Koptokcha membranasi o’tkazuvchanligini ortirishi Normada koptokchalarda filg’tratsiya qilingan barcha moddalar aytarli reabsorbtsiyalanadi. Filg’tratsiya ortishini belgilab beruvchi holatlardan proteinuriyadir.
Proteinuriyada 1) Koptokcha membranasi o’tkazuvchanligi ortishi, 2) Teshiklar razmerini kattalashuvi, 3) Bazal membranani fizik-ximik o’zgarishlaridan kelib chiqadi.
Proteinuriya hayvonlarga adrenalin, noradrenalin yuborganda yuzaga chiqadi. Yosh bolalar turganda (ortostatik proteinuriya), og’ir ish bajarganda (marshevaya prtoeinuriya), ko’p suv yo’qotganda (degidratatsion proteionuriya), ko’p oqsil istehmol qilganda (alimentar proteinuriya), bu hammasi funktsional harakterdagi proteinuriya bo’lib (do 1 g/l gacha), ular tez qaytadi.
Lekin, organik harakterdagi proteinuriyalar o’tkir va surunkali glomerulonefrit, nefrotik sindromlar va boshqa buyrak kasalliklarida uchraydi.
Bu holatlarda proteinuriya turg’un uzoq davom etadi. M: nefrotik sindromlarda oqsil 120 g/l boradi, bularga plazma oqsillari ham qo’shiladi.
Qon-tomir yetishmovchiligida, infektsion kasalliklarda, toksinlar tahsirida, tireotoksikozda, mexanik va parenximatoz jeltuxada, kuyishda, enterokolitda, ichaklar tutilib qolishida proteinuriya oraliq zvenoni egallaydi.
Bundan tashqari, buyrakdan tashqari proteinuriya xam mavjud u siydik yo’llarini yallig’lanishidan kelib chiqadi, bahzida yelg’on proteinuriya ham deydi (1 g/l gacha).
Ayrim hollarda koptokcha membranasini zararlanishidan, ertirotsitlar siydikka chiqib ketadi (buyrak koptochkasi gematuriyasi), siydikda gemolizlangan eritrotsitlar uchraydi. Bunday gematouriya o’choqli nefritda, o’tkir va surunkali glomerulonefritda kuzatiladi.
Yolg’on gemoturiya ham bor, siydik yo’llarini jaroxatidan kelib chiqadi, lekin eritrotsitlar yangi (svejiy) bo’ladi.
Koptochkalarning ekskretor funktsiyasini buzilishi Ekskretor faoliyatni buzulishini namoyon qiluvchi parametrlardan biri qonda qoldiq azotni kontsentratsiyasini ortishi azotemiyadir. Qonda mochevina, siydik kislotasi, kreatinin, indikan, fenol, indol, skatol va boshqalar ko’payib ketadi. 35,7-142,8-357 mmol/l: Bu holat koptochkada filg’tratsiyasini pasayshidan dalolat beradi.
Ekskretor faoliyatni buzulishi fosfat, sulg’fat, organik kislotalar kontsentratsiyasini ortishi bilan harakterlanadi va (renal azotemik atsidozga olib keladi). Yuqorida anionlar hujayra tashqarisidagi suyuqlikka gidrokorbanatlarni siqib chiqaradi, qonning ishqoriy rezervi kamayadi, shu sababli atsidoz keltirab chiqaradi.
Elektrolitlar ushlanishdan (kaliy, natriy, magniy, xlor) giperkaliemiya, gipermagniemiyalar kelib chiqadi, yahni hujayra ichi va tashqarisidagi ushbu elektrolitlar taqsimlanishi buziladi. Giponatriemiya, gipoxloremiya, natijasida K+ - Na+ nasosi buziladi.