Bu paytda yurakning minutli hajmi kamayadi (2-4l/m), katta qon aylanish doirasida qonni harakati pasayadi, natijada to’qimalarda O2ochligi kelib chiqadi va SO2 miqdori esa aksincha ortib ketadi.
O’pkada ventilyatsion perfuzion munosabatlarni buzilishi O’pkada normal gazlar almashinuvi bo’lishi uchun o’pka ventilyatsiyasi va undan qonning o’tishi to’g’ri munosabatda bo’lishi kerak. Normada alg’veolyar ventilyatsiya 4–5 litrga teng, qonning minutli hajmi ham 5 litr atrofida.
AV/MX = 1 Bunday holatda alg’veolalardan ketayotgan qon normal gaz tarkibiga ega bo’ladi.
Agar ventilyatsiya ortib ketsa, AV/MX > 1 bu holatda qon tarikibidan ko’p miqdorda SO2 chiqib ketadi va gipokapniyaga olib keladi. Agrar AV/MX<0,8 alg’veolyar havoda r SO2 portsiyaal bosimi ortib, rO2 pasayadi, bu esa gipoksemiya va giperkapniyaga olib keladi.
AV/MX = 1 barcha alg’veolalarda bo’lishi zarur. Nafas olish jarayonida qon oqishi ham barcha alg’veolalarga teng taqsimlanishi zarur. Lekin, bu holat sog’lom odamlarda ham ro’y bermaydi. O’pkani pastki qismida bu ko’rsatkichlar yuqori qismiga nisbatan baland bo’ladi.
O’pkani yuqori qismida ventilyatsiya perfuziyasidan ustun bo’ladi, pastki qismida esa aksincha. Bunday nisbatni buzilishi o’pkalarni 1) alg’veola razmerini har xilligidir 2) barcha bronxlarni ko’ndalang kesimini bir xil emasligi 3) transpulg’monal bosim o’pkani hamma joyida bir xil emasligi 4) odam vertikal bo’lganda o’pkani pastki qismiga qon ko’p keladi, chunki qon o’z og’irligi bo’yicha pastga tushadi.
Bu holat o’pka kasalliklarida yanada chuqurlashadi (pnevmoniya, emfizema, ateloktaz, pnevmoskleroz)
SHundan xulosa shuki:
Alg’veolalarda normal ventilyatsiya va perfuziya bo’lsa, effektiv alg’veolyar hajm yuzaga chiqadi.
Alg’veolalarda ventilyatsiya normal va perfuziya umuman bo’lmasa, bu esa alg’veolyar o’lik bo’shliqni tashkil qiladi.
Ikkala parametrni o’zgarishi, qonning gaz tarkibini o’zgarishiga olib keladi.