Andijon 2013 ma’ruza №1 patofiziologiya faniga kirish, uning maqsadi va vazifalari. Etiologiya va patogenez, sanogenez reja



Yüklə 0,71 Mb.
səhifə129/207
tarix12.10.2023
ölçüsü0,71 Mb.
#154299
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   207
pat fiz lek Sharif Xoshimovich

Qonni umumiy hajmini buzilishi
Qon hajmini buzilishi gipo va gipervolemiya ko’rinishida, yahni normaga (normovolemiya) nisbatan, qon hajmini ko’payishi va ozayishida namoyon bo’ladi. Organizmning qon hajmi 1 kg tana massasiga 65-80 ml to’g’ri keladi.
Gipo va gipervolemiyani o’z navbatida, oddiy, politsitemik va oligotsetemik shakllari tafovutlanadi.
Oddiy gipovolemiyada qon hajmini pasayishi gematokrit ko’rsatkichini o’zgarishisiz kechadi, bu o’tkir qon yo’qotishda kuzatiladi, ushbu holatda suyuqlik to’qimalardan qonga o’tib ulgurmaydi.
Oligotsitemik gipovolemiyada qon hajmini pasayishi, undagi eritrotsitlar hisobiga yuzaga chiqadi, o’tkir qon yo’qotishda kuzatish mumkin.
Politsitemik gipovolemiyada qon hajmini kamayishidan, plazma hajmini ozayishi, buning natijasida eritrotsitlarni nisbiy ko’payishi hisobiga yuzaga chiqadi. Organizm suvsizlanganda (ich o’tki, qayt qilish, kuchli terlash, o’pka giperventilyatsiyasi), shoklar, qon, qorin bo’shlig’ini kengaygan qon tomirlarida to’planganda, bu xolatga harakatdagi qon miqdori keskin kamayib ketadi, qon tomirlar devorini o’tkazuvchanligi ortganda, qonni quyuqlashuvida kuzatiladi.
Oddiy gipervolemiya qon hajmi, uning plazmasi va eritrotsitlarini birday ortishi hisobiga ro’y beradi. M: ko’p qon qo’yilganda, kuchli jismoniy ish bajarganda kuzatiladi.
Oligotsitemik gipervolemiyada qonning hajmini ortishi plazmani ko’payishi hisobiga ro’y beradi. M: buyrak kasalliklarida suvni ushlanib qolinishi, organizmga qon o’rnini bosuvchi eritmalar yuborilganda va hayvonlarga eksperiment paytida NaCl eritmasini yuborilganda kuzatiladi.
Politsitemik gipervolemiyada qonning hajmini ortishi eritrotsitlar sonini ortishi bilan yuzaga chiqadi. Ushbu holatni atmosfera bosim pasayganda, O2 ochligi bilan kechadigan kasalliklarda m: yurak nuqsoni, o’pka emfizemalarida kuzatish mumkin, bunday xolat kompensator mexanizm sifatida qaraladi.
Qon yo’qotish
Qon yo’qotish bu patologik jarayon bo’lib, qon tomirlardan qon ketishiga javoban, organizmda kompensator reaktsiyalarni ishga tushishi hisobiga, qonning nafas funktsiyasini pasaytirish orqali ro’y beradigan, murakkab tarzda ketuvchi patologik buzilishlar kompleksidir.
Etiologiya. Eng muhim etiologik omillardan qon tomir devorini bir butunligini buzilishi (travma, o’sma, sil), qon tomir o’tkazuvchanligini ortishi (o’tkir nur kasalligi), qon ivishini pasayishi (gemorragik sindrom). Qon yo’qotish va tugashi, uning tezligiga, kattaligiga, qanday qon tomir buzilganligiga va kompensator mexanizmlar kuchiga bog’liq. Kompensator mexanizmlarni ishga tushishi va tezligi organizmni jinsiga, yoshiga va ko’maklashuvchi omillarga bog’liq bo’ladi. Agar, organizmdagi qonni 50% yo’qotilsa hayot uchun havf tug’iladi, 60% dan ortiq qon yo’qotilsa o’limga olib keladi.

Yüklə 0,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   207




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin