Andijon 2013 ma’ruza №1 patofiziologiya faniga kirish, uning maqsadi va vazifalari. Etiologiya va patogenez, sanogenez reja



Yüklə 0,71 Mb.
səhifə188/207
tarix12.10.2023
ölçüsü0,71 Mb.
#154299
1   ...   184   185   186   187   188   189   190   191   ...   207
pat fiz lek Sharif Xoshimovich

Ichak autointoksikatsiyasi
Inson organizmida ayniqsa, ingichka ichakda ko’plab foydali ichak tayoqchalari uchraydi, sut achituvchi bakterialar, streptokokklar va boshqalar.
Normal mikroflora, organizmni himoyalaydi, yahni patogen mikroorganizmlar rivojlanishiga tusqinlik qiladi va tabiiy imunitetni yuzaga kelradi, shu bilan birga ular ayrim vitaminlarni sintez qiladi.
Ichakda uzoq turib qolgan ovqatlar achishi natijasida indol, skatol, proteinogen aminlar organizmga toksik tahsir etishi mumkin, agar ularni miqdori oz bo’lsa ichak va jigarni barher funktsiyasi hisobiga organizmga sezilarli tahsir kursatmaydi. Agar ichakda yalig’lanish (kolit), kabziyat, ichak tutilishi bo’lsa, disbakterioz kuzatiladi, barherni foydasi qolmaydi va organizmda intoksikatsiya kuzatiladi.
MAHRUZA №


JIGAR PATOFIZIOLOGIYaSI


REJA:



  1. Jigar patofiziologiyasi haqida tushuncha

  2. Jigar faoliyatini eksperimental tekshirish usullari

  3. Jigarning funktsional yetishmovchiligida moddalar almashinuvini buzilishi

  4. Jigarning himoya funktsiyalarini buzilishi

  5. O’t hosil bo’lishi va ajralishini buzilishi

  6. Jigar faoliyati yetishmovchiligida yuzaga chiquvchi simptom va sindromlar

  7. Jigar yetishmovchiligida qon tomir tonusini buzilishi

  8. Jigar tsirrozi etiopatogenezi

Jigar organizmda juda muxim vazifalarni bajaradi, ushbu funktsiyalar gomeostazni ushlab turishga yo’naltirilgan. Bunga barcha xildagi moddalar oqsil, yog’, uglevodlar, vitaminlar va mikroelementlar almashinuvida ishtirok etadi. Bundan tashqari, o’t hosil qilish va ajratish, o’tni tarkibida turli xil metabolitlar, toksik va dorivor preparatlarni chiqadi;


Jigarni himoya funktsiyasida metabolitik o’zgarishlar natijasida hosil bo’lgan turli xil moddalarni dezintoksikatsiyasi, fagatsitozda; qon-tomir tonusini ushlashda va konni depolashda; qon hosil qilishda ishtirok etadi (embrion davrida jigarda qon hosil bo’ladi; eritropoezda jigar Fe+3 uchun depo bo’ladi; qon ivish va qonni ivishiga qarshi sistemalar sintezlanadi).
Jigar faoliyatini yetishmovchiligida yuqoridagi barcha funktsiyalyar buziladi, bularni o’ganish uchun eksperimentlar bilan laborator instrumental usullar, xamda bemorlar klinik belgilarni kuzatish yordam beradi.
Jigar funktsiyalarini eksperimental tekshirish usullari

  1. Jigarni olib tashlash, bu eksperiment bir necha etapda ketadi.

1-etapda Ekka-Pavlova fistulasi kuyiladi, yahni darvoza va pastki kovak vena anastamozi qilinadi, bunda organizmni pastki qismidan qon jigardan o’tmay qollateralar hisobiga yuqori kovak venasiga keladi. 2- etapda 4-6 haftadan so’ng anastamozning yuqori joyidan bog’lab quyiladi. 3-etapda jigar olib tashlanadi.
Operatsiyadan so’ng itlar yurib, suv ichishi ham mumkin, lekin 3-8 soatdan so’ng gipoglikemik komaga tushadi. Agar itga har soatda glyukoza yuborilib turilsa 20-40 soat yashashi mumkin, hayvon qon-tomir yetishmovchiligi va nafas yetishmovchiligidan o’ladi. Bunda qonda va siydikda mochevina miqdori kamayadi, aksincha ammiak va aminokislatalar miqdori ortadi. Qonda siydik kislotasi ortadi va siydik bilan ajralishi ozayadi. Qon zardobida alg’bumin, protrombin va fibrinogen miqdori kamayadi bog’lanmagan biluribin kontsentratsiyasi ortadi.
Yuqoridagi mahlumotlarga asoslanib aytish mumkinki, jigar, uglevod, oqsil, pigment almashinuvida, qon ivishi va dezintoksikatsion jarayonlarda ishtirok etadi.

  1. Jigarni kisman olib tashlash, bunday eksperimentda organni regenator faoliyati o’rganiladi. Agar, 75% organ olib tashlansa xam 4-8 haftada butunlay qayta tiklanar ekan, bu to’qimani qolgan qismini giperplziyasi bilan tushuntiraladi. Avvaliga jigarda glikogen sintezi, fermentlar aktivligi pasayadi, lekin nuklein kislota va oqsillar sintezi esa kuchayadi.

  2. Ekka fistulasini kuyish, darvoza venasi va pastki kovak venalarga anastamoz qo’yilib, so’ng anastamozdan yuqorisidan bog’lab kuyiladi. Buning natijasida JKTdan kon jigarga kelmay kuyadi, jigarga kelayotgan kon miqdori 50% ga kamayadi va shunga yarasha O2 bo’lgan ehtiyoj xam kamayadi. Bunda jigardagi kon aylanishi va uglevodlar almashinuvi buzilmaydi. Agar, operatsiyadan 3-4 kundan keyin gusht bilan bokilsa “gushtdan zaxarlanish“ chunki oqsil almashinuvi kuchli buziladi: itda qo’zg’alish klonik va tetanik qaltirashlar, uyquchanlik, ataksiya va komaga tushadi, so’ng ulim kuzatiladi.

Konda ammiak birdan ko’payadi, konda va siydikda mochevina kontsentratsiyasi kamayib ketadi. Taxminlarcha ichaklarda hosil bo’lgan ammiak jigarga tushmaydi va mochevinaga aylanmay, shuni hisobiga jigar komasi kelib chiqadi.

  1. Jigar arteriyasini bog’lash, itni o’limga olib kelishi mumkin, jigarda ishemiya, anaerob ichak florasi hisobiga infektsiya yuzaga keladi va massiv nekroz kuzatiladi.

Agar itga antibiotiklar yuborilib turilsa, nekroz kelib chiqmaydi. O’n kundan so’ng kuchli qollaterallar hisobiga kon aylanishi tiklanadi, O2 to’qimalarga normada keladi va anaerob infektsiya oldi olinadi.

  1. Darvoza venasini bog’lash, 1-2 soatdan so’ng hayvon o’ladi, yorib ko’rilganda qorin boshligidagi organlarda kon kuyilishlar va giperemiya kuzatiladi.

  2. Jigar venasini bog’lash, ushbu eksperimentda xam hayvonni tezda o’limga olib keladi, sababi jigardan konni ketishi buzilishidir. Agar jigar venasi kisman to’silsa portal gipertenziya kelgusida astsitga kelib chiqadi.

  3. Jigarni devaskulyarizatsiyasi (barcha afferent kon tomirlarni bog’lash) – urtacha 30-33 soatlardan so’ng hayvonni ulimga olib keladi, buning sababida ishemiyaga uchragan jigardan toksik moddalarni umumiy konga tushishidandir.

  4. Jigarni toksinlar bilan zaxarlash (xloroform, fosfor, trinitrotoloul) bunda tsentrolobulyar nekroz kelib chiqadi.

Angiostomiya metodi (London bo’yicha) xronik tajribada jigarga kelayotgan va ketayotgan kon tekshiriladi, zararsizlantirish funktsiyasi o’rganiladi.
Ut pufagiga fistula kuyish va uning yulini bog’lash. Bunda jigarni ut hosil qilishi va uni ajratishi o’rganiladi.
Bundan tashqari, eksperimentlarda jigar kasalliklari va sindromlari modellashtiraladi, “Suhniy jigar“ kuyilganda so’ng esa transplantatsiya asoratlari o’rganiladi. Klinik tekshirishga uxshab biopsiya, so’ng to’qimani gistologik o’rganiladi, radioizotopik skanerlash, laporoskopiya, xar xil bioximik va immunologik izlanishlar utkaziladi.

Yüklə 0,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   184   185   186   187   188   189   190   191   ...   207




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin