O’sma rivojlanishi jarayonida organizmning roli Organizm o’sma rivojlanish jarayonining barcha bosqichlariga tahsir etadi. Kantserogen nuqtai nazaridan qaralsa, ushbu jarayonga yordam berishi yoki tormozlash mumkin.
Bizga mahlumki, rakdan oldingi holatlar mavjud bo’ladi, bachadon buyni shilliq qavati eroziyasi rakga olib kelishi mumkin.
Irsiy belgilar, tur, jins, to’qima va organlar xususiyati o’sma to’qimasini rivojlanishini belgilab beradi.
Ulardan, o’sma rivojlanish jarayoniga organizmni gormonal tizimi tahsiri o’ziga xosdir. Yuqorida fikr yuritdik, gormonlar kantserogenlik xususiyatini namoyon qilishi yoki o’sma rivojlanishiga ijobiy tahsir etishi mumkin. O’sayotgan o’smalarning gormonlarga sezuvchanligi o’zgaradi. M: insulin tahsirida ko’plab o’smalar o’sishi to’xtaydi, o’sish gormoni organizmda ozaysa ham shunday effekt kuzatiladi, aksincha qalqonsimon bez gipofunktsiyasida o’smalar rivojlanishi kuchayib ketadi. Havfli o’sma to’qimsini ko’p xollarda nerv tizimi tomonidan idora etilishi buziladi, chunki nerv oxirlari normada qo’shuvchi to’qima hosil qiluvchi stromada bo’ladi.
Mahlumki, ONF endokrin tizim orqali namoyon bo’lishida, uning faoliyatini buzilishi, endokrin tizimni buzilishiga olib keladi. Bu holatda, simpatik mediator, adrenalinning roli katta, chunki u to’qimalarda mitotik aktivlikni kuchaytiradi. To’qimalarni mitotik bo’linishi, repressor gormonlar, keylonlar tomonidan nazorat qilinadi, ularni bo’linayotgan hujayralar sintezlaydi, shuning uchun, qanchalik bo’linayotgan hujayralar ko’p bo’lsa, to’qima hujayralarini bo’linishi shuncha yaxshi tormozlanadi. O’sma to’qimasida ayni shu jarayonlar buziladi.
Organizmga kantserogen omillarni tahsiri boshlanishidanoq, barcha organ va tizimlarni faoliyati ulardan halos bo’lishga qaratilgan. Bunda barher, immun, fagotsitoz, reparativ fermentlar tizimlari muhim ahamiyatga ega.