a) o’tkir buyrak yetishmovchiligi
b) surunkali buyrak yetishmovchiligi
4. Buyrak yetishmovchiligiga olib keluvchi asosiy sindrom va kasalliklar
5. Glomurulonefrit, uning turlari, etiopatogenezi
6. Piolonefrit: uning etiopatogenezi
7. Nefrotik sindrom
8. Buyrak tosh kasalligi, uning etiopatogenezi
Buyrakni anatomik, fiziologik va bioximik jihatdan o’ziga xosligi, buyrakning o’zida va buyrakka bog’liq butun organizmdagi patologik o’zgarishlar boshqacharoq tarzda namoyon bo’ladi.
Buyrak gomeostazni ushlab turuvchi asosiy organ hisoblanadi:
Suyuqliklar miqdori doimiyligini (izovolemiya)
Osmotik bosim doimiyligi (izotoniya)
Ionlar doimiyligi (izoioniya)
N+ ionlari doimiyligi ushlashda muxim rolg’ o’ynaydi.
Bundan tashqari, buyrak azot almashinuvini maxsulotlari boshqa yot moddalarni organizmdan chiqaradi. Buyrakni ekskretor funktsiyasi buzilishi ko’p holatlarda urmemik sindromga olib keladi. SHu bilan birga, organik va neorganik tabiatli tosh hosil qiluvchi tuzlarni tashqariga chiqaradi. Tuzlarni kontsentratsiyasini keskin ortishi, uning erituvchi tizim faoliyatini pasayishida tosh kasalliklari kelib chiqishi mumkin.
Buyrakning qon bilan tahminlashuvi juda yaxshi bo’lganligi, energetik almashinuv intensivligi yuqoriligidan toksin va dorivor moddalar tahsirida tezlikda patologik sindromlar kelib chiqadi, ko’pincha o’tkir buyrak yetishmovchiligini misol keltirishimiz mumkin.
Buyraklar nafaqat ekskretor vazifani bajaradi, balki inkretor organ hamdir.
1. Qon tomir tonusini boshqarishda (renin-angiotenzin tizim, prostaglandinlar)
2. Eritropoezda (eretropoetin, ingibitor eritropoeza urokinaza).
SHuning uchun, buyraklar patologiyasida gepertenziv va anemik sindromlar ko’p uchraydi. Agar ingibator eritpoeza ko’p ishlab chiqarilsa anemiya kelib chiqadi. Geparin V, VII, VIII, IX, X, urokinaza sintezi buzilishidan qon ivish tizimi buziladi. Biz bilamizki, buyrak fibroz to’qimasi bilan o’ralgan, u yomon cho’ziladi, yallig’lanishda va toksik shishlarda, buyrak ichida keskin gidrostatik bosim ortib ketadi, natijada filg’tratsiya pasayadi, bu esa buyrak yetishmovchiligiga olib keladi.
Buyrak to’qimasini oqsil tarkibi ayniqsa koptokchalarda, bahzi mikroorganizmlar va organizmni qo’shuvchi to’qimalarining antigenlar bilan o’xshashligi bor. M: streptokokklar bilan zararlanganda bunda qo’shuvchi to’qima va streptokokk o’rtasida immun va autoimmun o’tkir va surunkali diffuz glomerulnefritlar yuzaga chiqadi.
Siydik, ko’p mikroorganizmlar yashashi uchun yaxshi muxitga aylanishi mumkin, ko’plab agar siydik yo’li to’silib qolsa, gematogen va ko’tariluvchi infektsiyalarni chiqishi uchun qulay sharoit yaratiladi.
Dostları ilə paylaş: |