Ximik kantserogenlar Yamagiva va Ishikava tajribalaridan 15 yildan so’ng, 1930 yili Kuk, Xg’yuitt va Haydjerlar 50 gramm toza 3,4-benzopiren sintez qildi, u kuchli kimyoviy kantserogen hisoblanadi. 1929 yilda Kuk, juda aktiv kantserogen modda, yahni 1,2,5,6-dibenzantratsen (DBA) sintez qildi. Bugungi kunda kantserogenlar turli sinflarga mansub bo’lib, ko’plab toza holda sintez qilingan.
1. Politsiklik aromatik uglevodorodlar Ulardan eng muximi, metilxolantrendir, bu modda kislotasiga ishlov berish orqali olingan eng kuchli kantserogendir. Ushbu hodisadan so’ng, ayrim biologik suyuqliklar kantserogenlik xususiyatni namoyon qilmasmikin degan taxminlar paydo bo’ldi, keyincha ushbu taxmin o’zini tasdig’ini topdi.
PAUlar teri ostiga yuborilsa sarkoma, teriga tomizilsa teri rakini chaqiradi. Organizmga yuborilganda, organ va tizimlarda to’planishadi va u yerda o’smani chaqiradi. Agar, sut orqali organizmdan ajralsa, sut bezi rakini, siydik orqali ajralsa, buyrakda, yog’ bezlari orqali ajralsa, terida rak chaqiradi.
Kantserogen, PAUlar insonlarga doim havf tug’diradi. Ular 400-600oda hosil bo’ladi, kuygan yog’da, nonda, kuygan oziq-ovqatda (qirmach), neftda, asfalg’tda va sigaretdan chiqayotgan tutun smolasida bo’ladi. Misollar: kalamushni issiq asfalg’tda uzoq vaqt ushlaganda rak kelib chiqsa, chekish staji uzoq bo’lgan insonlarda o’pka raki ayniqsa ko’p uchraydi.
2. Aminlar va aminoazot ushlovchi kantserogenlar Ushbu kantserogenlar organotroplik xususiyatini namoyon qiladi. dimetilaminoazobenzol, 80% eksperimentlarda jigar raki chaqiradi. ß-naftilamin xayvon va insonlarda siydik pufagi raki chaqiradi.
3. Nitrazaminlar Nitrazaminlar ular xam organotroplik xususiyatini namoyon qiladi, m: jigar va qizil o’ngachda rak chaqiradi. Nitrazaminlar nokantserogen moddalardan hosil bo’ladi. M: oshqozonda shira tarkibidagi HCl ishtirokida nitrit va aminlardan hosil bo’ladi, ushbu moddalar ovqat tarkibiga kiradi va oshqozonda nitrazaminlar xosil bo’ladi, 80-100% eksperimentlarda hayvonlarda o’smani yuzaga chiqaradi.