Andijon 2013 ma’ruza №1 patofiziologiya faniga kirish, uning maqsadi va vazifalari. Etiologiya va patogenez, sanogenez reja



Yüklə 0,71 Mb.
səhifə196/207
tarix12.10.2023
ölçüsü0,71 Mb.
#154299
1   ...   192   193   194   195   196   197   198   199   ...   207
pat fiz lek Sharif Xoshimovich

Buyrakning asosiy funktsiyalari
Siydik hosil bo’lishida buyrakning asosiy funktsiyalarini buzilishi poliuriya, oligouriya, anuriya ko’rinishida namayon bo’ladi.
Filg’tratsiyaning buzilishiga buyrak va buyrakdan tashqari omillar sabab bo’ladi.
Filg’tratsiyani kamayishi:
I. Gidrostatik bosimni kamayishi
1) Arterial bosimni kamayishi (80mm. smm. ust), 2) SHok, 3) Kollaps, 4) Kon-tomir yetishmovchiligi, 5) Qon miqdorini kamayishi, 6) Buyrakka olib keluvchi arteriyani qisilishiga javoban simpatik adrenergik (arterial gipertenziya, og’riq sindromi) kelib chiqishi, 7) Aorta, arteriya va arteriolalardagi organik o’zgarishlar, 8) Tromboz, emboliya, aterosklerozlar sabab bo’ladi.
II. Onkotik bosimni ortishi (25-30mm sim. ust)
1) Suvsizlanish hisobiga, 2) Ko’p oqsillar organizmga kiritilganda 3) Giperproteinemiya bilan ketadigan kasalliklarda yuzaga keladi.
III. Koptokchalarda bosimni ortishi (20 mm smm. ust), bu holat nefronni proksimal kanalchalarida reabsorbtsiyani sekinlashuvidan, kanalchalarda biror narsa turib qolishidan va siydik yo’llarida siydik chiqib ketishi uchun to’sqinlik bo’lsa kelib chiqadi.
IV. Koptokchada filg’tratsiyani kamayishi, funktsional koptokchalar miqdorini kamayishi bilan bog’lanadi, normada umumiy filg’tratsion yuza 1,5-2 m ni tashkil qiladi. Bu yuzani kamayishi va membranani qalinlashuvi, bazal membrana tarkibiga kiruvchi oqsil polisaxarid kompleksini o’zgarishidan kelib chiqadi, ayniqsa yallig’lanish jarayonlarida yaqqol ko’rinadi, (glomerulonefrit, pielonefrit). Koptokchalarda filg’tratsiyalarni kamayishi, uning devorini trofik xossasi buzilishi bilan yuzaga chiqishi ham mumkin M: qon-aylanishini buzilishi, gipoksiyalar, turli xil toksik jarayonlar bunga olib keladi.
Filg’tratsiyani ortishi
I. Koptokcha qon tomirlarida gidrostatik bosimni ortishi, bunda koptokchaga kelayotgan suyuqlik keskin ortib ketadi.
1) Ko’p suyuqlik ichilganda, 2) SHishlar so’rilganda 3) Buyrakka olib keluvchi arteriyalar tonusini kamayishi hisobiga, qon miqdorini ortishiga (isitmani ko’tarilish davrida, Na+ ga boy ovqatlar istehmol qilingada) 4) Nerv-reflektor va gumoral omillar tahsirida olib keluvchi arteriolalar tonusini ortishi 5) Gipertonik kasalikni boshlanish bosqichida posttransfuzion asoratlarda, adrenalin ko’p ishlab chiqarilganda kuzatiladi.
II.Ontotik bosimni kamayishi, yahni qonda yirik dispersli globo’linlar miqdori ortishi (ular past onkotik bosimni namoyon qiladi), gepatit, tsirrrozlarda kuzatiladi.

Yüklə 0,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   192   193   194   195   196   197   198   199   ...   207




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin