Andijon 2013 ma’ruza №1 patofiziologiya faniga kirish, uning maqsadi va vazifalari. Etiologiya va patogenez, sanogenez reja


Neyrotonik tipga xos arterial giperemiya



Yüklə 0,71 Mb.
səhifə53/207
tarix12.10.2023
ölçüsü0,71 Mb.
#154299
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   207
pat fiz lek Sharif Xoshimovich

Neyrotonik tipga xos arterial giperemiya reflektor tarzda ekstra- va intra retseptorlar, qon-tomirlarni kengaytiruvchi markaz va ularning nervlari qitiqlanishidan yuzaga chiqadi. Qitiqlovchilar psixik, mexanik, temperatura, ximik, (skipidar, gorchichnoe maslo) biologik omillar bo’lishi mumkin.
Bunday arterial giperemiyaga yaqqol misol qilib: tuxumdon, yurak, o’pka, jigar kasalliklarida bo’yin va yuzning qizarishini ko’rsatishimiz mumkin.
Eksperimentda K.Bernar birinchi bo’lib, quyonning n.facialisi ni shohi chorda tym’anini tahsirlab arterial giperemiya chaqirgan, chunki ushbu qon tomirlar

kengaytiruvchi parasimpatik tolalardan innervatsiya oladi. Bundan tashqari, javob reaktsiyasi sifatida jag’ osti bezi giperemiyasi va sekretsiyasini ortishi ham kuzatilgan.


Arterial giperemiya atsetilxolin, yahni xolinergik tahsir tufayli yuzaga chiqadi, bu xolat parasimpatik innervatsiya oluvchi organlarda ro’y beradi (til, tashqi jinsiy organlar va x.k.z.). Agar, organni parasimpatik nerv tolalari innervatsiya qilmasa, simpatik gistaminergik, serotoninergik, V-adrenergik tahsirlar tufayli ham yuzaga chiqadi.
Simpatik xolinergik nerv tolalar mayda arteriya va arteriolalarni kengaytiradi, yuz muskuli, lunjning shilliq qavati va ichaklarda giperemiya chaqiradi, ushbu giperemiyalarda ham mediator atsetilxolin bo’lib hisoblanadi. Ko’p hollarda, arterial giperemiya, nerv oxirlarini biologik aktiv moddalar, prostaglandinlar tahsiridan ham yuzaga chiqadi (yarim to’yinmagan yog’ kislotalarni hosilalari).
Prostaglandin A va Ye lar arteriolalar, metarteriolalar, prekapilyar va venulalarga qon tomir kengaytiruvchisi sifatida tahsir etadi. Qon tomir devoridan ajraladigan prostaglandin J2 (prostatsiklin) turli o’lchamdagi qon tomirlarga bo’shashtiruvchi tahsiridan tashqari, trombotsitlarga antiagregatsion tahsirni ham namoyon etadi.
Sezuvchi nerv tolalari m: uchlik nervi qitiqlanganda yuzaga chiqadigan arterial giperemiya biroz boshqacha, bunda arterial giperemiya boshning yarmida yuzaga chiqadi va quyidagicha tushuntiriladi: Organizmda travma yoki yallig’lanish bo’lsa, zararlangan nerv tolalari impulg’slarni teskari, yahni antidrom yo’nalishda o’tkazadi, bunday holatda ko’proq ko’zning qon tomirlari kengayadi va uning o’tkazuvchanligi ortib ketadi, bu holat nerv tolalardan yoki nerv oxirlaridan prostaglandinlarni ajralib chiqishi bilan tushuntiriladi.

Yüklə 0,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   207




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin