O’sma to’qimasidagi fizik-ximik o’zgarishlar O’sma to’qimasidagi intensiv glikoliz, sut kislotasini to’planishiga olib keladi, RN 6,4 gacha pasayadi. O’smada suv ko’p bo’ladi, K+ ortadi, aksincha Sa+2 va Mg+kamayib ketadi, kolloidlar qovushqoqligi pasayadi. O’sma hujayrasini (-) zaryadi ortib, limfotsitlar zaryadiga yaqin bo’lib qoladi. O’sma hujayrasidagi ximik-fizik o’zgarishlar darajasi, o’smaning o’sishi va shakllanishni buzilish darajasiga to’g’ri keladi.
O’sma to’qimasidagi funktsional o’zgarishlar Funktsional anaplaziyada, dediffirentsirovkagacha bo’lgan barcha funktsiyalar yo’qolib ketadi.
Havfli o’smalarda, to’qima anaplaziyasi va umumiy chuqur harakterdagi kaxeksiya bilan ketadi, havfli bo’lmagan o’smalar, xavflisiga o’tishi mumkin.
O’smani organizmga tahsiri O’smaning qaerda joylashganligi muhim ahamiyatga ega. Agar OITda bo’lsa, hazm faoliyati keskin buziladi. Oshqozon raki, uning sekretor va motor faoliyatiga salbiy tahsir etadi.
Organizmdagi o’sma va uning metastazlari chuqur harakterdagi moddalar almashinuvini buzilishiga, bu esa rak kaxeksiyasiga olib keladi.
Organizmda rak bo’lganda, katalaza fermenti aktivligi pasayadi, buning natijasida organizmda vodorod peroksidi parchalanmay qoladi. Yapon olimlari Nakaxara va Fukuoka, insonlardagi o’smadan fraktsiya olib, sichqon organizmiga yuborganda, jigardagi katalaza fermenti aktivligi pasaygan, bunga qonda toksogormon ko’payib ketganligi sabab bo’ladi.
Bundan tashqari, o’sma hujayralaridan organizmga moddalar almashinuvini tugallanmagan mahsulotlari ajraladi. Normada, siydikda uglerodni azotga nisbati 0,7 ni tashkil qilsa, o’smalarda 0,9 va undan oshiq bo’ladi. Bu holatni, dezoksidativ karbonuriya deyiladi.
O’sma hujayrasidan, bir qism oqsil fermentlar, o’sma membranasi o’tkazuvchanligini keskin ortganligidan tashqi muhitga chiqadi. M: osteogen sarkomada ishqoriy fosfatazani kontsentratsiyasi 20-40 marotabaga ortib ketadi. Turli o’smalarda qonda alg’dolaza, laktodegidrogenaza fermentlarini aktivligi ortsa, aksincha, xolinesteraza va ribinukleaza aktivligi pasayadi.
Bundan tashqari, turli o’smalarda nazoratsiz tarzda gormonlar va boshqa biologik aktiv moddalar sintezlanadi. M: Zollinger-Ellison sindromi, yahni oshqozon osti bezi o’smasida, ushbu bezdan, unga harakterli bo’lmagan gastrin ko’plab ishlab chiqariladi, natijada oshqozon sekretsiyasi keskin ortadi, kelgusida oshqozon yarasini yuzaga chiqarishi mumkin.