Jigarning ximoya funktsiyasini buzilishi Normada jigarda endogen va ekzogen toksinlar kerakli kimyoviy o’zgarishlardan so’ng kuchsizrok toksin bo’lib qoladi, bu kimyoviy o’zgarishlar: atsetillash, metillash, oksidlanish-kaytarilish, gidroliz, ayniqsa glyukouron kislota bilan juftli birikmalar hosil bo’lishi, glikokol, tsistein, sulg’fat kislotalar hosil bo’lish bilan namoyon bo’ladi.
Agar, bu jarayonlar buzilsa jigarninig antitoksik zararsizlantirish funktsiyasi buziladi buning natijasida, organizmda ammiak, fenol va toksik moddalar to’planadi va organizmda og’ir intoksikatsiya chakiradi, bu intoksikatsiya MNS faoliyati buzilishi bilan ketadi.
Jigarni antitoksik faoliyati buzilsa, turli dori preparatlariga sezuvchanligi ortib ketadi. M: xinin, morfin, barbituratlar va x.k. Buning sababi ularning jigarda parchalanishi pasayib ketadi, natijada bu dorilarning toksikligi ortib ketadi va organizmni zaxarlaydi.
O’t chiqarish faoliyati buzilsa xam, toksik moddalarni to’planishi organizmni zaxarlaydi.
Jigarda tsirroz, o’sma bilan zararlansa, mononuklear fagotsitar tizim aktivligi pasayadi, buning hisobiga infektsiyalarga chidamliligi pasayadi. Bundan tashkari, gepatotsitlarni zararlanishi autoallergik jarayonlarni chakiradi, bu esa birlamchi patologiyani yanada chukurlashtiradi.
O’t hosil bo’lishi va ajralishini buzilishi Jigar xujayralari o’t ishlab chiqaradi. Tarkibi: yog’ kislotalari, o’t pigmentlari, xolesterin, fosfolipidlar, o’t kislatalari, Na+, K+, Cl-, mutsin va suv. o’t hosil bo’lishida qalkonsimon bez gormonlari, vitaminlar, juda ko’plab endogen va ekzogen moddalar ahamiyatli o’t kislotalari gepatottsit xujayralarida xolesterindan sintez kilinadi va ichak xazmida katta rolg’ o’ynaydi.
O’t hosil bo’lishini buzilishi, uning ko’payishi yoki ozayishining sabablari:
Xolepoezni neyro-gumoral idora etilishining buzilishi m: vagus tonisini ortishi, sekretin yoki gastirin inkretsiyasini ortishi.
Alimentar faktorlar(yog’lar, tuxum sarig’i, oqsil ochligi va x.k.)
Ekzogen va endogen omillar, energetik almashinuvini buzilishiga olib keluvchi (gipoksiya, gipotermiya, kizib ketish, zaxarlanish) sabablar.
Jigar va o’t yo’llarini zararlanishi (gepatit, gepatoz, xolengit, xoletsistit)
Ichak mikrofloralari aktivligini pasayishi o’tni hosil qiluvchi komponentlarni jigar-ichak bo’ylab aylanishini buzilishi.
Bilirubin almashinuvi va hosil bo’lishini buzilishi.