Andijon 2013 ma’ruza №1 patofiziologiya faniga kirish, uning maqsadi va vazifalari. Etiologiya va patogenez, sanogenez reja


Biologik harakterdagi kantserogenlar



Yüklə 0,71 Mb.
səhifə122/207
tarix12.10.2023
ölçüsü0,71 Mb.
#154299
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   207
pat fiz lek Sharif Xoshimovich

4. Biologik harakterdagi kantserogenlar
Biologik harakterdagi kantserogenlar, ayrim quziqorinlar m: as’ergrillus flavum, ushbu qo’ziqorin aflotoksin sintezlaydi, u esa kantserogenlik xususiyatini namoyon qiladi. Bu quziqorinlar yong’oq, makka, guruch, tuxum, sut kukunida yashaydi, ular organizmga tushganda, organlarda rak chaqiradi.
5. Gormonlar
Gormonlar ham kantserogenlik xususiyatini namoyon qilishi mumkin, chunki gormonlar hujayralar bo’linishida bevosita ishtirok etadi. M: gonadotrop gormonlari, tuxumdonda follikulalar proliferatsiyasini kuchaytiradi.
6. Onkoviruslar
Onkoviruslar, asosan RNK va DNK ushlovchilar sirasiga kiradi va ular 4 guruxga bo’linadi.

  1. RNK ushlovchi spiralsimon shakldagi onkoviruslar

  2. RNK ushlovchi poliedrol shakldagi onkoviruslar

  3. DNK ushlovchi poliedrol shakldagi onkoviruslar

  4. Yirik DNK ushlovchi onkoviruslar

Oxirgi, onkoviruslar tsitoplazmada ko’payadi, ushbu yerda o’ziga xos hujayrali kiritmalar hosil qiladi, ulardan polioma virusi Styuart va Eddilar tomonidan yaxshi o’rganilgan.
Ushbu onkovirus, nikox uzugini eslatuvchi yirik DNK ushlaydi, uning o’ziga xosligi shundaki, 7 turdagi sut emizuvchilarda, 27 xil o’sma chaqirishi mumkin. Yangi tug’ilgan hayvonlarga ushbu virusni yuborilsa, 100% xolatlarda kasallik chaqiradi, vaqt o’tishi bilan organizmning virusga sezuvchanligi pasayadi, 14 kunlik kalamushlarda esa o’sma kelib chiqmaydi.
Insonlarda onkoviruslar Berkitt limfadenitini chaqiradi, ular yosh bolalarda jag’osti limfa tugunini zararlaydi, ushbu kasallik Afrika mamlakatlarida ko’p uchraydi va epidemik xarakterga ega bo’ladi (moskitlar tarqatadi degan taxminlar yo’q emas).
Bundan tashqari, uchuq (gerpes) virusi, bachadon buyni raki virusi, gepatit V va gepatotsellyulyar kartsinoma virusi, yuqori nafas yo’llari o’smalari viruslari ham o’sma kasalligini chaqiradi.
Fizik kantserogenlar
Ion, ulg’trabinafsha nurlar, issiqlik energiyasi, ulg’tratovushlar, fizik omil sifatida sin yoki kokantserogenlar bo’lishi mumkin.
Ulg’trabinafsha nurlar terida rak yuzaga chiqarishini, oddiy tajribada kuzatish mumkin. Oq sichqonni 10 oy davomida, har kuni 5 soatdan quyosh nuri ostida bo’lishi, teri rakini yuzaga chiqaradi.
Insonlarda kasbga oid o’sma kasalliklari ham kam emas, rentgenolog raki, shahterlardagi o’pka raki bularga misol bo’ladi.
Xirosimada ro’y bergan atom portlashdan so’ng, epimarkaz yaqinidagi insonlarda keskin leykoz bilan og’rish ko’payib ketgan.
SHuningdek, to’qimaga uzoq vaqt tahsir etilgan mexanik omillar ham kantserogenlik xususiyatini namoyon qilar ekan. 1948 yil er-xotin Oppengeymer va Stounlar sichqonlarda buyrak gipertenziyasini chaqirish maqsadida, uning belini tsellofan bilan bog’laganda, sichqonda sarkoma kelib chiqqan. Hayvonlar terisiga plastmassali plastinka qo’yilganda, plastinka atrofida havfli, qo’shuvchi to’qimali o’sma paydo bo’lgan.
Olimlarning taxminicha, metall va plastmassali materiallar, yallig’lanishning proliferatsiya jarayoniga tahsir etadi, hujayralarni ko’payishga olib keluvchi induktorlar faoliyatini kuchaytiradi, natijada o’sma to’qimasi paydo bo’ladi.

Yüklə 0,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   207




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin