Patogenez O’sma rivojlanishining patgenezida 3 ta etap tafovutlanadi: transformatsiya, promotsiya va progressiya.
Transformatsiya paytida, aslida sog’lom bo’lgan hujayra haddan ziyod ko’payib ketadi, bu xususiyatni hosil bo’lgan yangi hujayralarga irsiy tarzda o’tkazadi. Transformatsiya ikki: mutatsiya va epigenom yo’llar bilan kechadi. Bu ikkala mexanizmda ham hujayra bo’linishini idora etilishi buziladi. Bilamizki, hujayra bo’linishi muhim bioximik jarayon, yahni bir butun hujayra genomi mitotik tsiklini “S” fazasidagi DNK replikatsiyasi tahminlaydi. Bu jarayon ko’plab fermentlar ishtirokida bo’ladi, hujayrada, mitotik tsiklning “G” fazada maxsus initsiatorni kirishi bilan boshlanadi. Hujayra bo’linishini initsiatsiyasi va DNK reduplikatsiyasi “G” fazasida oqsil sinteziga bog’liq bo’ladi. SHu davrda tsiklogeksimid sintezi ingibirlansa, DNK sintezi bloklanadi, keyinroq ingibirlansa DNK reduplikatsiyasiga tahsir etmaydi. Hujayra initsiatorining paydo bo’lishi va hujayra bo’linishini boshlanishi, gen depressiyasining natijasidir. Hujayra genida initsiator vazifasini bajaruvchi, hujayra soni va tezligini nazorat qiladi. Har bir hujayrada maxsus idora qiluvchi genlardan tashkil topgan, xususiy hujayra bo’linishining tahminlovchi tizim mavjud bo’ladi.
Xhyugs gepotezasiga ko’ra, hujayra bo’linishini 3 ta, genga bog’liq idora etuvchi tizimlar amalga oshiradi. Normada hujayralarni haddan ko’p bo’linishi bo’lmaydi, sababi ushbu genlar tizimi faoliyatini, hujayra bo’linishini initsiatori tomonidan tormozlanadi.
Hujayra bo’linishini initsiatori regulyator gen repressor 2 ni tormozlaydi, bu o’z navbatida repressorni 1 ni depressiyalaydi. Bu esa butun gen tizimi faoliyatini tormozlaydi.
Gen hujayra Hujayra bo’linishini initsiatori
bo’linishini ← > Repressor – 1
initsiatori
gen-repressor – 1 >Repressor – 2
gen repressor – 2
Transformatsiya boshlanishi va o’sma kasalligi simptomlarini chiqishi orasida latent davr bo’ladi, bu bemorlarda yillar davom etishi mumkin. Latent davrda repressorlar faoliyatini izdan chiqadi, virusli kantserogenezda, virus genomini tormozlashga qaratiladi, so’ngra rivojlanishni promotsiya fazasiga o’tadi, yahni transformatsiyaga uchragan hujayralar aktivlashadi.
Ushbu davrda, qo’shimcha kokantserogenlar tahsirida, o’sma hujayralarini o’sishi stimullanadi, natijada o’sma tugunlari hosil bo’ladi. Haqiqiy kantserogenlar darhol transformatsiya va ularning aktivatsiyasini chaqiradi. Lekin, hayvonlarda o’tkaziladigan tajribalarda ushbu bosqichlarni alohida-alohida kuzatish mumkin.
Sichqonlarda 25 mkg metilxolatren yuborilganda, ushbu doza tahsirida hujayralarda transformatsiyasi bosqichi kuzatilsada, ular aktivlashmaydi, chunki kantserogenning dozasi oz, agar shu yerga kroton yog’i surkalsa, o’sma tugunlari paydo bo’ladi, aslida kroton yog’i o’sma chaqirmaydi.
Promotsiyani molekulyar mexanizmi quyidagicha tushuntiriladi: transmembrana signal tizimining aktivlashuvidan, hujayra ichidagi proteinkinaza S aktivlashuviga olib keladi.
Promotsiya paytida signallar membranadagi fosfotidilinizitol almashinuvini hamda diatsilglitserol generatsiyasini kuchaytiradi, bu esa proteinkinaza S sintezini kuchaytiradi.
Ayrim o’sma promotorlari esa to’g’ridan to’g’ri proteinkinaza S sintezini stimullaydi.
Progressiya kantserogenezni uchinchi etapi bo’lib, bunda o’sma to’qimasida turg’un sifatiy o’zgarishlar quyidagicha ro’y beradi.
Birlamchi kantserogenezda buzilishlar bir hujayra darajasida emas, balki ko’plab hujayralarlda ketadi.
Hujayra geno va fenotipi o’zgaradi, bu holat progressiyani yanada kuchaytiradi.