Patogenez. Qon ketish shartli ravishda uch bosqichga bo’linadi: boshlang’ich, kompensator va terminal.
Boshlang’ich bosqichda qon tomirlarda harakatlanayotgan qon miqdori ozayadi va oddiy gipovelemiya, yurakning sistolik hajmi arterial bosimi pasayadi, tsirkulyator tipdagi gipoksiya kuzatiladi.
Kompensator bosqichda organizmda komoleks tarzda kuchli himoya moslashuv reaktsiyalar, yahni tezkor, keyinchalik tezkor bo’lmagan mexanizmlar ishga tushadi.
Tezkor kompensator mexanizmlarga: Reflektor tarzda tomirlarni spazmi, bu xolat ichki organlarni qon tomirlarida qarshilikni ortishiga olib keladi (bosh miya va yurak, teri bundan mustasno), depodan qonni qon tomirlarga o’tishi, buning natijasida arterial bosim ortishi,
Reflektor tarzda yurak urishini tezlashuvi, ushbu xolat hisobiga qorinchalarda qoldiq qon hajmi keskin kamayishi,
Hujayralararo suyuqlikni qon tomirlarga o’tishi,
Organizmdagi gipoksiyani bartaraf etishga qaratilgan nafasni tezlashuvi va chuqurlashuvi,
Tezkor bo’lmagan kompensator mexanizmlar.Qon hosil bo’lishi kuchayishi va qonni oqsil tarkibini tiklanishi bilan namoyon bo’ladi. Beshinchi sutkadan eritropoetinlar va Kaslni ichki omili tahsirida qizil ko’mikning gemopoetik aktivligi ortadi, natijada periferik qonda retikulotsitlar miqdori ortib ketadi. Ushbu kompensator reaktsiyalarda nerv, endokrin va immun tizimlar aktiv ishtirok etadi.
Organizmda kompensator mexanizmlar yetarlicha namoyon bo’lmasa, uning reaktivligi past bo’lsa, yo’qotilgan qon miqdori ko’p bo’lganda yoki boshqa noxush omillar tahsirida, shuningdek, davolash ishlari yaxshi yo’lga qo’yilmaganda terminal bosqichga o’tishi mumkin. Agar umumiy qonni 60% atrofida qon yo’qotilsa organizm o’ladi.
Eritrotsitlarni patologik o’zgarishlari Eritrotsitlarni patologik o’zgarishlari miqdoriy va sifatiy buzilishlar bilan namoyon bo’ladi.